1-mavzu: tarbiya fanining predmeti, maqsad va vazifalari. Reja


Jamiyat taraqqiyotida tarbiya jarayonining o’rni



Yüklə 1,73 Mb.
səhifə5/78
tarix30.12.2023
ölçüsü1,73 Mb.
#164717
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   78
1 mavzu tarbiya fanining predmeti, maqsad va vazifalari Reja

Jamiyat taraqqiyotida tarbiya jarayonining o’rni. Tarbiya jarayonining jamiyat taraqqiyotidagi roli nihoyatda beqiyosdir. Mutafakkir olim Abu Nosir Forobiy ta’lim - tarbiyaning asosiy vazifasi jamiyat talablariga javob bera oladigan va shu jamiyat uchun xizmat qiladigan yetuk insonni tarbiyalashdan iborat deb biladi.
Jamiyat taraqqiyotida muhim o’rin egallagan insonni tarbiyalash, uni bilim olishga, mehnat qilishga undash va bu hatti harakatini sekin - asta ko’nikmaga aylantirib borish lozim. Insonning mushohada qilishi qobiliyatni tarbiyalaydi va aqlni peshlaydi. Aql ongni saqlaydi. Ong esa moddiy va ma’naviy manbaga aylanadi. Shu tarzda inson asta - sekin takomillashib, komillikka erishib boradi. ammo buning uchun tarbiyachi va tarbiyalanuvchilardan uzoq davom etadigan mas’uliyat, sharafli mehnat va qunt, irodani talab etadi. Bunda tarbiyachi bolalarning yosh xususiyatini e’tiborga olishi zarur. Ma’naviy va insoniy sifatlarning shakllanishida oiladagi, atrofdagi, jamiyatdagi muhit va munosabat muhim o’rin egallaydi. Bolalarni taqlidchanlik xususiyati mavjudligi tufayli ularni tarbiyalashda ota - onaning ongi, ma’naviyati, bilimi, tarbiyalanganligi muhim ahamiyatga egadir.
Vatan, millat taqdiri hal bo’ladigan qaltis vaziyatda to’g’ri yo’lni tanlash uchun avvalo tarixni yaxshi bilish, hayotning achchiq- chuchugini bilish kerak. 
Adolat biz qurayotgan jamiyatning mezoni bo’lmog’i darkor. 
Endi, eski jamiyatni inkor qilish yoki ma’qullash kayfiyatidan voz kechib, bunyodkorlik kayfiyatiga o’tish kerak. 
Millat, davlat, jamiyat taqdiri hal bo’layotgan pallada o’zligimizni anglash, ma’naviy ildizlarimizni unutmaslik.
Insonlar tafakkurini boyitish, uni yangi ma’no va mazmun bilan to’ldirish lozim. 
Mamlakatimizning huquqiy demokratik davlat qurish jarayonida o’tmishimizning hali o’rganilmagan sahifalarini tadqiq etish, davlat va siyosiy arboblarimiz nomlarini xalqimizga qaytarish, huquqiy qadriyatlarimizni tiklashga alohida e’tibor berilmoqda.
«Biz uchun mustaqillik-eng avvalo, o’z taqdirimizni qo’limizga olish, o’zligimizni anglash, milliy qadriyatlarni, urf-odatlarni tiklash, mu’tabar shu zaminda, tinchlik-osoyishtalikni, barqarorlikni saqlashdir». Shu nuqtai nazardan, yoshlarda ijtimoiy adolat haqidagi tushunchalarni shakllantirish ijtimoiy adolat mavzui doirasida muhim ahamiyat kasb etadi. Har qanday jamiyat ijtimoiy adolat normalariga rioya qilishi bilan yuksalish darajasi belgilanadi. Tarixga nazar tashlasak, turli jamiyatlarda adolat nizomi yaratishda xilma-xil yondashuvlarga amal qilib kelinganligining guvohi bo’lamiz. Ayniqsa, O’zbekiston Respublikasida chuqur huquqiy bilimlarga ega, sotsiomadaniy darajasi rivojlangan, amaliy ko’nikma-malakalarni egallagan, raqobatbardosh kadrlar talab qilinadi. Shu sababli yoshlarda ijtimoiy adolat to’g’risidagi tushunchalarni kamol toptirish uchun zamin yaratish lozim. Kelajakda mutaxassis bo’lib yetishuvchi kadrlar, bugungi kun uzluksiz ta’lim qatnashchilari huquqiy davlat muammolarini to’g’ri baholay oladigan, chuqur huquqiy bilimlarga ega, ijtimoiy hayot sohalari ichki qonuniyatlari to’g’risidagi tushunchalarni egallab borishlari zarur. Hozirgi zamon talablaridan kelib chiqqan holda yoshlar rivojlanayotgan huquqiy demokratik davlatdagi ijtimoiy sohadagi islohatlar, ahloqiy-huquqiy munosabatlar kabi masalalarga alohida e’tibor berishlari lozim. Mazkur tushunchalarni shakllantirishda uzluksiz ta’lim tizimi shaxsning ijtimoiy munosabatlarga kirishishida asosiy bo’g’in bo’lib hisoblanadi. Hayotda adolat me’yorlariga rioya etish ijtimoiy-axloqiy, ma’naviy-ruhiy jarayondir. Ma’lumki, inson jamiyatda erishishi mumkin bo’lgan narsalar-mulk, daromad, ijtimoiy maqom, hokimiyat, huquqlar insonlararo munosabatlaridagi adolatga bog’liq.
Tarbiya va ta’limni bir-biridan alohida ajratib bo‘lmaydi, bu ikki jarayon o‘zaro uyg‘un, uzluksiz asosda tashkil etilgandagina odobli, axloqiy fazilatlarga ega, yuksak ma’naviyatli, shu bilan birga bilimdon, zukko, ruhan va jismonan sog‘lom, keng dunyoqarash va tafakkurga ega, zamonaviy kasb-hunar egasi bo‘lgan vatanparvar yoshlarni yetishtirib beradi. Tarbiyaga yangicha, tizimli yondashuv, bolada tayanch fazilatlarni kafolatli shakllantirishda oila, maktabgacha ta’lim, umumiy ta’lim, o‘rta maxsus kasb-hunar va oliy ta’lim muassasalari, mahallalarning ijtimoiy-pedagogik imkoniyatlarini to‘liq yuzaga chiqarishni va ular orasida ilmiy-metodik uzviylikni yangi darajaga ko‘tarishni taqozo etadi. Konsepsiyaning maqsadi — yosh avlodda mustaqil va baxtli hayot uchun zarur ijtimoiy malaka hamda fazilatlarni yoshiga mos, bosqichma-bosqich shakllantirishdan iborat.

  • Ushbu maqsadga erishish, uni amalda ro‘yobga chiqarish uchun quyidagi vazifalarni amalga oshirish talab etiladi:

  • ma’naviy-axloqiy tarbiyani baholashning ilmiy asoslangan indikatorlarini ishlab chiqish;

  • tarbiyaning homiladorlik davridan boshlanib voyaga yetgunga qadar davom etadigan, tadrijiylik va uzluksizlik tamoyillariga asoslangan metodikasini ishlab chiqish va hayotga tatbiq etish;

  • bola tarbiyasida milliy va zamonaviy pedagogikaning ilg‘or yutuqlaridan samarali foydalanish;

  • tarbiyalanuvchilar bilan birga tarbiyachilarning ham bilimi va malakasini muntazam oshirib borish;

  • ma’naviy tarbiyani shakllantirishda oila, mahalla va ta’lim muassasalari, shuningdek, ommaviy axborot vositalari va boshqa ijtimoiy tuzilmalar o‘rtasida samarali hamkorlik mexanizmini yo‘lga qo‘yish;

Ma’naviy tarbiyaning tadrijiy rivojlanish va uzluksizlik tamoyillariga asoslanishi.
O‘rta maxsus kasb-hunar va oliy ta’lim bilan qamrab olinmagan, shuningdek, ishlab chiqarishda faoliyat ko‘rsatayotgan va band bo‘lmagan yoshlarda ular yoshiga mos tayanch ma’naviy-axloqiy fazilat (kompetensiya)lar — Vatanga sadoqat, tadbirkorlik, irodalilik, mafkuraviy immunitet, mehr-oqibatlilik, mas’uliyatlilik, tolerantlik, huquqiy madaniyat, innovatsion fikrlash, mehnatsevarlikni rivojlantirish davlat va jamoat tashkilotlarining ijtimoiy hamkorligi asosida maqsadli ma’naviy-ma’rifiy dasturlar orqali amalga oshiriladi.
O‘rta maxsus kasb-hunar va oliy ta’lim bilan qamrab olinmagan, shuningdek, ishlab chiqarishda faoliyat ko‘rsatayotgan va band bo‘lmagan yoshlar bilan ishlashda inobatga olinishi lozim bo‘lgan jihatlar:

  • kelajakka ishonch, mustaqil fikrlash va qaror qabul qilishni shaxsning ustuvor xususiyati sifatida mustahkamlash;

  • mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlarga daxldorlik tuyg‘usini kuchaytirish;

  • vijdonan mehnat qilish, tadbirkorlik, kasbiy-ma’naviy ko‘nikmalarni o‘rgatish, halol mehnatning inson va jamiyat hayotidagi ahamiyatini ko‘rsatish;

  • mustaqil hayotda muvaffaqiyatga erishish uchun innovatsion tafakkur, tashabbuskorlik, fidoyilik fazilatlarini rivojlantirish;

  • oilaviy burch, oilada o‘zaro ishonch, sadoqat, mehr-muhabbat va hamjihatlikni mustahkamlash malakalarini shakllantirish, ma’naviy barqarorlikni ta’minlash;

  • yoshlar, yosh ota-onalarda farzand tarbiyasi uchun mas’ullik, oilani boshqarish, moddiy farovonlikka erishish uchun zarur bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllantirish;

  • namunali, ma’naviy uyg‘unlikka erishgan, farzand tarbiyasida ibrat bo‘la oladigan, ota-onalar roziligiga erishayotgan keng jamoatchilik tomonidan e’tirof etilayotgan yosh ota-onalarni rag‘batlantirish;

  • yosh oilalarning hayotda munosib o‘rin egallashlariga ko‘maklashish, ularning mahallada integratsiyalashuvini qo‘llab-quvvatlash, jamiyatning to‘laqonli a’zosi bo‘lishiga erishish.

O‘rta maxsus kasb-hunar va oliy ta’lim tizimi o‘quv dasturlari, ma’naviy-ma’rifiy rejalari asosida o‘quvchi-talabalarning yoshiga mos tayanch ma’naviy-axloqiy fazilatlar — Vatanga sadoqat, tadbirkorlik, irodalilik, mafkuraviy immunitet, mehr-oqibatlilik, mas’uliyatlilik, tolerantlik, huquqiy madaniyat, innovatsion fikrlash, mehnatsevarlik rivojlantiriladi.
O‘rta maxsus kasb-hunar va oliy ta’lim muassasalarida o‘quvchi-yoshlarni ma’naviy-axloqiy tamoyillar asosida tarbiyalashda inobatga olinishi lozim bo‘lgan jihatlar:

  • ijtimoiy-gumanitar fanlar, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar orqali o‘quvchi-yoshlarda ma’naviy tarbiya indikatorlari va kompetensiyalarini shakllantirishga xizmat qiluvchi bilim, ko‘nikma va malakalarni ta’lim-tarbiya mazmuniga singdirish va ularni amaliyotda qo‘llay olish imkonini beruvchi amaliy mashq, topshiriq va pedagogik vaziyatlar bilan boyitish;

  • o‘quvchi-yoshlarda zamonaviy bilimlarni egallash, media madaniyatni rivojlantirish, ilg‘or pedagogik texnologiyalarni amaliyotga joriy etish, xorijiy davlatlardagi ilg‘or tajribalarni o‘rganishni rag‘batlantirish;

  • kasbiy-ma’naviy ko‘nikmalarni mustahkamlash, o‘zini-o‘zi tarbiyalashga o‘rgatish;

  • faol fuqarolik pozitsiyasini kuchaytirish;

  • ilmiy, ma’naviy-axloqiy, siyosiy dunyoqarash va sog‘lom diniy e’tiqodni shakllantirish;

  • baxtli oilaviy hayot, farzand tarbiyasi uchun zarur bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalarini shakllantirish;

  • kelajakka ishonch va mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlarga daxldorlik tuyg‘usini kuchaytirish.

“Fazilatli avlod” ruknida o‘quvchi-talabalar, murabbiylar, professor-o‘qituvchilar, ota-onalar, vazirliklar va idoralarning ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha mas’ullari uchun o‘quv-qo‘llanmalar, uslubiy tavsiyalar, ma’rifiy adabiyotlar, media mahsulotlar, ilmiy-metodik qo‘llanmalar majmuasi yaratiladi. O‘rta maxsus kasb-hunar va oliy ta’lim muassasalarida tashkil etiladigan to‘garaklar faoliyatini “Besh muhim tashabbus” asosida rivojlantirish ishlarini amalga oshirish.
O‘rta maxsus kasb-hunar va oliy ta’lim muassasalari murabbiylari, professor-o‘qituvchilari, yoshlar yetakchilarini “Uzluksiz ma’naviy tarbiya konsepsiyasi”ni amalga oshirish maqsadida malakasini oshirish.
O‘rta maxsus kasb-hunar va oliy ta’lim muassasalari uchun ma’naviy tarbiya indikatorlari va tarbiyalash usullarini ishlab chiqish, uzluksiz ma’naviy tarbiya tizimi samaradorligini o‘rganish, baholash va takomillashtirish maqsadida har yili ikki marta sotsiologik so‘rovlar o‘tkazish va natijalarni pedagogik kengashlarda muhokama qilib borish.
Maktabgacha va umumiy o‘rta ta’lim, o‘rta maxsus kasb-hunar va oliy ta’lim tizimi, ishlab chiqarishda faoliyat ko‘rsatayotgan va band bo‘lmagan yoshlarda uzluksiz ma’naviy tarbiya samaradorligini baholashning ilmiy-metodik texnologiyasini yaratish hamda har yili ikki marta o‘lchash va “Ma’naviy tarbiya” respublika jamoatchilik kengashida muhokama qilib borish.
Ta’lim muassasalarida o‘quvchi-talabalarni ona Vatanga muhabbat va sadoqat, davlat ramzlariga hurmat ruhida tarbiyalashga qaratilgan tantanali marosimlarning zamonaviy shakllarini ishlab chiqish va joriy qilish.
Uzluksiz ma’naviy tarbiya tizimi samaradorligini oshirish va takomillashtirishga qaratilgan dissertatsiyalar, ilmiy tadqiqotlar va izlanishlarni yo‘lga qo‘yish.
Teleradiokanallarda tarbiya mavzularida tok-shoular, ko‘rsatuv va eshittirishlar, ijtimoiy tarmoqlarda tarbiyaviy mavzularda virtual muloqot maydonlarini tashkil etish.
Konsepsiyaning joriy qilinishi uzluksiz ma’naviy tarbiya jarayonining tizimli tashkil etilishiga, tarbiya sohasining ilg‘or innovatsion texnologiyalar asosida takomillashuviga, yoshlarning Vatanga sadoqat, tadbirkorlik, irodalilik, mafkuraviy immunitet, mehr-oqibatlilik, mas’uliyatlilik, bag‘ri kenglik, huquqiy madaniyat, innovatsion fikrlash, mehnatsevarlik kabi tayanch kompetensiyalar bilan mustaqil hayotga kirib borishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratadi.
Oilalar, ta’lim muassasalari, mahallalar va korxonalarda mustaqil fikrlash va qaror qabul qilish layoqatiga ega bo‘lgan yoshlarning ma’naviy kamol topishi uchun zarur bo‘lgan innovatsion ijtimoiy-pedagogik sog‘lom va barqaror muhit yaratiladi.
Jamiyatda jinoyatchilik, ekstremizm, terrorizm, korrupsiya, firibgarlik, ko‘zbo‘yamachilik, yolg‘onchilik, egotsentrizm, axloqiy buzuqlik, oilaviy ajrimlar, mehr-oqibatning kamayishi, “ommaviy madaniyat”ga ko‘r-ko‘rona taqlid, loqaydlik, begonalashuv, o‘zibo‘larchilik, farzand tarbiyasida mas’uliyatsizlik, oilaviy qadriyatlar inqirozi, el-yurt taqdiriga befarqlik kabi illatlar keskin kamayadi. Band bo‘lmagan yoshlarning hayotda o‘z o‘rnini topishga, kelajakka bo‘lgan ishonchi oshadi. Mamlakat dunyoda raqobatbardosh, boy inson kapitaliga ega bo‘ladi.
Oila, ta’lim muassasalari, davlat tashkilotlari va nodavlat tashkilotlar, ota-onalarda boy milliy tarbiyaviy merosimiz to‘g‘risida bilimlar shakllanadi, ularni o‘rganish, saqlash, targ‘ib qilish, o‘rgatish orqali milliy fazilatlarning avloddan-avlodga bezavol o‘tib borishi ta’minlanadi.
Konsepsiyaning amalga oshirilishi jamiyatda ma’naviy-axloqiy muhitning sog‘lom va barqaror bo‘lishiga salmoqli hissa qo‘shadi.



Yüklə 1,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   78




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə