1. Teri va limfa Sezish, Harakat funksiyalari va skelet tizimini baholash


Sezish, harakat funksiyalari va skelet tizimini baholash



Yüklə 29,04 Kb.
səhifə3/4
tarix11.12.2023
ölçüsü29,04 Kb.
#148296
1   2   3   4
Reja; Teri va limfa Sezish-fayllar.org

Sezish, harakat funksiyalari va skelet tizimini baholash
Odamzot paydo bo‘libdiki, u tashqi muhit bilan muloqotda bo‘- ladi, tashqi ta’sirlarni qabul qiladi, uni bosh miya po‘stlog‘igacha yet- kazib, u yerda tahlil qiladi. Ko‘rish, hid bilish, eshitish, issiq-sovuqni sezish — hammasi sezgi sohasiga bog‘liq. Sezish analizatorida qabul qilish joyi — retseptor, o‘tkazish qismi va markaziy oxirgi qismi bor. Markaziy qism bosh miya po‘stlogida tugaydi, u analizator deb ataladi. Sezgi hamma vaqt tashqaridan — sirtdan boshlanadi. Sezgida albatta qabul qilib oluvchi retseptorlar bo‘lishi kerak. Bu retseptorlar quyidagilar: 1. Ekstroretseptorlar — bu retseptorlar tashqarida teri ektodermasida va shilliq qavat pardalarida uchraydi. Ular ikki xil bo‘ladi:
  1. kontakt retseptorlar ta’sir etishi natijasida bo‘ladi (og‘riq, issiq- sovuqni sezish); b) distansion — masofadan sezish (ko‘rish, eshitish, hid bilish). 2. Proprioretseptorlar — chuqur to‘qimalardagi retseptorlarga (pay, mushak, suyak, bo‘g‘im) aytiladi. Masalan, bemorning ko‘zini yumib, ko‘rsatkich barmog‘ini yuqoriga yoki pastga qaratilganda bemor shu holatni bilishi kerak. 3. Introretseptorlar — ichki a’zolardagi sezgilarni biladi: masalan, oshqozon yoki buyrakdagi og‘riqlar.


Sezgi ikkiga bo‘linadi: 1. Yuzaki sezgi — bu retseptorlar yuzada joylashgan, bularga og‘riqni sezish, issiq-sovuqni sezish, qisman taktil (paypaslab silash) sezish kiradi. Yuzaki sezgi yo‘llari: birinchi neyron umurtqalararo gangliyada joylashgan. Dendritlar tashqaridan ta’sirlarni qabul qiladi, akson esa ichkariga kirib, orqa miyaning orqa shoxidagi sezgi hujayralarida tugaydi. Ikkinchi neyron — orqa miyaning orqa shoxidagi sezgi hujayralaridan boshlanib, har segment sohasida qarama-qarshi tomonga o‘tadi. Orqa miyaning yon ustiga borib, tepaga ko‘tariladi va ko‘ruv do‘mbog‘ida tugaydi. Uchinchi neyron — ko‘ruv do‘mbog‘idan boshlanib, ichki kapsula orqa sonining orqa qismidan o‘tadi va bosh miya po‘stlog‘i tepa qismining orqa markaziy egatida tugaydi. 2. Chuqur sezgi — bu sezgiga quyidagilar kiradi: a) mushak


  • bo‘g‘im sezgisi; b) bosim va og‘irlik sezgisi; d) jismlarni paypaslab bilish sezgisi — steriognoz; e) vibratsion sezgi — bularning retseptorlari mushakda, bo‘g‘imda, suyakda, joylashgan bo‘ladi. Chuqur sezgi yo‘llari: birinchi neyron boshlanadi, retseptorlardan dendritlar umurtqalararo neyronga qarab yo‘naladi, akson ichkariga kiradi, ya’ni orqa miyaning orqa ustuniga boradi. So‘ngra o‘z tomonidan yuqoriga ko‘tariladi va uzunchoq miyaning pastki qismidagi yadrosiga borib tugaydi. Ikkinchi neyron — uzunchoq miyadagi yadrodan boshlanib qarama-qarshi tomonga o‘tib, ko‘tarilib ko‘ruv do‘mbog‘ida tugaydi. Uchinchi neyron boshlanadi, ko‘ruv do‘mbog‘idan ichki kapsula orqa sonining orqa tomonidan o‘tib, bosh miya po‘stlog‘ining tepa qismidagi orqa markaziy egatida tugaydi.


Sezgining zararlanishi. 1. Nevritik xilida sezgi yo‘qolishi, bunda nerv sohasidagi alohida-alohida sezgining yo‘qolishi. Masalan, quymich nervi zararlanganda sonining orqa qismida sezgi yo‘qoladi yoki son nervi zararlanganda sonning oldingi qismida sezgi yo‘qoladi. 2. Polinevritik xilida sezgi yo‘qolishi, bu polinevrit kasalligida, ya’ni ko‘p nervlarning yallig‘lanishi natijasida paydo bo‘ladi. Bu sezgi yo‘qolishi qo‘l va oyoqlarning pastki qismida, qo‘llarda «qo‘lqopsimon», oyoqlarda «paypoqsimon» sezgi yo‘qoladi. 3. Segmentar xilida sezgi yo‘qolishi. Bularga: orqa ildiz, umurtqalararo tugunlar va orqa shoxlar zararlan- ganda sezgi yo‘qoladi. 4. O‘tkazuvchanlik xilida sezgi buzilishi, bunda o‘tkazuvchi yo‘llar zararlanganda, sezgi buzilishi shu zararlangan joydan pastda bo‘ladi. Orqa miyaning bel qismi zararlanganda pastda ikkala oyoqda sezgi yo‘qoladi, bunga paraanesteziya deyiladi. Orqa miyaning ko‘krak qismi zararlanganda qorin va bel sohalarida sezgining yo‘qolishi va paraanesteziya bo‘ladi. Orqa miyaning bo‘yin qismi zararlanganda tetraanesteziya (ikki qo‘l va ikki oyoqda sezgining yo‘qolishi) va tanada ham sezgi yo‘qolishi bo‘ladi. Miya ustuni va ichki kapsula bir tomondan zararlanganda — gemianesteziya (tananing o‘ng yoki chap tomonida sezgi yo‘qolishi) qarama-qarshi tomonda o‘tkazuvchanlik xilida sezgining yo‘qolishi bo‘ladi. 5. Bosh miya tepa qismi orqa markaziy egati va gulbog‘ zararlansa, monoanesteziya (bitta qo‘l yoki bitta oyoqda sezgi yo‘qolishi) qarama-qarshi tomonda o‘tkazuvchanhk xilida bo‘ladi.



Yüklə 29,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə