1. Milliy va harakatli o’yinlar tushunchasi Jahon xalqlarining harakatli o’yinlari



Yüklə 86,7 Kb.
səhifə5/11
tarix26.10.2023
ölçüsü86,7 Kb.
#131068
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
milliy maruza 1

O’yin tarbiyaviy vosita sifatida.
Pedagoglar va olimlar, jamiyat arboblari harakatli o’yinlar haqida.
XVII asrda rus pedagoglari bola tarbiyasida o’yinning katta ahamiyatini aytib o’tishgan.
XIX arsda Dobrolyubov, Pisarev, Lesgaft va boshqalar harakatli o’yinlarning tarbiyadagi ahamiyati haqida to’xtalib o’tishgan.
P.F.Lesgaft o’zining asarida harakatli o’yinlarning jismoniy rivojlanishidagi ahamiyati haqida aytib o’tgan.
Avval oilada keyin esa maktabda o’ynab bola to’siqlarni yengishda pedagogning roli katta deb ta’kidlagan.
Harakatli o’yinlar metodikasiga qo’yidagi talablarni qo’ygan:

  1. Har bir o’yin boshidan qo’yilgan maqsad.

  2. Qatnashuvchilarning kuchlari tengma-teng bo’lishi.

  3. Shug’ullanuvchilarda ijobiy his-to’yg’u uyg’onishi.

  4. O’yinchilarning ketma-ketligi va davriyligi.

  5. Tarbiyachi yordamida o’yinchilarning faolligini uning faolligini oshirish.

P.F.Lesgaft harakatli o’yinlar metodikasi nazariyasi ilmiy asosda tuzilishi, maktab yoshidagi bolalar uchun mo’ljallangan chet-el mualliflari tomonidan yozilgan asarlarni inkor qiladi.
Harakatli o’yinlar «qiyin harakatlar» asosida tuzilganlariga u o’zining «maktab yoshidagi bolalar uchun jismoniy tarbiya qo’llanmasi» asarida ikkinchi qismga qo’yilgan.
P.F.Lesgaft xalq o’yinlarining pedagogik amaliyotda qo’llashni ilmiy ravishda asoslab berdi. U xalq o’yinlari bolalar bog’ligiga ijobiy ta’sir qilib uni sog’lomlashtiradi degan xulosaga keldi.
Hozirgi vaqtda P.F.Lesgaftning ba’zi bir qo’llanmalari va ba’zi tavsiya etilgan o’yinlarni biz qabul qila olmaymiz.
V.V.Gorinivskiy harakatli o’yinlar «bolalarning maktab yoshidagi bolalar uchun eng yaxshi gigiyenik tarbiyaviy vosita» deb aytgan, «aqliy-ahloqiy e’tibori»ga chuqur ta’sir qiladi deb aytgan.
Bolalar rivojlanishiga yordam berib, doimiy ravishda o’yinlar o’ynab, asta-sekin ularni murakkablashtirishi, yangi harakatlar va keyinroq sharoit yaratish kerak deb ta’kidlagan.
A.S.Makarenko o’yinlar bolalarni mehnatga tayyorlab tarbiyalaydi.
Uning pedagogik faoliyati davomida o’yin tarbiya vositasi sifatida jamoada o’smirlar uchun xizmat qiladi, deb ta’kidlagan edi.
A.S.Makarenko firki bo’yicha bolalar uchun o’yin kattalar uchun mehnat bilan barobar degan edi.
Vil o’lg’aygan sari o’yin ishga aylanib boradi, «yaxshi o’yin yaxshi ishga o’xshaydi, yomon o’yin yomon ishga» deb tushuntirgan edi A.S.Makarenko.
Shu bilan birga A.S.Makarenko o’yinning mehnatdan farqini ham ko’rsatgan, insoning jamiyat tashkilotida ishlash, moddiy, madaniy qadriyatlarini yaratishda o’yin hyech qaysi maqsadni ko’zlamaydi, jamoat maqsadlarga uning to’g’ridan-to’g’ri munosabati, u insonni jismoniy va psixik sharoitlarga o’rgatadi.
A.S.Makarenko bolalar o’yinida 3 ta bosqichni ko’zda tutgan.
(6 yoshgacha, 12 yoshgacha va undan yuqori) lekin bu bo’linish to’la emas.
11-12 yoshli bolalar oddiy o’yinlarni o’ynaydilar, lekin bunda murakkab qoida va mazmuni mavjud bo’ladi.



Yüklə 86,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə