1. "Men" himoyalangan, xavfsiz, sog‘lom, omadli


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING



Yüklə 57,79 Kb.
səhifə7/8
tarix29.04.2022
ölçüsü57,79 Kb.
#86146
1   2   3   4   5   6   7   8
bola meni rivojlanishi

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING

QARORI

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA OILA INSTITUTINI MUSTAHKAMLASH KONSEPSIYASINI TASDIQLASH TO‘G‘RISIDA

O‘zbekistonda oilani rivojlantirishga global darajada Birlashgan Millatlar Tashkilotining Barqaror taraqqiyot maqsadlari doirasida, shuningdek, 2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi doirasida qaraladi.

Shu bilan birga, ushbu sohada davlat siyosatini muvaffaqiyatli olib borishni to‘xtatib turuvchi bir qator tizimli muammo va kamchiliklar oila institutini mustahkamlash sohasidagi islohotlarni to‘liq ro‘yobga chiqarishga va belgilangan maqsadlarga erishishga to‘sqinlik qilmoqda. Chunonchi:

birinchidan, tegishli idora va tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish hamda monitoring qilishning ta’sirchan tizimi mavjud emas, oilani rivojlantirish masalalari bo‘yicha davlat, fuqarolik jamiyati institutlari va xususiy sektor hamkorligi past darajada;

ikkinchidan, oila institutini mustahkamlash sohasidagi ilmiy tadqiqotlar ixtisosligi tor, hozirgi hayot voqeligidan uzilib qolgan, ilmiy tadqiqotlar natijalari amaliyotga sust joriy etilmoqda;

uchinchidan, oilaning demografik rivojlanishida o‘zgarishlar yuz bermoqda, oila ajralishlari soni o‘smoqda, mazkur sohada salbiy tendensiyalar va muammolar sabablarini asoslovchi tadqiqotlar etishmayapti;

to‘rtinchidan, oilada, ta’lim muassasalarida madaniy-tarixiy meros salohiyatidan sust foydalanilmoqda, milliy mentalitetimizga yot bo‘lgan g‘oya va qarashlar ta’sirining oldini olish borasidagi ishlar samarasiz;

beshinchidan, oila institutini mustahkamlashning qonunchilik asoslari mukammal emas, huquqni qo‘llash amaliyotini va ilg‘or xorij amaliyotini o‘rganish asosida oilani himoya qilish va qo‘llab-quvvatlash sohasida mustahkam huquqiy asos mavjud emas;

oltinchidan, mutaxassislar etishmaydi va kadrlar malakasi past darajada, ta’lim tizimida mutaxassislarga bo‘lgan ehtiyojni prognozlashtirish mexanizmi yo‘lga qo‘yilmagan, oila institutini mustahkamlash va rivojlantirish bo‘yicha o‘quv dasturlari mukammal emas.

Oila institutini takomillashtirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish, bu jarayonda davlat organlari, fuqarolik jamiyati institutlari va fuqarolarning yaqin hamkorligini hamda faol rolini ta’minlash maqsadida, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 2-fevraldagi “Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5325-son Farmoniga muvofiq:

1. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga binoan oila jamiyatning asosiy bo‘g‘ini hamda jamiyat va davlat muhofazasida bo‘lish huquqiga ega ekanligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.

2. Quyidagilar O‘zbekiston Respublikasida oila institutini mustahkamlash bo‘yicha asosiy yo‘nalishlar etib belgilansin:

oila institutini mustahkamlashning institutsional va huquqiy asoslarini takomillashtirish, ijtimoiy sheriklikni kuchaytirish;

zamonaviy oilani mustahkamlash va rivojlantirish masalalari bo‘yicha fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlar olib borish;

demografik rivojlanishni rag‘batlantirish va oila farovonligi darajasini oshirish;

oilaning tarbiyaviy-ta’lim salohiyatini mustahkamlash, jamiyatda an’anaviy oilaviy qadriyatlarni saqlash, oilalarda ma’naviy-axloqiy muhitni yaxshilash;

oilalarga ta’sirchan metodik, konsultativ va amaliy yordam ko‘rsatishning samarali tizimini yaratish.

3. Quyidagilar:

O‘zbekiston Respublikasida oila institutini mustahkamlash konsepsiyasi (keyingi o‘rinlarda Konsepsiya deb yuritiladi) 1-ilovaga muvofiq;

O‘zbekiston Respublikasida oila institutini mustahkamlash konsepsiyasini amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” (keyingi o‘rinlarda “Yo‘l xaritasi” deb yuritiladi) 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

Vazirliklar, idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar rahbarlari “Yo‘l xaritasi”da nazarda tutilgan tadbirlar sifatli hamda to‘liq bajarilishi uchun shaxsan javobgar ekanligi belgilab qo‘yilsin.

4. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi (keyingi o‘rinlarda “Oila” markazi deb yuritiladi):

Konsepsiya va “Yo‘l xaritasi”ni amalga oshirish jarayonining samarali muvofiqlashtirilishi hamda tizimli monitoringi, ularning ijrosi to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga har chorakda axborot berilishini ta’minlasin;

Konsepsiya va “Yo‘l xaritasi”ni amalga oshirishga bag‘ishlangan axborot-tahliliy sharhlarni aniq ko‘rsatkich va natijalarni ko‘rsatgan holda muntazam ravishda tayyorlash va ommaviy axborot vositalarida e’lon qilib borilishi choralarini ko‘rsin;

zarur hollarda, fuqarolik jamiyati institutlari, ilmiy doiralar, xalqaro tashkilotlar vakillarini, xorijiy ekspertlarni Konsepsiya va “Yo‘l xaritasi”ni amalga oshirishda ishtirok etishga, shuningdek, oila institutini mustahkamlash bo‘yicha dolzarb masalalarni muhokama qilishga jalb qilsin.

5. “Oila” markazi, O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi, “Mahalla” xayriya jamoat fondi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi va keng jamoatchilikning Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 1993-yil 20-sentabrdagi A/RES/47/237-son rezolyutsiyasi bilan e’lon qilingan Xalqaro oila kunini respublikaning barcha hududlarida har yili nishonlash to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin.

“Oila” markazi respublikada 2019-yilda va keyingi yillarda Xalqaro oila kunini nishonlash to‘g‘risidagi Hukumat farmoyishi loyihasini 2018-yil 1-sentabrga qadar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.

6. O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Madaniyat vazirligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda muntazam ravishda sport va madaniy tadbirlarni tashkil qilsin hamda ularni Xalqaro oila kuni arafasida o‘tkazishga alohida e’tibor qaratsin.

7. O‘zbekiston Milliy axborot agentligi, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi ommaviy axborot vositalarida mazkur qarorning maqsad, vazifalari va Konsepsiyaning amalga oshirilishini yoritib borish bo‘yicha maqolalar e’lon qilinishini va mavzuga oid ko‘rsatuvlar efirga uzatilishini tashkil qilsin.

8. “Oila” markazi O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi, Adliya vazirligi va boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.

9. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi T.K. Narbayeva, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchisining birinchi o‘rinbosari B.M. Mavlonov va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi direktori D.G. Tashmuxamedova zimmasiga yuklansin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOEV

Toshkent sh.,

2018-yil 27-iyun,

PQ-3808-son

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 27-iyundagi PQ-3808-son qaroriga

1-ILOVA

O‘zbekiston Respublikasida oila institutini mustahkamlash

KONSEPSIYASI

Davlat ijtimoiy siyosatining tarkibiy qismi hisoblangan oila siyosati aholi bandligini va real daromadlarini izchil oshirib borishga, fuqarolar farovonligini oshirishga, ijtimoiy muhofaza qilish va sog‘liqni saqlash tizimini takomillashtirishga qaratilgan.

Davlat organlarining, fuqarolik jamiyati institutlarining o‘zaro hamkorligi tizimining aniq ishlashi, qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlar va davlat dasturlarini so‘zsiz amalga oshirish, shuningdek, oila institutini mustahkamlash sohasidagi muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va samarali hal qilish ushbu maqsadlarga erishishning muhim sharti hisoblanadi.

Shu bilan birga, oila instituti hozirgi holatining tahlili mazkur sohadagi islohotlarni to‘laqonli amalga oshirishga to‘sqinlik qilayotgan qator muammolar mavjudligini ko‘rsatmoqda. Xususan:

tegishli idora va tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish hamda monitoring qilishning ta’sirchan tizimi mavjud emas, oilani rivojlantirish masalalari bo‘yicha davlat, fuqarolik jamiyati institutlari va xususiy sektor hamkorligi past darajada;

oila institutini mustahkamlash sohasidagi ilmiy tadqiqotlar ixtisosligi tor, hozirgi hayot voqeligidan uzilib qolgan, ilmiy tadqiqotlar natijalari amaliyotga sust joriy etilmoqda;

oilaning demografik rivojlanishida o‘zgarishlar yuz bermoqda, oila ajralishlari soni o‘smoqda, mazkur sohada salbiy tendensiyalar va muammolar sabablarini asoslovchi tadqiqotlar etishmayapti;

oilada, ta’lim muassasalarida madaniy-tarixiy meros salohiyatidan sust foydalanilmoqda, milliy mentalitetimizga yot bo‘lgan g‘oya va qarashlar ta’sirining oldini olish borasidagi ishlar samarasiz;

oila institutini mustahkamlashning qonunchilik asoslari mukammal emas, huquqni qo‘llash amaliyotini va ilg‘or xorij amaliyotini o‘rganish asosida oilani himoya qilish va qo‘llab-quvvatlash sohasida mustahkam huquqiy asos mavjud emas;

mutaxassislar etishmaydi va kadrlar malakasi past darajada, ta’lim tizimida mutaxassislarga bo‘lgan ehtiyojni prognozlashtirish mexanizmi yo‘lga qo‘yilmagan, oila institutini mustahkamlash va rivojlantirish bo‘yicha o‘quv dasturlari mukammal emas.

Oila institutini qo‘llab-quvvatlash va mustahkamlash sohasidagi mavjud kamchiliklar joylarda yig‘ilib qolgan muammolarni hal etish, mazkur sohada kutilayotgan ijobiy natijalarga erishish imkonini bermayapti.

Shu munosabat bilan, O‘zbekiston Respublikasida oila institutini mustahkamlash konsepsiyasini (keyingi o‘rinlarda Konsepsiya deb yuritiladi) muvaffaqiyatli amalga oshirish orqali, birinchi navbatda, “Farovon oila — jamiyat ravnaqining asosi” konseptual g‘oyani hayotga tatbiq etishga qaratilgan yangi oila modelini shakllantirishning alohida mohiyatini hisobga olgan holda, davlat siyosatining quyidagi ustuvor vazifalari va asosiy yo‘nalishlari nazarda tutilmoqda:

I. Oila institutini mustahkamlashning institutsional va huquqiy asoslarini takomillashtirish, ijtimoiy sheriklikni kuchaytirish

1. Normativ-huquqiy hujjatlar normalarini ularning oila institutini mustahkamlash hamda rivojlantirishga ta’siri nuqtai nazaridan baholash.

2. Huquqni qo‘llash amaliyotini, tadqiqotlar natijalarini hamda rivojlangan xorijiy davlatlar tajribasini o‘rganish asosida oilani himoya qilish va qo‘llab-quvvatlash sohasida mustahkam huquqiy asosni yaratish.

3. Ko‘p bolali oilalarga va ijtimoiy-maishiy sharoitini yaxshilashga muhtoj oilalarga imtiyozli kreditlar (ipoteka, iste’mol va boshqa) berishni va yer maydonlarini taqdim etishni nazarda tutadigan normativ-huquqiy hujjatni ishlab chiqish.

4. Oilalarning ijtimoiy-iqtisodiy holatini ifodalovchi hamda ularning hayoti va faoliyatining asosiy tendensiyalarini aks ettiruvchi statistika ko‘rsatkichlari tizimini takomillashtirish.

5. Tadqiqotlarni moliyalashtirishning moslashuvchan tizimini joriy etish, shu jumladan, oila institutini mustahkamlash sohasidagi loyihalarni amalga oshirish uchun grantlar ajratish, olib borilayotgan tadqiqotlarning oilalar real ehtiyojlari bilan o‘zaro bog‘liqligini ta’minlash.

6. Oilani mustahkamlash va rivojlantirish masalalari bo‘yicha idoralararo hamkorlikni hamda davlat, fuqarolik jamiyati institutlari va xususiy sektorning o‘zaro hamkorligini rivojlantirish.

II. Zamonaviy oilani mustahkamlash va rivojlantirish masalalari bo‘yicha fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlar olib borish

1. An’anaviy oilaviy qadriyatlarni saqlab qolgan holda zamonaviy oila modelini shakllantirish uchun tarixiy-madaniy shart-sharoitlarni kompleks tadqiq etish, ularni keng targ‘ib qilish va hayotga joriy etish bo‘yicha ilmiy asoslangan takliflarni ishlab chiqish.

2. Huquqbuzarliklar, jinoyatchilik, oiladagi mojaro va zo‘ravonliklar, oilalar ajrashishi hamda ularning ijtimoiy oqibatlarini kompleks tadqiq etish asosida ularning oldini olish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqish.

3. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va Internet tarmog‘ining oila mustahkamligiga va rivojiga ta’sirini o‘rganish, oilaviy turmush tarzi qadriyatlarini oshirishni targ‘ib qilishda, oilalardagi salbiy ijtimoiy holatlarni profilaktika qilishda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish.

4. Muqobil oilaviy vasiylikni tanlash, qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish (bola asrab oluvchi ota-onalarni topish va tayyorlashni yo‘lga qo‘yish, farzand asrab olgan oilalarni professional qo‘llab-quvvatlash va vasiylik sifatini monitoring qilish tizimini yaratish) hamda xorij amaliyotini O‘zbekiston sharoitiga moslashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish.

5. Xayriya faoliyati holatini o‘rganish, tadbirkorlik subyektlari va jismoniy shaxslarni og‘ir turmush sharoitida qolgan oilalarni qo‘llab-quvvatlashga rag‘batlantirishni nazarda tutadigan amaliy tavsiyalar ishlab chiqish.

6. Oilaviy muammolar bo‘yicha magistrlik va doktorlik dissertatsiyalari mavzulari doirasini kengaytirish hamda chuqurlashtirish, jahon ilm-fanida mahalliy ishlanmalarning raqobatdoshligini oshirish.

7. Xalqaro standartlarga javob beradigan ilmiy jurnal ta’sis etish, mahalliy va xorijiy olimlarning oilani mustahkamlash masalalariga doir nashrlarini ko‘paytirish.

III. Demografik rivojlanishni rag‘batlantirish va oila farovonligi darajasini oshirish

1. Oilaning reproduktiv salomatligiga va demografik rivojlanishiga doir masalalarni, oilalarning farovonlik va xotirjamlik darajasini kompleks tadqiq etish hamda muammolarni omilli asosda tahlil qilish.

2. Nikohdan oldin tibbiy ko‘rikdan o‘tish tizimini takomillashtirish, erta va qarindoshlar o‘rtasidagi nikohlarning, tug‘ma nuqsonlar bilan bolalar tug‘ilishining oldini olish bo‘yicha chora-tadbirlarni kuchaytirish.

3. Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash bo‘yicha yagona yondashuvni ishlab chiqish va o‘quv dasturlarini tizimlashtirish, oilaning oqilona reproduktiv axloqini va oilani rejalashtirishni shakllantirish, sog‘lom turmush tarzi va ovqatlanish madaniyatini targ‘ib qilish.

4. Oilani davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash, manzilli ijtimoiy yordam ko‘rsatish tizimini takomillashtirish, shu jumladan, voyaga etmagan farzandlarni, nogironligi bo‘lgan farzandlarni tarbiyalayotgan ota-onalarni, shuningdek, yolg‘iz va ko‘p bolali ota-onalarni ishga joylashtirishda ko‘maklashish.

5. Oila a’zolarini tadbirkorlik asoslariga o‘qitish, oilaviy tadbirkorlikni, kasanachilikni, hunarmandchilikni, yordamchi xo‘jaliklarni rivojlantirishni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirish. Voyaga etmagan farzandlarni, nogironligi bo‘lgan farzandlarni tarbiyalayotgan yolg‘iz va ko‘p bolali ota-onalarga o‘zlariga tegishli yer uchastkalaridan samarali foydalanishida ko‘maklashish.

IV. Oilaning tarbiyaviy-ta’lim salohiyatini mustahkamlash, jamiyatda an’anaviy oilaviy qadriyatlarni saqlash, oilalarda ma’naviy-axloqiy muhitni yaxshilash

1. Yosh avlodda ma’naviy-axloqiy, odob qadriyatlarni va ota-onaga hamda katta yoshdagi insonlarga hurmatni shakllantirish, oilaning tarbiyaviy va madaniy-ilmiy salohiyatini oshirish.

2. Oilaning birdamligini mustahkamlashga, oilada avlodlar o‘rtasidagi o‘zaro aloqani saqlash va qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan oilaviy an’analarni rivojlantirish.

3. Ota-onalari yoki vasiylari fuqarolik, ma’muriy va jinoiy javobgarlikka tortilgan voyaga etmagan bolalarni huquqiy va ijtimoiy himoya qilish, ruhiy qo‘llab-quvvatlash tizim va mexanizmlari samaradorligini oshirish.

4. Oilalarda ichki oilaviy va shaxsiy munosabatlarni, xususan ota-ona va farzandlar, er va xotin, qaynona va kelin o‘rtasidagi munosabatlarni yaxshilash, oilada mojaroli va og‘ir turmush sharoitini amaliy hal qilish mexanizmlarini joriy etish.

5. Oilaviy notinchlik, bolalarning nazoratsizligi va qarovsizligi, shuningdek, bolalar orasidagi huquqbuzarliklar va jinoyatlarning oldini olishga doir samarali mexanizmlarni joriy qilish.

6. O‘smirlar, yoshlar, yosh ota-onalar bilan ularning bilim darajasini oshirish va ibratli ota-onalik ko‘nikmalarini shakllantirish bo‘yicha ishlarning samaradorligini oshirish.

V. Oilalarga ta’sirchan metodik, konsultativ va amaliy yordam ko‘rsatishning samarali tizimini yaratish

1. Demografiya, sotsiologiya, oilaviy psixologiya, ijtimoiy faoliyat bo‘yicha kadrlarni tayyorlash va mutaxassislar malakasini oshirish tizimini takomillashtirish.

2. Fuqarolar yig‘inining yarashtirish komissiyasi faoliyatini tubdan qayta ko‘rib chiqish, nizolashish arafasida va nizoli vaziyatda bo‘lgan oilalar bilan ishni tashkil qilishning yangi shakllari va usullarini joriy etish.

3. Oilalarga tadbirkorlik faoliyati asosida ijtimoiy va psixologik yordam berishga qaratilgan xizmat ko‘rsatish sohalarini rivojlantirish uchun shart-sharoit yaratish.

4. Oilalar bilan ishlaydigan mutaxassislar uchun oilalarga ta’sirchan uslubiy, konsultativ va amaliy yordam ko‘rsatish maqsadida professional superviziya tizimini ishlab chiqish.

5. Og‘ir turmush sharoitida qolgan shaxslarga mo‘ljallangan ijtimoiy moslashuv markazlari va “Ishonch telefonlari” faoliyatini takomillashtirish.

VI. Konsepsiyani amalga oshirishdan kutilayotgan natijalar

Konsepsiyaning asosiy yo‘nalishlari ularni demografik, iqtisodiy va ijtimoiy sohalardagi davlat siyosatining boshqa yo‘nalishlari bilan muvofiqlashtirish zarurligini hisobga olgan holda belgilandi.

Kutilayotgan natijalar samaradorligi va unga erishish darajasi Konsepsiyada ko‘zda tutilgan chora-tadbirlarning doimiy monitoringi natijalari asosida baholanadi.

Oilani mustahkamlashning tashkiliy-huquqiy asoslarini takomillashtirish va O‘zbekistonda yangi oila modelini shakllantirishga qaratilgan quyidagilar mazkur Konsepsiyani amalga oshirish samaradorligining ko‘rsatkichlari bo‘ladi:

farzand tarbiyasida oilaning javobgarligini oshirish, oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash, saqlash va rivojlantirish, oila a’zolarining huquqlariga rioya qilish;

oilalarda tinch, do‘stona va ahillik muhitini yaratish, ma’naviy-ma’rifiy ishlarga aniq mazmun baxsh etish;

oila instituti sohasidagi fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlarning aniq maqsadga qaratilganligini hamda dolzarbligini ta’minlaydigan tizimni joriy qilish va tadqiqotlar natijalarini amaliyotda qo‘llash;

oilaning reproduktiv salomatligi va demografik rivojlanishini, oilalar farovonligini hamda tinch-totuvligini ta’minlash tizimini rivojlantirish;

oilalarga ta’sirchan, sifatli, uslubiy va konsultativ yordam berish hamda og‘ir turmush sharoitida, ularning oilaviy muammolarini hal qilishda amaliy ijtimoiy yordam ko‘rsatish tizimi samaradorligini oshirish;

amaliy va innovatsion tadqiqotlar natijalari asosida yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash hamda oilalardagi nizolar va ajrashishlarning oldini olish bo‘yicha ta’lim tizimini takomillashtirish;

yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash, oiladagi nizoli vaziyatlarni hal qilish, ajrashishlarning oldini olish sohasida, shuningdek, oilalarda ma’naviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash bilan bog‘liq boshqa masalalar bo‘yicha kadrlar malakasini oshirishning samarali shakllarini joriy etish;

jamiyatda tinchlik va barqarorlikni saqlashda, mustahkam oilalarni shakllantirishda, sog‘lom farzandlar tug‘ilishida, sog‘lom turmush tarziga amal qilishda, bolaning oilada yashash va tarbiya olish huquqini ta’minlashda, barkamol avlodni tarbiyalashda, munosib keksalikni ta’minlashda oilaning o‘rni va rolini oshirish.

Jamiyatda zamonaviy oila modelini hamda “Oila jamiyat va davlat himoyasida” konstitutsiyaviy prinsipini to‘liq ro‘yobga chiqarish oila institutini mustahkamlash sohasidagi islohotlarni samarali amalga oshirishning pirovard natijasiga aylanishi kerak.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 27-iyundagi PQ-3808-son qaroriga

2-ILOVA

O‘zbekiston Respublikasida oila institutini mustahkamlash konsepsiyasini amalga oshirish bo‘yicha

“YO‘L XARITASI”

T/r


Tadbirlarning nomlanishi

Amalga oshirish shakli

Amalga oshirish muddatlari

Mas’ul ijrochilar

I. Oila institutini mustahkamlashning institutsional va huquqiy asoslarini takomillashtirish, ijtimoiy sherikchilikni kuchaytirish

1.

Tadqiqotlarni moliyalashtirishning moslashuvchan tizimini joriy etish, shu jumladan, oila institutini mustahkamlash sohasidagi loyihalarni amalga oshirish uchun grantlar ajratish, olib borilayotgan tadqiqotlarning oilalar real ehtiyojlari bilan o‘zaro bog‘liqligini ta’minlash.



Aniq takliflar bilan tahliliy ma’lumot

2018-yil noyabr

“Oila” markazi (D. Toshmuhamedova),

Xotin-qizlar

Muhriddin, [15.05.19 14:43]

qo‘mitasi (T. Narbayeva),

Innovatsiya vazirligi(I. Abduraxmanov),

Moliya vazirligi (J. Qo‘chqorov)

2.

Oilalarning ijtimoiy-iqtisodiy holati statistikasini yuritish tizimini takomillashtirish. “O‘zbekistonda oila” statistik to‘plamini nashr etish.



Yangi statistik shakllarni tasdiqlash

2018-yil dekabr

Davlat statistika qo‘mitasi (B. Begalov),

“Oila” markazi (D. Toshmuhamedova),

Xotin-qizlar qo‘mitasi (T. Narbayeva),

“Mahalla” fondi (Sh. Javlonov)

3.

Qiyin hayotiy sharoitga ega va ijtimoiy xavfli guruhlarga mansub oilalar, ularning ahvoli va manzilli yordam xizmatining har xil turlariga ehtiyojlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z vaqtida olish maqsadida “Oila” markazining yagona idoralararo axborot bazasini yaratish.



“Oila” markazi idoralararo axborot bazasi�ing konsepsiyasini ishlab chiqish.

“Oila” markazi idoralararo axborot bazasining texnik talablarini ishlab chiqish.

“Oila” markazining idoralararo axborot bazasini ishga tushirish.

Tashkiliy

chora-tadbirlar

2019-yil


1-yanvargacha

1-martgacha

1 dekabrgacha

“Oila” markazi (D. Toshmuhamedova),

Xotin-qizlar qo‘mitasi (T. Narbayeva),

Axborot texnologiyalari vazirligi

(A. Axmedxodjayev),

IIV (P. Bobojonov),

Moliya vazirligi (J. Qo‘chqorov),

Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Shadmanov),

Mehnat vazirligi (Sh. Qudbiyev),

“Mahalla” fondi (Sh. Javlonov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

4.

Normativ-huquqiy hujjatlar normalarini oila institutining mustahkamlanishi va rivojlanishiga salbiy ta’sirini tahlil qilish.



Aniq takliflar bilan tahliliy ma’lumot

2019-yil fevral

“Oila” markazi (D. Toshmuhamedova),

Xotin-qizlar qo‘mitasi (T. Narbayeva),

Adliya vazirligi (R. Davletov),

Inson huquqlari bo‘yicha

milliy markaz (A. Saidov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

5.

Oilani mustahkamlash va rivojlantirish masalalari bo‘yicha idoralararo hamkorlikni hamda davlat, fuqarolik jamiyati institutlari va xususiy sektorning o‘zaro hamkorligini rivojlantirish.



Oilani qo‘llab-quvvatlash va mustahkamlash sohasida davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish.

Hamkorlik memorandumlari

va chora-tadbirlar dasturi

Aniq takliflar bilan tahliliy ma’lumot

2019-yil fevral

2019-yil iyul

“Oila” markazi (D. Toshmuhamedova),

Xotin-qizlar qo‘mitasi (T. Narbayeva),

Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Shadmanov),

Mehnat vazirligi (Sh. Qudbiyev),

Moliya vazirligi (J. Qo‘chqorov),

Adliya vazirligi (R. Davletov),

IIV (P. Bobojonov),

“Mahalla” f�ndi (Sh. Javlonov),

Savdo-sanoat palatasi (A. Ikramov)

6.

Oilaviy biznesni yanada rivojlantirish orqali oilalar farovonligi va xotirjamligini oshirish uchun qulay sharoit yaratishni nazarda tutuvchi “Oilaviy tadbirkorlik to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunigao‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasini ishlab chiqish.



Qonun loyihasi

2019-yil aprel

Mehnat vazirligi (Sh. Kudbiyev),

Iqtisodiyot vazirligi (B. Xodjayev), Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha vakil(D. Kasimov),

Savdo-sanoat palatasi (A. Ikramov),

“Tadbirkor ayol” assotsiatsiyasi (G. Maxmudova)

7.

Oilalarni qo‘llab-quvvatlash uchun ijtimoiy xizmatlar ko‘lamini kengaytirish, oilalarga ko‘rsatiladigan ijtimoiy xizmatlar sifatining standarti hamda oilalarning ijtimoiy himoyasi bo‘yicha xizmatlar taqdim etish sifatining monitoringi tizimini yaratishni nazarda tutuvchi “O‘zbekiston Respublikasining “Keksalar, nogironlar va aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj boshqa qatlamlariga ijtimoiy xizmat ko‘rsatish to‘g‘risida”gi Qonunigao‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonuni loyihasini ishlab chiqish.



Qonun loyihasi

2019-yil iyun

Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Shadmanov),

“Oila” markazi (D. Toshmuhamedova),

“Nuroniy” jamg‘armasi (Sh. Jalilov),

Nogironlar jamiyati (K. Abdullayev),

Inson huquqlari bo‘yicha

milliy markaz (A. Saidov)

8.

Oila masalalari bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlarni, shuningdek, rivojlangan davlatlar tajribasini o‘rganish va umumlashtirish asosida “O‘zbekiston Respublikasining Oila kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to



Muhriddin, [15.05.19 14:43]

‘g‘risida”gi qonuni loyihasini mazkur kodeksning oilaviy huquqiy munosabatlarning javobgarlik mezonlarini aniqlash, alimentlarni belgilash, ajrashish vaqtida ayollar va bolalar huquqlarini himoya qilishga oid normalarini yanada takomillashtirish nuqtai nazaridan ishlab chiqish.

Qonun loyihasi

2019-yil sentyabr

Adliya vazirligi (R. Davletov),

Oliy sud (K. Kamilov),

“Oila” markazi (D. Toshmuhamedova),

Xotin-qizlar qo‘mitasi (T. Narbayeva),

Inson huquqlari bo‘yicha

milliy markaz (A. Saidov)

9.

Ko‘p bolali oilalarga va ijtimoiy-maishiy sharoitini yaxshilashga muhtoj oilalarga imtiyozli kreditlar (ipoteka, iste’mol va boshqa) berishni va yer maydonlarini taqdim etishni nazarda tutadigan normativ-huquqiy hujjatni ishlab chiqish.



Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2019-yil noyabr

Adliya vazirligi (R. Davletov),

Markaziy bank (M. Nurmuratov),

Iqtisodiyot vazirligi (B. Xodjayev),

Moliya vazirligi (J. Qo‘chqorov),

Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Vazirlar Kengashi, viloyatlar

va Toshkent shahar hokimliklari

II. Zamonaviy oilani mustahkamlash va rivojlantirish masalalari bo‘yicha fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlar olib borish

10.

Huquqbuzarliklar, jinoyatchilik, oiladagi mojaro va zo‘ravonliklar, oilalar ajrashishi hamda ularning ijtimoiy oqibatlarini kompleks tadqiq qilish asosida ularn�ng oldini olish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqish.



Kompleks tadbirlar

2018-yil noyabr

“Oila” markazi (D. Toshmuhamedova),

Bosh prokuratura (O. Murodov),

IIV (P. Bobojonov),

Oliy sud (K. Kamilov),

Xotin-qizlar qo‘mitasi (T. Narbayeva),

Din ishlari bo‘yicha qo‘mita (J. Akramov),

“Mahalla” fondi (Sh. Javlonov)

11.


Oila institutini mustahkamlash bilan bog‘liq materiallarni chop etish bo‘yicha ilmiy jurnalni ta’sis etish. Xorijiy tadqiqot muassasalari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, oilani mustahkamlash bo‘yicha tadqiqotlar natijalarini respublika va xorijda keng jamoatchilik e’tiboriga yetkazish tizimini takomillashtirish.

Ilmiy jurnalni ta’sis etish

“Oila” markazining chora-tadbirlar dasturi

2018-yil dekabr

“Oila” markazi (D. Toshmuhamedova),

O‘zbekiston Matbuot

va axborot agentligi (L. Tangriyev),

“O‘zA” agentligi (A. Ko‘chimov),

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

(I. Madjidov),

ilmiy muassasalar

12.


Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va Internet tarmog‘ining oila mustahkamligiga va rivojiga ta’sirini o‘rganish. Oilaviy turmush tarzi qadriyatlarini targ‘ib qilishda, oilalardagi salbiy ijtimoiy holatlarning profilaktikasi, bolalarni ularning sog‘lig‘i va axloqiga zarar yetkazuvchi ma’lumotlardan himoya qilishda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish.

Tegishli vazirlik va idoralarga tavsiyalar kiritish

2019-yil iyun

“Oila” markazi (D. Toshmuhamedova),

Axborot texnologiyalari vazirligi

(A. Axmedxodjayev),

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

(I. Madjidov),

Xalq ta’limi vazirligi (Sh. Shermatov), Maktabgacha ta’lim vazirligi (A. Shin),

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi (Q. Kuranbayev)

13.

Oilaviy muammolar bo‘yicha magistrlik va doktorlik dissertatsiyalari mavzulari doirasini kengaytirish hamda chuqurlashtirish, jahon ilm-fanida mahalliy ishlanmalarning raqobatdoshligini oshirish.



Tegishli vazirlik va idoralarga tavsiyalar kiritish

2019-yil sentyabr

“Oila” markazi (D. Toshmuhamedova),

Fanlar akademiyasi (B. Yuldashev),

Innovatsiya vazirligi (I. Abduraxmanov),

Oliy attestatsiya komissiyasi (A. Yusupov),

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (

I. Madjidov),

ilmiy muassasalar

14.


Muqobil oilaviy vasiylikni tanlash, qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish (bola asrab oluvchi ota-onalarni topish va tayyorlashni yo‘lga qo‘yish, farzand asrab olgan oilalarni professional qo‘llab-quvvatlash va vasiylik sifatini monitoring qilish tizimini yaratish) hamda xorij amaliyotini O‘zbekiston sharoitiga moslashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish.

Tahliliy ma’lumot,

zarurat bo‘lganda normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2019-yil oktyabr

Xalq ta’limi vazirligi (Sh. Shermatov),

“SOS — O‘zbekiston bolalar mahallalari” uyushmasi (G. Abidova),

R

Muhriddin, [15.05.19 14:43]



espublika bolalar ijtimoiy

adaptatsiyasi markazi (V. Alimova),

“Oila” markazi (D. Toshmuhamedova),

Adliya vazirligi (R. Davletov)

III. Demografik rivojlanishni rag‘batlantirish va oila farovonligi darajasini oshirish

15.


Nikohdan oldin tibbiy ko‘rikdan o‘tish va uning samaradorligini monitoring qilish tizimini takomillashtirish, shuningdek, erta va qarindoshlar o‘rtasidagi nikohlarning, tug‘ma nuqsonlar bilan bolalar tug‘ilishining oldini olish bo‘yicha chora-tadbirlarni kuchaytirish.

Tahliliy ma’lumot,

zarurat bo‘lganda normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2019-yil


mart

Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Shadmanov),

Xotin-qizlar qo‘mitasi (T. Narbayeva),

“Oila” markazi (D. Toshmuhamedova),

Adliya vazirligi (R. Davletov),

ilmiy muassasalar

16.

Oila a’zolarini tadbirkorlik asoslariga o‘qitish, oilaviy tadbirkorlikni, kasanachilikni, hunarmandchilikni, yordamchi xo‘jaliklarni riv�jlantirishni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirish. Voyaga etmagan farzandlarni, nogironligi bo‘lgan farzandlarni tarbiyalayotgan yolg‘iz va ko‘p bolali ota-onalarga qo‘shimcha daromad olish uchun o‘zlariga tegishli yer uchastkalaridan samarali foydalanishida ko‘maklashish.



Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha elektron materiallar tayyorlash hamda elektron ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqatish.

Kompleks tadbirlar

2019-yil yanvar

2019-yil

may

Xotin-qizlar qo‘mitasi (T. Narbayeva),



Savdo-sanoat palatasi (A. Ikramov),

“Tadbirkor ayol” assotsiatsiyasi (G. Maxmudova),

Mehnat vazirligi (Sh. Kudbiyev),

Iqtisodiyot vazirligi (B. Xodjayev),

Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Vazirlar Kengashi, viloyatlar

va Toshkent shahar hokimliklari

17.


Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash bo‘yicha yagona yondashuvni ishlab chiqish va o‘quv dasturlarini tizimlashtirish. Aholining oqilona reproduktiv axloqini va oilani rejalashtirishni shakllantirish, bolalar nogironligining, bepushtlikning oldini olish, shuningdek, sog‘lom turmush tarzi

va ovqatlanish madaniyatin targ‘ib qilish.

Metodik

va amaliy qo‘llanmalar

2019-yil iyul

“Oila” markazi (D. Toshmuhamedova),

Xotin-qizlar qo‘mitasi (T. Narbayeva),

Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Shadmanov),

Sport vazirligi(Sh. Isroilov),

Oliy va o‘rta maxsus

ta’lim vazirligi (I. Madjidov),

Xalq ta’limi vazirligi (Sh. Shermatov),

“Sog‘lom avlod uchun” fondi (S. Inamova)

18.


Oilaning reproduktiv salomatligiga va demografik rivojlanishiga doir masalalarni, oilalarning farovonlik va xotirjamlik darajasini kompleks tadqiq etish hamda muammolarni omilli asosda tahlil qilish.

Aniq takliflar bilan tahliliy ma’lumot

2019-yil oktyabr

“Oila” markazi (D. Toshmuhamedova),

davlat statistika kumitasi (B. Begalov),

Xotin-qizlar qo‘mitasi (T. Narbayeva),

Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Shadmanov),

Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Vazirlar Kengashi, viloyatlar

va Toshkent shahar hokimliklari,

ilmiy muassasalar

19.


Oilani davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash, manzilli ijtimoiy yordam ko‘rsatish tizimini takomillashtirish, shu jumladan, voyaga etmagan farzandlarni, nogironligi bo‘lgan farzandlarni tarbiyalayotgan ota-onalarni ishga joylashtirishda ko‘maklashish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2019-yil dekabr

Mehnat vazirligi (Sh. Kudbiyev),

Xotin-qizlar qo‘mitasi (T. Narbayeva),

Moliya vazirligi (J. Qo‘chqorov),

Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Vazirlar Kengashi, viloyatlar

va Toshkent shahar hokimliklari

Muhriddin, [15.05.19 14:44]

AKT va oila, maktab va mahalla hamkorligi

29.04.2014

Rukn: Sharh va fikr-mulohazalar.

Muallif: Sayyora Qulmurodova.




Yüklə 57,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə