1. Rahbarlik sifatlari,boshqaruv qonuniyatlari. Boshqaruv tamoyillari,boshqaruv funktsiyalari



Yüklə 91 Kb.
səhifə6/10
tarix22.09.2023
ölçüsü91 Kb.
#122833
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Boshqarish usullarining mazmuni. Boshqarishning iqtisodiy usullari—mavjud Goriy) ijtimoiy tizimning obyektiv iqtisodiy manfaatini ko’zlagan holda xo’jalik yuritish usullaridir. Bu usullar tarkibiga rejalashtirish, narxnavoni shakllantirish va boshqa iqtisodiy ko’rsatgichlar kiradi. Amaliyotda xo’jalik yuritish jarayonida sharoitlar o’zgaradi.Sharoitlarning o’zgarishiga qarab, qo’yilgan maq-sadni inobatga olgan holda, xo’jalikni olib borish mexanizmini, jamiyatdagi mavjud qonunlarni bo’zmagan holda, o’zgartirish kerak. Iqtisodiy munosabatlar quyidagi manfaatlarni qondirishi kerak:
1. Jamoatchilik manfaati, (qurilishlar, transport va hokazolar).
2. Tashkilot manfaati (ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish rejasi va hokazolar).
3. Shaxsiy manfaat, (malaka oshirish, ish haqi va boshqa daromadlar).
Jamiyatdagi ishlatiladigan richaglar uchchala manfaatlar bo’yicha ijobiy natijalarga olib
kelishi kerak.Lekin, bu narsa doimo ko’za-tilavermaydi, ya’ni ba’zida umumiy ko’rsatgichlar
bajariladiyu, shaxsiy ko’rsatkichlar to’la inobatga olinmaydi.To’la xo’jalik hisobida ishlay-digan korxonalarda bu uchchala ko’rsatkich, daromadga bo’lingan holda inobatga olinishi kerak.Shaxsiy manfaat juda nozik narsa. Shuning uchun ham har bir ijrochiga rejaviy ko’rsatkichlar, molning narxi, daromad, ashyo sarfi va boshqa qiziqtirilgan ko’rsatkichlar bo’yicha ma’lumotlar etkazilishi kerak. Shunday bo’lganda, har bir xodimning faolligi, mas’uliyatligi keskin oshadi.Bu esa ishlab chiqarish hajmining, mol sifatining, daromadning, ish unumdorligining oshishiga olib keladi.Har bir xodim ishning pirovard natijasini oshirishga da’vat qiluvchi kishiga aylanadi.
Boshqarishning tashkiliy - ma’muriy usullari.
Boshqarishning bu usuli ikki qismdan iborat bo’lib, tashkiliy ta’sir va farmonli (ma’muriy) ta’sirlarni shakllantiradi. Tashkilotchilik faoliyati eng nozik masalalardan bo’lib, ishlab chiqarishdagi hamma kamchiliklar (yo’qotishlar) u bilan bog’liqdir.Tashkilotchilik bu ishlab chiqarishdagi tozalik, intizom va natijada yaxshi texnik-iqtisodiy ko’rsatkichlardir. Yaxshi tashkilotchilik bu—bir maromda ishlaydigan kishilarning guruh-laridir.Tashkilotchilik ishlab chiqarishning hamma sohalarida o’rnak bo’lishi kerak.Tashkilotchilik ma’murchilik faoliyatiga ham bog’liqdir. Masalan, buyruq. Buyruqning ham o’z andozasi bor. Buyraqda asosiy narsalar (ashyo, kimga tegishligi, bajarish muhlati, mablag’lar) o’z aksini topishi kerak .Buyraqda uni tayyorlagan kishining, yuristning (buyraqda nomlari qayd etilgan kishilarning) vizalari (imzolari) bo’lishi kerak. Buyraq shoshma-shosharsizliksiz, atroflicha, savodli tayyorlanishi kerak. Buyraqda rahbar hammadan keyin qo’l qo’yadi. Buyruq — bu rahbarning yozma holdagi istagidir. Buyruqqa faqatgina birinchi rahbar qo’l qo’yadi.Buyruqdan tashqari korxonalarda farmon ham mavjud bo’lib, ko’pincha u korxona doirasida kuchga ega bo’ladi.
Tashkiliy tartiblashtirishning shakllaridan ko’p tarqalgani bu yo’riqnomalar (ko’rsatmalar)dir. Tashkiliy me’yorlashning asosi me’-yoriylik bo’lib, uning o’z o’lchov birliklari (vaqt, og’irlik, o’zunlik, dona va hokazolar) dir. Me’yoriylik dogma bo’lmay moslashuvchan bo’lmog’i kerak. Nizom - tashkiliy hujjatlarning bir turi bo’lib, to’zilmaviy bo’linmaning vositasi, huquq va majburiyatlarini aniqlaydi. Mansab (lavozim) yo’riqnomalari mansabdorning huquq va majburiyatlarini aniqlaydigan tashkiliy huj-jatdir. Uslubiy ko’rsatmalar ham tashkiliy hujjatlar qatoriga kirib ish (hisob) tartibini, ish (hisob) uchun kerakli elementlarni aniqlaydi va omilkor (kompitent) tashkilotlar, mutaxassislar tomonidan tasdiqlanadi. Ijtimoiy - ruhiy boshqarish usullari ko’proq ijodiy faoliyat bilan shug’ullanadigan korxona va jamoalarga taalluqli bo’lib rahiy moslik, rahiy sharoitning ish unumdorligiga ta’sir ko’rsatuvchi omillardan hisoblanadi. Olib borilgan izlanishlar shuni ko’rsatadiki, boshqarishning bu gurahida ishtirok etuvchi kishilarga ishlayotgan sharoiti (dizayni, xatto ish kiyimining qaysi matodan tikilganligi va rangi) ish unumdorligiga katta ta’sir ko’rsatar ekan. Bunday xodimlarning ish o’rinlari ilmiy tarzda tashkil qilinishi kerak bo’ladi.

Yüklə 91 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə