1. worda dasturining qo’shimcha imkoniyatlari


Mavzu5 . MA’LUMOTLARNI KIRITISH VA TAHRIRLASH



Yüklə 0,62 Mb.
səhifə5/8
tarix23.12.2023
ölçüsü0,62 Mb.
#157217
1   2   3   4   5   6   7   8
INFORMATIKA 2

Mavzu5 . MA’LUMOTLARNI KIRITISH VA TAHRIRLASH
Wordda xujjatlarni yaratishda, uning tarkibiga kiritilgan, ko‘plab shablonlar tizimi va formatlash uslublaridan foydalaniladi. Word WYSIWYG (nimani ko‘rsang shuni olasan, ya`ni ekranda qanday ko‘rinsa, chop etilganda qog‘ozda xam shundayligicha ko‘rinadi) turidagi muharrirlar guruxiga kiradi.
Odatda Word matnli fayllarni o‘zining shaxsiy ikkilik formatida .doc kengaytmali fayl sifatida saqlaydi. Bu formatning matnli laxjasi RTF format (Rich Text Format) sifatida Microsoft firmasi tomonidan hujjatlashtirilgan va boshqa ayrim firmalarning matn protsessorlari tomonidan xam qo‘llash uchun qabul qilingan. RTF formati o‘zining matnli tuzilmasi bo‘yicha kompyuter viruslarini tarqatish nuqtai nazaridan qaraganda ancha xavfsizdir. Xozirda DOC formatidagi fayllar kompyuterlar orasida virus tarqatish vositasi bo‘lib hizmat qilmoqda. Bu protsessorning oxirgi laxjalari fayllarni gipermatnli formatlarda (.html yoki .htm) xam saqlash imkoniyatiga ega.
Word matn protsessorida hujjat bilan ishlashni osonlashtirishga xizmat qiladigan bir nechta lentalari ishlatiladi. Ayrim uskunalar panellari (lentalar) va ularning vazifalari bilan tanishamiz.
Standartnaya – fayl va almashishlar buferi bilan ishlaydigan buyruqlarni ifodalovchi iborat. Maʼlumotlarni tahlil qilish ― matematika va informatikaning eksperimental (keng ma’noda) ma’lumotlaridan bilim olish uchun eng umumiy matematik usullar va hisoblash algoritmlarini qurish va oʻrganish bilan shugʻullanadigan sohasi[1]. Foydali ma’lumotlarni olish va qarorlar qabul qilish uchun ma’lumotlarni oʻrganish, filtrlash, oʻzgartirish va modellashtirish jarayoni ma’lumotlarni tahlil qilishda koʻplab jihatlar va yondashuvlarga ega, fan va faoliyatning turli sohalarida turli usullarni qamrab oladi.
Ma’lumotlarni qazib olish ― bu ma’lumotlarni tavsiflashdan koʻra uni modellashtirish va kashf etishga qaratilgan ma’lumotlarni tahlil qilishning oʻziga xos usuli. Biznes razvedka yigʻishga asoslangan ma’lumotlar tahlilini qamrab oladi. Statistik maʼnoda, baʼzida maʼlumotlar tahlilini tavsiflovchi statistika, kashfiyot maʼlumotlarini tahlil qilish va statistik gipotezani tekshirishga ajratadilar. Tashkilot maʼlumotlarini tahlil qilish maʼlumotlarning yangi xususiyatlarini aniqlash bilan bogʻliq boʻlsa, statistik gipotezalarni tekshirish mavjud farazlarni tasdiqlash yoki rad etish bilan bogʻliqdir. Bashoratli tahlil bashorat qilish yoki tasniflash uchun statistik yoki tizimli modellarni qoʻllashga qaratilgan boʻlsa, matn tahlili tuzilmagan maʼlumotlarga tegishli matn manbalaridan maʼlumotlarni ajratib olish va tasniflash uchun statistik, lingvistik va tizimli usullarni qoʻllaydi. Bu maʼlumotlarni tahlil qilishning barcha turlaridir.
Maʼlumotlar integratsiyasi maʼlumotlar tahlilining asosi hisoblanadi va maʼlumotlar tahlilining oʻzi maʼlumotlarni vizualizatsiya qilish va maʼlumotlarni tarqatish bilan chambarchas bogʻliq. “Maʼlumotlar tahlili„ atamasi baʼzan maʼlumotlarni modellashtirish uchun sinonim sifatida ishlatiladi




Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə