1-Mavzu: Psixologiyani dastlabki va o‘rta asrlarda rivojlanishi reja


Ibn Rushd (1126-1198)ning falsafiy qarashlari



Yüklə 463,81 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/20
tarix20.07.2023
ölçüsü463,81 Kb.
#119767
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
1-Mavzu Psixologiyani dastlabki va o‘rta asrlarda rivojlanishi

Ibn Rushd (1126-1198)ning falsafiy qarashlari 
Asli nomi Adub-Valid Muhammad Ibn Ahmad (Yevropada 
Averroes deb yuritiladi) hozirgi Ispaniyaning Kordoba shahrida tug‘ilib, 
Andalusi va Marokko shaharlarida yashab, ijod etadi hamda Marokkoda 
vafot etadi. 


Ibn Rushd Aristotel qarashlarini davom ettirib, о‘z falsafasida 
materializm elementlarini rivojlantirgan, shu asosda о‘z shaxsiy falsafiy 
sistemasini yaratgan buyuk arab faylasufidir. U о‘z qarashlarida xudoning 
mavjudligini e’tirof etsa-da, dunyoni, materiyani xudo yaratmagan, deydi. 
Ibn Rushd ta’lim berib aytadiki, dunyo, materiya boshlanishga ham, 
oxiriga ham ega emas. Materiya benihoya, abadiy va azaliy, deydi. Uning 
qarashicha, moddiy dunyoda faqat zaruriyat hukm suradi, xudo ham shu 
zaruriyatga bо‘ysunadi. 
Ibn Rushd ortodoksal islom-kalom ta’limoti ilgari suradigan: 
kishining о‘lgandan keyin tirilishi, oxiratning mavjudligi, «u dunyo» 
tо‘g‘risidagi qarashlarni butunlay rad qiladi. U insondagi jonni tana bilan 
chambarchas bog‘liq, undan ajralmas, deydi. Uningcha, jon umuman 
olganda о‘lmasdir, bir butun holda olganda, insoniyat ham о‘lmasdir, 
uning umumiy aqli, ya’ni umumiy aql ham о‘lmas va adabiydir. Inson 
aqli haqiqatni bilishga qodir. 
Ibn Rushd о‘z davri uchun progressiv bо‘lgan «ikki xil haqiqat» 
tо‘g‘risidagi ta’limotni yaratadi. Bu ta’limotda aytilishicha, ilmiy-falsafiy 
fikr erishgan haqiqat diniy ta’limotlarda mavjud haqiqatlarga mos 
kelmasligi mumkin. Uning bu fikri о‘z navbatida fanni va falsafani 
dinning, ilohiyotning iskanjasidan, dindorlar tazyiqidan ozod qilishda 
muhim rol о‘ynaydi. 
Ibn Rushd о‘zining Abu Hamid Muhammad G‘azzoliy asari-
«Faylasuflarni rad etish» («Taxofut-ul-falosifa»)ga qarshi yozgan 
«Faylasuflarni rad etish» («Taxofut-ut-taxofut») asarida G‘azzoliyning 
islom ortodoksal kalom ta’limotini qattiq tanqid qiladi. U kishi oliy 
kamolotga faqat zikru sano orqali emas, balki falsafiy bilimlarni egallash 
orqali erishadi, deb ta’lim beradi. Ibn Rushdning bu falsafiy ta’limoti 
О‘rta asrdagi Yaqin va О‘rta Sharq mamlakatlarida, keyinchalik esa 
uyg‘onish davri Yevropa mamlakatlarida falsafiy qarashlarning 
rivojlanishida katta rol о‘ynaydi. U О‘rta asr hurfikrligining eng yirik 
namoyandalaridan biri hisoblanadi. 

Yüklə 463,81 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə