1-mavzu. Ta’lim menejmenti nazariyalarining rivojlanish bosqichlari. Boshqarish qonuniyatlari va tamoyillari. Reja



Yüklə 25,11 Kb.
səhifə1/7
tarix29.11.2023
ölçüsü25,11 Kb.
#139292
  1   2   3   4   5   6   7
1-mavzu. Ta’lim menejmenti nazariyalarining rivojlanish bosqichl-fayllar.org


1-mavzu. Ta’lim menejmenti nazariyalarining rivojlanish bosqichlari. Boshqarish qonuniyatlari va tamoyillari. Reja

1-mavzu. Ta’lim menejmenti nazariyalarining rivojlanish bosqichlari. Boshqarish qonuniyatlari va tamoyillari.


Reja:
  1. Ta’lim menejmenti tushunchasi. Umumfalsafiy qonunlar va pedagogik kategoriyalar boshqaruv metodologiyasining asoslari.


  2. Ta’lim muassasalarini boshqarish sohalari qonunlari va uning ahamiyati.


  3. Ta’lim muassasalarini boshqarishning asosiy tamoyillari.




1. Ta’lim menejmenti tushunchasi. Umumfalsafiy qonunlar va pedagogik kategoriyalar boshqaruv metodologiyasining asoslari.
Ta‘lim tizimida davlat va jamiyat boshqaruvini tuyg`unlashtirish tamoyili ta‘limni tashkil etish va uning sifatini oshirishda davlat va jamiyatning ta‘lim muassasalarini boshqarishda hamkorlikka erishishni nazarda tutadi. Ta‘lim tizimida davlat va jamiyat boshqaruvi ta‘lim samaradorligini oshirishga zamin yaratadi.

Boshqaruv —bu tizimni shakllantirish va rivojlantirish maqsadida uni sifatini ta’minlash, tartibga solish uchun ta’sir etishdir.


Ilmiy boshqaruv nazariyasining paydo bo‘lishiga va rivojlanishiga butun dunyoga mashhur ilmiy menejment amaliyotchi va nazariyachilari F. Teylor, G.Ford, G. Emerson, A. Fayol, E. Meyolar katta hissa qo‘shganlar. Masalan, o‘z davrida Anri Fayol boshqarish bu - holatni ko‘rish, kelajakni o‘rganish harakat dasturini tuzishdir deb ta’kidlagan edi. Boshqaruv nazariyasi vakillarining qarashlari tahlili natijasida boshqaruvga quyidagi ta’rifni berishimiz mumkin. Boshqaruv deganda - boshqaruvchi va boshqariluvchi tizim o‘rtasidagi rejalashtirilgan, maqsadga yo‘naltirilgan o‘zaro ta’sirni tushunamiz.
XX asrning oxirgi o‘n yilligida ijtimoiy va iqtisodiy hayotda insonni shaxsiy va kasbiy sifatlarini, umumiy va maxsus ilmiy bilimlarini roli oshdi. Bu holat ta’lim sohasida inson faoliyati turli yo‘nalishlarda rivojlanishini talab etdi. Ta’lim paradigmasi o‘zgarib, yangi ta’lim mazmuni, ta’lim va tarbiyani texnologiyalari ishlab chiqilmoqda. Axborot makonining kengayishi boshqaruvning yangi vositalarini, metodlarini, shakllarini rivojlanishini taqozo etdi. Ijtimoiy tizimlarni jumladan ta’lim tizimini boshqarishda inson omilining va ijtimoiy fanlarning roli oshib borayotganligini kuzatishimiz mumkin. Mamlakatimizda ta’lim tizimida bozor
munosabatlarini qo‘llanilishi maktabni boshqarish nazariyasining rivojla­nishini asosiy omili hisoblanadi. Mutaxassislar «boshqaruv» va «menejment» tushunchalari orasida farq yo‘q deb hisoblasalarda, menejment tushunchasidan foydalanishni afzal ko‘radilar. Menejment - bu faoliyat turi, boshqaruv apparati, boshqaruv san’ati, o‘quv predmeti ma’nolarida qo‘llanilmoqda. Menejment o‘quv predmeti sifatida 1881-yilda amerika kollejlarida Djozef Varton tomonidan o‘qitila boshlangan. Bugungi kunda olimlar menejment ijtimoiy tashkilotlarni boshqarish nazariyasi va amaliyotini ifodalashini ta’kidlamoqdalar. Dunyoda tan olingan amerikacha, fransuzcha va yaponcha menejment maktablari mavjud.
Amerikacha boshqaruvda — tashabbuskorlik, yuqori kasbiy tayyorgarlik, tashkilotchilik, ishchanlik;
Yaponcha boshqaruvda — har bir xodimga g‘amxo‘rlik, ishlab chiqarishning ijtimoiy xavfsizligi, shakllanish istagi, ichki go‘zallik;
Fransuzcha boshqaruvda—boshqaruv tizimini shakllantirish uchun insoniy madaniyat, yuqori darajadagi aloqadorlik madaniyati, milliy, tarixiy, madaniy an’ana elementlaridan foydalanishMenejmentning asosiy tamoyillari quyidagilar tashkil etadi:
  • maqsadga yo‘naltirilganlik va uzluksizligi;


  • ilmiylikni san’at elementlari bilan uyg‘unligi;


  • markazdan boshqaruvni o‘z-o‘zini boshqarish bilan uyg‘unligi;


  • xodimlarni individual xususiyatlarini hisobga olish;


  • huquq va mas’uliyat birligini ta’minlash;


  • doimiylik va ketma-ketlik;


  • harakatlarni nazorat qilish va boshqarish;


  • shaxslararo munosabatlarni qonuniyat sifatida hisobga olish.


Menejment – bu odamlarning mehnatini, intellektini, xulq-atvor motivlarini, shuningdek moliyaviy va texnik resurslarni mobilizatsiyalash orqali maqsadni qo‘yish, unga erishish jarayoni.


Bugungi kunda pedagogika faniga ta’lim muassasalarini boshqarish bo‘yicha yangidan-yangi tushunchalar kirib kelyapti-ki, ularning mohiyati avvalgilardan ham teranroqdir. Masalan, «ta’sir etish» tushunchasining o‘rniga «o‘zaro harakat», «hamkorlik», «refleksiv boshqarish» kabi tushunchalar qo‘llanilmoqda.
Ta’lim muassasalarini boshqarish nazariyasi ta’lim muassasalarining menejmenti nazariyasi bilan boyitildi. Menejment nazariyasi xodimlarga nisbatan ishonch, ularning unumli mehnat qilishlari uchun sharoit yaratish hamda o‘zaro hurmat bilan tavsiflanadi.
O‘zbekiston Respublikasida mustaqillik qo‘lga kiritilgach katta ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy-ma’rifiy o‘zgarishlar ruy berdi. Ta’lim qadriyat sifatida yangicha talqinga ega bo‘ldi. SHunga ko‘ra ta’lim tizimini boshqarish masalalariga ham yangicha yondashish taqoza etilmoqda. Jamiyatning rivojlanishi ijtimoiy xayotni zamonoviy boshqarishga – menejmentga bog‘liq. Ta’lim muassasalari jamiyatning bir bo‘lagi sifatida pedagogik menejmentga muhtojdir. Pedagogik menejment – bu ta’lim jarayonining samaradorligini oshirishga ta’sir etuvchi ta’lim jarayonini boshqarishning tamoyillari, metodlari, tashkiliy shakllari va texnologik vositalarining majmui.
Menejment tarixiy rivojlanish quyidagi davrni bosib o‘tdi:

Yüklə 25,11 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə