1. Metalmas materiallarning qo’llanilishi. Metal materiallar haqida umumiy ma’lumot



Yüklə 455 Kb.
səhifə1/22
tarix08.06.2023
ölçüsü455 Kb.
#116192
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
1-mavzu Metalmas materiallar va ularning qo’llanilishi. Metal v


MAVZU: METALMAS MATERIALLAR VA ULARNING QO’LLANILISHI.

Reja



1.Metalmas materiallar
2.Metalmas materiallarning qo’llanilishi.
3.Metal materiallar haqida umumiy ma’lumot.

Vatanimizning iqtisodiy mustaqilligini mustahkamlash, xalqimizning borgan sari ortib borayotgan talablarini yanada to`laroq qondirmoq uchun sanoatni va qishlok xo`jaligini katta odimlar bilan rivojlantirish lozim. Ishlab chiqarish texnikasini takomillashtirish esa yangi materiallarni tobora ko`proq yaratish va ularni ishlab chiqarishning yangi texnologiyasini yaratishni talab etadi.


Hozirgi zamon sanoatida va qishloq xo`jaligida ishlatiladigan mashinalar juda ko`p ishqalanish yuzalariga (sirtlariga) ega bo`lib, ularning anchagina qismi kuchlar ta'sir etuvchi sharoitlarda ishlaydi. Ishqalanish juftlarini takomillashtirish mavjud materiallarni modifikasiyalash va yangi materiallarni, xususan, polimerlarni qo`llash hisobiga bo`lishi mumkin. Laboratoriya izlanishlari va antifriksion polimer materiallarining qo`llanishdagi tajribalar ko`rsatdiki, eng iqtisodiy samaradorlik va texnologik jihatdan qulaylik ularni qoplama sifatida qo`llashda erishilar ekan. Masalan, mashina va mexanizmlarning ishqalanish juftlarida polikaproamid (kapron) qoplama ko`p tarqalgan. Bunday qoplamalar metallni qizdirilgan yuzasiga poroshok holidagi polimerni purkash yo`li bilan olinadi.
Shunday qilib, har xil fizik- ximik, elektr va mexanik xususiyatlarga ega bo`lgan yuqori molekulyar birikmalarni (polimerlarni) sanoat miqyosida ishlab chiqarish, mashinasozlikning progressiv texnologiyasini tashkil etishga mashina va mexanizmlarning tannarxini va solishtirma og`irligini kamaytirishga, shuningdek, sanoat estetikasi talablarini tobora to`laroq qondirishga yordam beradi. Polimerlarda mujassamlangan mexanik, antifriksion, elektroizolyatsiya, antikorrizion va shunga o`xshash muhim xossalar ularni mashina qismlarida qora va rangli metallarni, shuningdek ularning qimmatbaho qotishmalarini qisman almashtirishga imkon beradi. Bu sohada Belorusda olib borilgan tadqiqotlar shuni ko`rsatdki, bunday materiallar ishqalanishda ishlatiladigan an'anaviy babbit, bronza, cho`yan kabi materiallar bilan bemalol bellasha olar ekan.

Yüklə 455 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə