1-mustaqil ta’lim Veb-sahifalardan foydalanib, korpus taksonomiyasini yaratish



Yüklə 37,98 Kb.
səhifə8/10
tarix29.11.2023
ölçüsü37,98 Kb.
#139775
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
1-10 kom

8-mustaqil ta’lim
Ilmiy uslubga doir materiallardan foydalanib matnlar korpusini yaratish
Til ma`naviy merosimizni asrash va boyitishning asosiy vositasi hisoblanadi. Tillarni saqlab qolish, ularni rivojlantirish milliy ma`naviyatni saqlab qolish va rivojlantirish demakdir. Zero, asl ma`naviyat faqat milliy shakldagina mavjud bo`ladi. Mamlakatimizda tilga e`tabor ma`naviyatga e`tiborning ustuvor yo`nalishlaridan biri darajasiga ko`tarildi. Shu boisdan tilimizni asrab-avaylash, boyitish, undan amaliy foydalanish samaradorligini oshirish bilan birga, o`zbek tilining zamonaviy axborot-kommunikatsiya tizimida keng qo`llanishiga erishishkechiktirib bo`lmaydigan dolzarb vazifaga aylandi. Chunki ona tilimiznining jahongachiqishiga erishish milliy ma`naviyatni takomillashtirish va yuksaltirishning sosiy yo`llaridandir.Zamonaviy axborot texnologiyalari tilning funksional imkoniyatlaridan foydalanish borasida benihoya keng qulayliklar eshigini ochdi. Kompyuter tarjimasi, tahriri, tahlili, electron lug`atlar va tezaurs (til xazinasi) lar fikrimiz tasdig`idir. Ayniqsa, zamonaviy electron lug`atlar tuzish va ulardan foydalanishmadaniyatini shakllantirish til imkoniyatlarida muhim ahamiyatga ega.
Korpus lingvistikasi - bu matn korpuslarini yaratish va ishlab chiqish va ulardan foydalanish bilan faoliyat yuritadigan soha. Korpus lingvistikasi kompyuter lingvistikasining bir yo`nalishi. Bu yo`nalishga turli olimlar turlicha fikr bildirgan. Masalan, Professor B.Mengliyev: “Korpus – til birliklarining xususiyatlarini aniqlash maqsadida qidiruv dasturiga bo‘ysundirilgan matnlar majmui, tabiiy tildagi elektron shaklda saqlanadigan yozma yoki og‘zaki, kompyuterlashtirilgan qidiruv tizimiga dasturiy ta'minot asosida joylashtirilgan matnlar jamlanmasi. Til korpuslari – til bo‘yicha tadqiqot va amaliy topshiriqlar yechimi uchun inkor etib bo‘lmas ish quroli”, E.Finegan o`z kitobida: “Korpus- bu odatda mashinada o`qiladigan formatdagi matnlarning reprizentativ to`plami bo`lib, matn yaratilgan vaziyat haqidagi ma`lumotlarni, masalan, ma`ruzachi, muallif haqidagi ma`lumotlarni o`z ichiga oladi”, V.P.Zaxarov: “Korpus lingvistikasi- kompyuter texnologiyalaridan foydalngan holda lingvistik korpuslarni (matnlar korpuslarini) qurish va ulardan foydalanishning umumiy tamoyillarini ishlab chiqadigan kompyuter tilshunosligining bo`limi”, J.Sinkler esa korpusni tilning xilma-xilligini ko`rsatish, turli ko`rinishdagi til materiallarini tasniflash maqsadida tanlangan tabiiy holda tuziladigan asl matnlar yig`indisidir deya e`tirof etadi. Yuqoridagilardan xulosa qiladigan bo`lsak, korpus tabiiy tillarning sun`iylashtirilgan holatdagi ko`rinishi va tilni atroflicha tahlil qilish uchun qulay bo`lgan tizim- baza hisoblanadi. Bu yo`nalish yaratilishi va taraqqiyoti haqida turli manbalarda ma`lumotlar keltirilgan. Korpus lingvistikasi termini esa (corpus linguistics) ingliz tilidagi dastlabki korpuslarning yaratilishi bilan yuzaga kelgan. Ya`ni 1963- yilda ingliz tilidagi korpuslarning yaratilishi barobarida foydalanila boshlangan. “Kompyuterda yaratilgan dastlabki matnlar korpusi (BK, inglizcha Brown sorpus, VS) hisoblanadi, u 1961- yilda Braun universiteida yaratilgan, ha biri 2000 so`zli 500 ta matn fragmentini o`z ichiga oladi. Braun korpusi (The Brown Corpus) matnlari AQShda nashr etilgan jurnallardan, amerika kitoblari, gazetalaridan olingan. Korpus mualliflari U.Frensis va G. Kucherlar uni dastlabki statistic ishlov berilgan kata hajmdagi materiallar miqdori: har xil statistik taqsimotga asoslangan chastotali va alfavit-chastotali lug`at sifatida shakllantirdilar.


Yüklə 37,98 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə