1-mustaqil ta’lim Veb-sahifalardan foydalanib, korpus taksonomiyasini yaratish



Yüklə 37,98 Kb.
səhifə4/10
tarix29.11.2023
ölçüsü37,98 Kb.
#139775
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
1-10 kom

4-mustaqil ta’lim
O‘zbek tilidagi qisqartma so‘zlarning lingvistik bazasini yaratish
Mazkur bo‘limda harakat fe’llarining semantikasi va valentligini tekshirish asosida kompyuter dasturlari uchun lingvistik ta’min yaratish namunasini keltirdik. Ta’kidlash zarur, bu yûl faqat ûzbek kompyuter lingvistikasiga xos yûldir. Jahonda bunday usulda tadqiqot olib borilmagan (fikrimiz isbotini internetdan tekshirish mumkin). Lingvistik ta’min yaratishda harakat fe’llarining oldindan amalga oshirilgan semantik tasnifidan foydalanamiz. Shu o‘rinda ushbu semantik tasnifga qisqacha izoh berib o‘tamiz. o‘zbek tilidagi faol harakat semali fe’llar ob’yektiv asosiga ko‘ra tabiat va jamiyatdagi, hayvonot olamidagi harakatlar-jarayonlarni o‘z ichiga oladi. Ya’ni, harakat fe’llari moddiy asosiga (ob’ektiga) ko‘ra kengligi va murakkabligi, serqirraligi va materiyaga xos turlicha harakatlarni ifodalashi, doimiyligi bilan boshqa semantik maydonga kiruvchi fe’l leksemalardan ajralib turadi. Harakatning realligi, ob’ektivligi, uning muayyan jonli mavjudot tomonidan amalga oshirilishi, unda «moddiylashishi» bilan bog‘liq ekan, demak, mantiqiy sub’ektning mavjudligi uning mutlaq harakati bilan ham o‘lchanadi. Aniqrog‘i, harakat materiyaning yashash shakli hisoblanadi.
Ob’yektiv borliqdagi kauzallanuvchi narsa-predmetlarga, shaxs hamda hayvonlarga xos turlicha faol harakatlarni ifodalovchi fe’llar nutqda juda ko‘p ishlatilishi va murakkab semantik tuzilishi bilan farqlanib turadi. Harakat fe’llari sememasining mushtarak semasi «faol harakat» bo‘lib, u fe’llarni bir makrosistemaga (semantik maydonga) birlashtirib turadi. Ya’ni mushtarak sema xarakteridagi «faol harakat» semasi asosida fe’llarning semantik maydoni yuzaga keladi.
O‘zbek tilidagi harakat semali fe’llar asosidagi mazkur ma’lumotlar bazasi lingvistik kompyuter dasturlari (tarjima, tahrir va h.k.) uchun mo‘ljallangan. Ma’lumotlar bazasi asosida yaratilgan dasturdan, shuningdek:
a) o‘zbek, ingliz tilidagi harakat semali fe’llarning tuslanishini o‘rganmoqchi bo‘lgan ixtiyoriy inson;
b) o‘zbek, rus, ingliz tillari bo‘yicha tilshunos mutaxassis;
v) lingvistika sohasidagi kompyuter dasturchilari foydalanishlari mumkin.
Demak, kompyuter dasturi uchun lingvistik ta’min yaratishda ham uzviylikka, sistemalilikka qattiy rioya qilinadi.


Yüklə 37,98 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə