1-variant Umum ishlab chiqarish xarajatlarining tarkibi va uni taqsimlash hisobi



Yüklə 23,32 Kb.
səhifə3/6
tarix30.04.2023
ölçüsü23,32 Kb.
#107756
1   2   3   4   5   6
1-variant Umum ishlab chiqarish xarajatlarining tarkibi va uni t

4. Normativ usul. Ishlab chiqarish xarajatlarini hamma moddalari bo‘yicha me’yordan chetga chiqishini davriy aniqlanishi, boshqaruvga operativ aralashishni talab etadigan ma’lumot yetkazib berishga imkon yaratadi
Ishlab chiqarishning haqiqiy tannarxini aniqlashda quyidagi formula foydalaniladi:
T=X+B – O
T – ishlab chiqarilgan mahsulotning tannarxi
X – ishlab chiqarish xarajatlari
B – oy boshiga tugallanmagan ishlab chiqarish qoldig‘i
O – oy oxiriga tugallanmagan ishlab chiqarish qoldig‘i

3. Pul oqimi to’g’risidagi hisobotni tuzish qoidalari va usullari
Pul oqimlari to‘g‘risidagi hisobot- subyektning operatsion, investitsion va moliyaviy faoliyatining o‘z pul mablag‘lariga ma’lum hisobot davri ichida ta’sirini aks ettiradi, shu davr ichida pul mablag‘larining o‘zgarishini tushuntiradi.
Pul oqimlari to‘g‘risidagi hisobot (shakl 4) 9- sonli BHMS «Pul oqimlari to‘g‘risidagi hisobot» asosida tuziladi.
Pul oqimlari to‘g‘risidagi hisobotda hisobot davri davomidagi Pul oqimlari aks ettiriladi va ular quyidagi shakllarga tasniflanadi:
• operatsion faoliyati;
investitsion faoliyati;
• moliyaviy faoliyat;
Operatsion faoliyatdan pul oqimlari «Pul oqimlari to‘g‘risidagi hisobotda» quyidagilarni qo‘llash bilan aks ettirilishi mumkin:
a) to‘g‘ri usul, moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobotining har bir moddasini o‘zgartirishni ko‘zda tutadi. To‘g‘ri usul kelgusidagi pul oqimlarini aniqlashda kerak bo‘lishi mumkin bo‘lgan axborot bilan ta’minlaydi;
b) egri usul, moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobotni har bir moddasini o‘zgartirishni talab etmaydi. Egri usul qo‘llanilganda, operatsion faoliyat natijasida vujudga keladigan, shuningdek investitsion va moliyaviy faoliyatdan pul mablag‘lari harakati bilan bog‘liq bo‘lgan daromadlar va xarajatlar moddalari pulsiz muomalalar, har qanday muddatni uzaytirishlar, o‘tgan va kelgusi hisobot davrlari uchun kirimlar va chiqimlar yordamidagi ta’sirni aks ettirish uchun sof foyda va zarar miqdori butunlay tuzatiladi.
To‘g‘ri usul qo‘llanilganida, asosiy yalpi tushum va pul mablag‘larining yalpi to‘lovi to‘g‘risidagi ma’lumot quyidagilardan olinishi mumkin:
1) hisob registrlaridan;
2) sotishdan olingan daromadni, sotishning tannarxi va quyidagilar hisobga olingan holda moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobotning boshqa moddalarini tuzatish orqali:
a) hisobot davri davomida TMZdagi, debitorlik va kreditorlik qarzlardagi o‘zgarishlar;
b) pulsiz moddalar;
s) natijalari pul mablag‘larining harakatiga ta’siri ko‘proq investitsion va moliyaviy faoliyatga tegishli bo‘lgan boshqa moddalarni (berilgan yoki olingan kreditlar bo‘yicha foizlar va boshqalar).
Egri usul qo‘llanilganda, operatsion faoliyat natijasida pul mablag‘larining harakati, quyidagilarni hisobga olgan holda sof foyda yoki zararni tuzatish orqali aniqlanadi:
• hisobot davrida sodir bo‘lgan operatsion faoliyatdan debitorlik va kreditorlik qarzlarda tovar moddiy boyliklarda o‘zgarishlarni;
• eskirish, zaxiralar, muddati uzaytirilgan soliqlar, chet el valyutasining milliy valyutaga almashtirishdagi sotilmay qolgan tushumlar va zararlar, uyushgan kompaniyalarda taqsimlanmagan foyda va aktsiyalarning ba’zi paketlari kabi pulsiz moddalarni;
• natijalari pul oqimlariga ta’sir etadigan investitsion va moliyaviy faoliyatga tegishli boshqa barcha moddalarni (asosiy vositalarning sotishdan tushumlar, zararlar va boshqalar).

Yüklə 23,32 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə