1. "Men" himoyalangan, xavfsiz, sog‘lom, omadli



Yüklə 57,79 Kb.
səhifə3/8
tarix29.04.2022
ölçüsü57,79 Kb.
#86146
1   2   3   4   5   6   7   8
bola meni rivojlanishi

Inomjon TESHABOYEV,

Farg‘ona viloyati XTXQTUMOI

Pedagogika, psixologiya va ta’lim menejmenti”



kafedrasi katta o‘qituvchisi

3-7 yoshli bola xususiyatlari

Larisa Surkova

Bu yoshdagi bolalarning asosiy xususiyati bir krizisdan boshqasiga asta-sekin o‘tish bilan xarakterlanadi. Ota-onalar, odatda, aynan mana shu davrni ular uchun eng og‘ir va qiyin deya ta’kidlashadi. Bolalar qaysar, o‘jar va shu bilan birga, juda tushkun kayfiyatli bo‘lishadi. Ularning bolani “qaysar uch yoshlilar”, “jajji qariyalar”, “besh yoshli mijg‘ovlar” deb atashganini o‘qib, yuragingiz orqaga tortadi.

Aslida esa ota-onalar bu davrda asosiy va yagona bo‘lmagan xatoga yo‘l qo‘yishadi. Ular birdaniga o‘z farzandlarini hamma narsani biladigan, tushunadigan, bajara oladigan katta odamdek qabul qilishadi.

Bolalar esa o‘zlari to‘g‘risida bunday o‘ylashmaydi. Ular goho “oyi, men o‘zim bajaraman, meni bugundan boshlab o‘pmang” yoki “voy, oyijon, meni kechiring, men go‘dakman, axir” tarzida bo‘lishni yoqtirishadi. Shunday qilib, bu yoshdagi farzandlari bor ota-onalarga quyidagilarni eslatib o‘tish maqsadga muvofiq bo‘ladi.

3–4 YOSHLI BOLALAR

Psixologiyada aytilganidek, kichik maktabgacha yoshdagi bolalar yuqori jadallikdagi jismoniy va ruhiy rivojlanish bilan xarakterlanadi. 3 yoshdan 4 yoshgacha bo‘lgan bolalarning kattalar va tengdoshlari bilan munosabatlarida, xarakterida o‘ziga xos xususiyat hamda faoliyat mazmunida o‘zgarishlar kuzatiladi. Aqliy jihatdan ham jadal rivojlanadi: bola etalon shakllar, rang, hajm, atrofdagi borliqning mavjudligi, shuningdek, o‘zi to‘g‘risida ham o‘ylay boshlaydi. Ko‘rgazmali-obrazli fikrlash ustunlik qiladi. Bu yosh bosqichida bolalar so‘zlardan faol foydalangan holda, nutqning grammatik qurilishini egallashga tushadi. Ularning so‘z boyligi sezilarli darajada ortib boradi va o‘z nutqlarida murakkab gaplardan foydalanishni boshlaydi.

Bu yoshda harakatchanlikka ehtiyoj ortib, yirik motorika rivojlanishi birinchi o‘ringa chiqadi. Kichik maktabgacha yoshdagi bolalar asosiy harakatlarni o‘zlashtirishadi. Tezlik, kuch, koordinatsiya, egiluvchanlik, chidamlilik kabi jismoniy sifatlar shakllana boshlaydi.

Bolalar birinchi marta o‘z “men”ini tushuna boshlaydi. Jamiyatdagi o‘z o‘rnini, shuningdek, o‘zining u yoki bu jinsga mansubligini anglab boradi. O‘z jinsiga oid o‘yin va o‘yinchoqlarga qiziqishi yuqori bo‘ladi.

Kichkintoylarning bu davrida ota-onalarga quyidagilarni tavsiya qilish mumkin:

• Bolangiz bilan birga o‘ynang, yuguring, sakrang! Yoki unga bu ishlarni qilishga xalaqit bermang. Chunki ko‘p harakatlanish bolalarga xos!

• Farzandingizga o‘zini parvarishlashga o‘rgating – soch tarash, tish yuvish, cho‘milish va h.k. Bolangiz ko‘proq o‘ynashi uchun sharoit yaratib bering: rolli yoki jamoaviy o‘yinlar, konstruktorlar – bularning barchasi bu yoshdagi bola uchun juda qiziq.

• 3–4 yoshli bolalar juda qiziquvchan bo‘lishadi. Shuning uchun ularni savollarga javob topish mumkin bo‘lgan bog‘ va muzeylarga olib boring, kitoblar o‘qib bering.

• Turli yoshdagi, jinsdagi insonlar bilan har xil hayotiy vaziyatlarda tez-tez suhbat qiling.

• Farzandingizning yolg‘iz o‘zi bilan ko‘proq vaqt o‘tkazing. Bu uning uchun ham, siz uchun ham juda muhim!

• Bolani partada o‘tirgan holatda dars yoki mashg‘ulot tarzida olib boriladigan o‘qish, rivojlantiruvchi bosimli o‘yinlar va faoliyatning har qanday ko‘rinishlari bilan shug‘ullanishga majbur qilmang.

4–5 YOSHLI BOLALAR

Bu bolaning faol o‘sish va organizmining rivojlanish davri sanaladi. Ularning tashqi ko‘rinishi sezilarli o‘zgarib, kattalarga xos bo‘lgan jihatlar shakllana boshlaydi. Kichkintoylar boshqa insonlar bilan muomalaga kirishishning turli xil usullarini egallaydilar, insoniy munosabatlarni yaxshi tushuna boshlaydilar. Boshqalar bilan muloqot va xulq-atvor borasida, ayollar va erkaklarga xos bo‘lgan sifatlar to‘g‘risida tushunchaga ega bo‘lishadi. O‘yin jarayonida bolalarda bilishga qiziqish shakllanadi, kuzatuvchanlik rivojlanadi, asosiy harakatlar mukammallashadi.

Bilish motivi yetakchilik qilib, bu ular tomonidan berilayotgan ko‘plab savollar, kattalardan yangidan yangi ma’lumotlarni olishga bo‘lgan intilishda namoyon bo‘ladi. Bu paytni “Nima-nimachi yosh” deb atash mumkin. Shu sabab, bu davrda bolaga yuqori fikrlash faolligi hamda qiziquvchanlik xosdir. Bunday yoshda bola o‘z ona tilidagi deyarli hamma tovushlarni talaffuz qila oladi. Yangi so‘z va iboralarni o‘ylab topish jarayoni davom etadi. Ular uncha katta bo‘lmagan ertaklarni qayta so‘zlab, o‘yinchoq, surat, hayotdagi ba’zi voqealar to‘g‘risida hikoya qila oladilar. Ota-onalarga tavsiyalar:

• Bola bilan o‘ynash, yugurish, sakrashni davom ettiring. Bu avvalgiday bola rivojlanishida juda muhim.

• Turli xil o‘yinlarga qiziqishini rivojlantiring. Bular mantiqiy o‘yinlar, murakkab konstruktorlar, to‘siqlarni yengib o‘tish, turli bosqichli va murakkab stol o‘yinlari (masalan, “Monopoliya”) bo‘lishi mumkin.

• Bolangizga etiket va o‘zini tutish qoidalarini o‘rgatish vaqti keldi. Turli hayotiy vaziyatlarda nima qilish mumkin-u, nima qilmaslik kerakligini bolaga bemalol tushuntirsa bo‘ladi.

• Bola intellektini jadal rivojlantiring. Men hamisha “7 yoshdan” tavsiya qilinadigan kitoblarni 4–5 yoshdan bemalol olishni maslahat beraman. Bu yoshdagi bolalar tahlil qilishga moyil bo‘lib, kitob muhokamasiga osonlik bilan kirisha oladi.

• Uydagi majburiyatlarni bajarish, kattalarga yordam berish vaqti ham keldi. Mehnat nimaligini, ota-ona va oilaning katta yoshli a’zolari nima bilan shug‘ullanishi, nima uchun “mehnat” deb atalishini tushuntirib, unga nisbatan hurmat munosabatini uyg‘oting.

5–6 YOSHLI BOLALAR

Bu yoshda shaxsiyatning intellektual, ma’rifiy-irodaviy va hissiy jihatlarida jadal rivojlanish yuz beradi. 6 yoshli bola o‘zini va o‘zgalarni bilishga harakat qiladi, xatti-harakat va o‘zaro munosabatlardagi aloqalarni anglay boshlaydi. Turli xil xarakterdagi munosabatlarni tushunadi, shaxsiy xulq-atvor yo‘nalishini tanlaydi. O‘zi to‘g‘risidagi tasavvurlarda o‘zgarish yuz beradi. Shaxsiyatning rivojlanishi yangi xususiyat va ehtiyojlarning paydo bo‘lishi bilan tavsiflanadi. Amaliy va aqliy tajriba o‘tkazish, umumlashtirish, sabab-natija aloqalarini o‘rnatish qobiliyatlari shakllanadi. Makonda mo‘ljal olish qobiliyati o‘sadi (biroq fasllar va hafta kunlarida adashish kuzatiladi). Nutqning grammatik qurilishi mukammallashadi. Ta’sirchan ohang vositalaridan erkin foydalanadi. Bola lug‘ati umumlashtiruvchi so‘zlar, sinonimlar, antonimlar hamda ko‘p ma’noli so‘zlar bilan boyib boradi. Ularning qomati shakllanib, chidamlilik va jismoniy sifatlari rivojlanadi. Yoshiga mos bo‘lgan gigiyenik jarayonlarni amalga oshira oladi, ozodalik malakalari, sog‘lom turmush tarzi to‘g‘risidagi tasavvurga ega bo‘ladi. Ota-onalarga tavsiyalar:

• Biz hali ham yuguramiz, sakraymiz va faollikning har qanday shaklini iliq kutib olamiz. O‘z bolaligingizni eslang. Siz qanday o‘yinlarni o‘ynar edingiz? Harakatchan o‘yinlar ko‘p bo‘lgan-a, to‘g‘rimi? Shunday ekan, ularni farzandingizga ham o‘rgating.

• Bolani odob-axloq qoidalari bilan tanishtirishda davom etamiz. Ammo endi ko‘proq ham kattalar, ham tengdoshlari bilan kechadigan muloqotga e’tibor qaratamiz.

• Qiziquvchanlik, turli xil ko‘rinishdagi ijodkorlik, aqliy vazifalarni yecha olish qobiliyatlarini yanada rivojlantiramiz. Bunda bolalar uchun kashfiyotchilik vazifalarini yechish nazariyasi bo‘yicha kitoblarni tavsiya qilaman. Ular kichkintoylarga ko‘p narsa bera oladi!

6–7 YOSHLI BOLALAR

Mazkur davr eng murakkab davrlardan biri sanaladi. Bolakay birinchi marta o‘zini onasidan ajrata boshlaydi. Ya’ni “men o‘zim” haqiqiy motivatsiyaga aylanadi. Bola o‘zini butunlay mustaqil shaxs sifatida anglaydi. Bu tengdoshlari bilan kechadigan erkin muloqot davomida namoyon bo‘ladi. Endilikda bolalar hamkorlikdagi faoliyatda shaxsiy qarashlarini himoya qilib, hayotiy vaziyatlarda axloqiy tanlovni amalga oshira oladilar. Jinsidan kelib chiqib, unga mos bo‘lgan yurish-turish qoidalarini ongli tarzda bajaradilar. Bundan tashqari, turli jinsdagilarga xos bo‘lgan har xil faoliyat turlarini egallaydilar. Yetti yoshli bolalar nutqi passiv leksika hisobiga boyishda davom etadi. Bola fikr va taassurotlarini bayon etish, predmetlarni tasvirlash, qayta so‘zlashda so‘zlardan aniq foydalanadi. Nutq muloqotning haqiqiy vositasiga aylanadi. Bu yoshda bolalarda harakatlanish malakalarida ahamiyatli tarzda tez shakllanish yuz beradi: yurish va yugurish mukammallashadi, bir va ikki oyoqlab sakrashni o‘rganib olishadi, turgan joyidan uzoqlikka va balandlikka sakray olishadi. Bolalarda o‘zi hamda shaxsiy jismoniy imkoniyatlari to‘g‘risida tasavvurlari kengayadi.

Ota-onalarga bu boradagi tavsiyalar:

• Maktab ta’limiga, yangi ijtimoiy mavqe, ya’ni o‘quvchi bo‘lishga tayyorgarlikni shakllantirish. Buni uzoq vaqt partada o‘tirmasdan, asta-sekinlik bilan o‘rgatish muhim.

• Kitoblarni “9 yoshdan” tavsiya qilinadiganlariga almashtiring. Ishoning, zamonaviy bolalar bunga tayyor!

• Bolaga kunlik rejasini tuzishni buyuring. So‘ngra haftalik rejani. Yanada qiyinroq vazifa – shunday rejani nafaqat o‘zi uchun, balki butun oila uchun (masalan, dam olish kunlariga) tuzishni ayting.

Ota-onalarga bu davr qiyin bo‘lishi bilan birga, o‘ta qiziqarli hamdir. Bola to‘laqonli hamsuhbatga aylanadi va u bilan muloqot qilish rohat baxsh etadi.

Adolat NURULLAYEVA tarjimasi


Yüklə 57,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə