1. Metalmas materiallarning qo’llanilishi. Metal materiallar haqida umumiy ma’lumot



Yüklə 455 Kb.
səhifə2/22
tarix08.06.2023
ölçüsü455 Kb.
#116192
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
1-mavzu Metalmas materiallar va ularning qo’llanilishi. Metal v

Metallmaslar — metallarning xossalariga ega boʻlmagan kimyoviy elementlar. M. metallar kabi yaltiroqlikka, choʻziluvchanlikka va yassillanuvchanlikka ega emas, issiklik va elektr tokini yomon oʻtkazadi, aksariyat hollarda kimyoviy reaksiyalar jarayonida elektronlarni qabul qilib oladi. M.ga 22 element kiradi: bor B, uglerod C, kremniy Si, azot N, fosfor P, mishyak As, kislorod O, oltingugurt S, selen Se, tellur Te, ftor F, xlor S1, yod I, brom Vg , astat At, vodorod H, inert gazlar — argon Ag , geliy Ne, kripton Kg , ksenon Xe, neon Ne, radon Rn. M. davriy sistemada elementlar guruhlarining oʻng tomonida joylashgan. Elementlarning metallar va M.ga boʻlinishi maʼlum darajada shartlidir. Metallar guruhi bilan M. guruhi orasiga keskin chegara qoʻyib boʻlmaydi. Yarim metallik va yarim metallmaslik xossalarini namoyon qiladigan elementlar (germaniy, qalay, koʻrgʻoshin, vismut, poloniy) ham bor. M. atomlarining sirtqi elektron qavatidagi elektronlar soni oʻsha element joylashgan guruh raqamiga teng boʻladi. M. atomlari elektronlarni biriktirib olishga moyil, shuning uchun ularning ionlanish potensiali yuqori. M.dan vodorod, azot, kislorod, ftor, xlor va inert gazlar xona haroratida gaz holatida boʻladi; brom suyuq, bor, uglerod, kremniy, fosfor, oltingugurt, margimush, selen, tellur, yod va as-ma/iqattiq moddalardir. Metallardan farqli ravishda M. kislorod bilan kislotali oksidlar — kislota angidridlari hosil qiladi (mas, fosfat angidrid R2O5, sulfat angidrid SO3, peroxlorat angidrid S12O7 va boshqalar) M.ning baʼzi oksidlari (mas, SO, N0) betaraf oksidlar deyiladi. M.ning kislorod bilan birikishida oksidlanish darajasi qancha yuqori boʻlsa, hosil boʻlgan oksidning kislotaligi ham shuncha yuqori, shunga koʻra, unga toʻgʻri keladigan kislota ham kuchli boʻladi (mas, H2SO3 ga qaraganda H2SO4, HNO2 ga qaraganda HN03 kuchli). M. vodorod bilan uchuvchan birikmalar hosil qiladi. Koʻpchilik M. vodorodli birikmalarning suvdagi eritmasi kislotalardir. Inert gazlardan boshqa M. yuqori elektr manfiylikka ega. M.ning xalq xoʻjaligida ahamiyati katta.

Yüklə 455 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə