1 Moylarni rafinatsiyalash va gidrogenizatsiyalash. Margarin va margarin mahsulotlari ishlab chiqarish


TINDIRISH, SENTRAFUGALASH, FILTRLASH



Yüklə 1,07 Mb.
səhifə3/51
tarix29.11.2023
ölçüsü1,07 Mb.
#139228
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   51
1 Moylarni rafinatsiyalash va gidrogenizatsiyalash. Margarin va

TINDIRISH, SENTRAFUGALASH, FILTRLASH,
Tindirish. Tindirish suyuq muhitda zarrachalarning og‘irlik kuchi ta’sirida tabiiy cho‘kish jarayonidir.
SHartli ravishda sharsimon zarrachalarning cho‘kish tezligi Stoks formulasi bilan aniqlanadi:
=d2 g (p1-ρ)/18
bu erda: - cho‘kish tezligi, m/s;
d - zarracha diametri, m;
g - og‘irlik kuchning tezlanishi (9,81 m/s2);
p1 - qattiq zarrachalar zichligi kg/m3;
ρ - yog’‘ zichligi, kg/m3;
μ - yog’‘ning dinamik qovushqoqligi Pa∙s.
CHo‘kish tezligini oshirish uchun cho‘kish jarayonini yuqori haroratda olib borish kerak. CHo‘ktirish jarayoni yog’‘ning birlamchi tozalashda muallaq va koagulyasiyalangan moddalarni cho‘ktirishda foydalaniladi. Tindirish jarayonini tezlishtirish uchun uzluksiz ishlovchi tindirgichg‘ajratgich uskunasida zarrachalar yupqa qatlamda cho‘ktiriladi.
Uzluksiz ishlovchi tarelkali tindirgich-ajratgichning tuzilishi va ishlash prinsipi quyidagicha:
Vertikal holatdagi silindrik ko‘rinishdagi qopqoqli va tag qismi konussimon uskuna bo‘lib, uning ichki bo‘shlig‘ida bir necha konussimon tarelkalar joylashgan, ular tindirgich-ajratgichning ichki qismini bir necha (a va b) kameralarga bo‘ladi. Har bir kamera tepa va past qismidan tarelka 1 bilan chegaralangan va alohida mustaqil tindirgich-ajratgich sifatida ishlaydi. Tarelkalar soni uskunaning ishlab chiqarish quvvatiga bog‘liq. Tarelkalar samarali ishlashi uchun ular 35-40 burchak ostida joylashtirilgan. Tarelkalarda yog’‘ qatlami balandligi 30-50mm ga teng bo‘ladi. Suspenziya uzluksiz ravishda o‘rtada joylashgan (4) quvur, (3) tirqish orqali kamera b ga beriladi. Yog’‘ tindirish kamera b da xarakatlanib, yuqoridagi tarelkaning chet qismini egib a kameragao‘tadi. Og‘ir fazaning harakatlanishi tezligi pastligi sababli, (1) tarelkaning yuza qismiga yig‘iladi va sirg‘alib tushib tindirgichning pastki qismiga yig‘iladi. Tindirilgan yog’‘ kameraning yuqori tarelkasi past qismida joylashgan (2) teshik orqali har bir kamera uchun alohida bo‘lgan uzatish (6) trubasi orqali chiqariladi.
Hamma uzatish trubalari umumiy kollektorga birlashtirilgan. Har bir uzatish truba kameradan oqib chiqayotgan yog’‘ni kuzatish uchun ko‘rish oynasi o‘rnatilgan.
Tindirish jarayoni moylarni birlamchi tozalashda mualloq va koagulyasiyalangan moddalardan cho‘ktirishda foydalaniladi.
Davriy rafinayiyada tindirish eromchi operatsiya sifatida foydalanalidi. Tindirish jarayonni tezlashtirish uchun uzluksiz ishlovchi tindirgich-ajratgich uskunasida bo‘lakchalar yupqa qatlamda cho‘ktiriladi.
Biron bir kameradan loyqa yog’‘ chiqishi kuzatilsa, shu zahoti to‘xtatiladi yoki chiqayotgan yog’‘ miqdori o‘zgartiladi. Demak, kamerada harakatlanish tezligi o‘zgartiriladi. CHo‘kma davriy yoki uzluksiz ravishda uskunaning past qismida joylashgan patrubok orqali tozalanadi.


Yüklə 1,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   51




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə