1-mavzu: pedagogik mahorat haqida tushuncha, uning o'qituvchi faoliyatida tutgan o‘rni reja



Yüklə 245,37 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/7
tarix10.09.2023
ölçüsü245,37 Kb.
#121597
  1   2   3   4   5   6   7
1- Maruza matni



1-MAVZU: PEDAGOGIK MAHORAT HAQIDA TUShUNCHA, UNING 
O'QITUVCHI FAOLIYATIDA TUTGAN O‘RNI 
REJA:
1.
 
Pedagogik mahorat haqida tushuncha. Uning mohiyati 
 
2.
 
Pedagogik mahorat fanining vazifalari va asosiy tarkibiy qismlari 
 
3.
 
Pedagogik mahoratni egallash vositalari
4.
 
O`qituvchi kasbining tarixiy taraqqiyoti va uning jamiyatda tutgan o‘rni 
Tayanch tushunchalar: 
“Pedagogik mahorat" fani; pedagogik faoliyat; pedagogik jarayonning harakat 
vositasi; komponent; o'qituvchining kasbiy tayyorligi; tarkibiy qismlar; “Ta’lim 
to‘g‘risida”gi 
Qonun; 
"Kadrlar tayyorlash 
milliy 
dasturi 
prinsiplar; 
tarbiyalanganlik darajasi; zamonaviy axborot texnologiyalari; murabbiy; mustaqil 
o'qib o'rganish; guruhli va ommaviy tadbirlar; “Yil o’qituvchisi”; “Yil maktabi”; 
“Axloqi Muhsiniy”; “ilg’or o'qituvchi”; “ijodkor o’qituvchi”; “novator o’qituvchi”; 
kasbiy sifatlar tizimi; "Yashil daftar hikmati ”; o'qituvchi va tarbiyachi. 
Pedagogik mahorat haqida tushuncha. Uning mohiyati O`zbekiston Respublikasi 
Vazirlar Mahkamasi hamda Prezidentimiz tomonidan qabul qilinayotgan har bir 
Qarorda barkamol avlod tarbiyasi va ularning kasbiy mahoratini avvalo ta`lim 
muassasalarida oshirib borishga jiddiy e’tibor qaratilmoqda. Jumladan. Pespublikasi 
birinchi prezidentiA.Karimovning “Barkamol avlod yili” Davlat dasturi to‘g‘risidagi 
Qarorida “Mamlakatimizda sog’lom va barkamol avlodni tarbivalash, yoshlarning o‘z 
ijodiy va intellektual salohiyatini ro'yobga chiqarishi, mamlakatmiz yigit-qizlarini XXI 
asr talablariga to’liq javob beradigan har tomonlarna rivojlangan shaxslar etib voyaga 
yetkazish uchun zarur shart-sharoitlar va imkoniyatlarni yaratish bo‘yicha keng ko’lamli 
aniq yo‘naltirilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish” muhim vazifa sifatida 
belgilangan. Ushbu vazifalarni bekam-u ko‘st amalga oshirilishi uchun bugungi kunda 
avvalo, bo’lajak o’qituvchilarning saviyasini va bilimini uzluksiz takomillashtirib 
borishga mustahkam zamin yaratilishi kerak. Oliy pedagogik ta`lim muassasalarida 
ushbu muammolarning echimini topishda “Pedagogik mahorat” fanini chuqur o‘rganish 
muhim ahamiyat kasb etadi. 
Pedagogik mahorat nima? Uning mohiyati nimalardan iborat? Ularni egallash 
uchun nimalarni bilish kerak? Hozirgi zamon pedagogikasi va psixologivasi «pedagogik 
mahorat» tushunchasiga turlicha izoh beradi. Jumladan, “Pedagogik ensiklopediya” da 
ta’rif quyidagicha izohlangan: “o‘z kasbining mohir ustasi boigan, yuksak darajada 
madaniyatli, o‘z fanini chuqur biladigan, yondash fanlar sohalarini yaxshi tahlil eta 
oladigan, tarbiyalash va o’qitish uslubiyatini mukammal egallagan mutaxassis”. Ushbu 
ta’nfning mohiyatidan kelib chiqib o’qituvchining pedagogik mahorati tushunchasi 
mazmunini shunday izohlash mumkin: 
Madaniyatning yuqori darajasi, bilimdonlik va aql-zakovatning yuksak 
ko'rsatkichi, o‘z faniga doir bilimlarning mukammal sohibi, pedagogika va psixologiya 
kabi fanlar sohasidagi bilimlarni puxta egallaganligi. ulardan kasbiy faoliyatida 
foydalana olishi, o'quv - tarbiyaviy ishlar metodikasini mukammal bilishi, Pedagogik 


mahorat tizimi quyidagi o‘zaro bir-biri bilan bog’liq bo’lgan asosiy komponentlardan 
iborat: 
-Pedagogik insonparvarlik talablariga bo'ysunishi. 
-Kasbga oid bilimlarni boshqa fanlar bilan aloqadorlikda mukammal bilish. 
-Pedagogik qobiliyatga ega bo’lish. 
-Pedagogik texnika sirlarini puxta egallash 
Barcha kasblar orasida o’qituvchilik kasbi o‘zgacha va muhim ijtimoiy ahamiyat 
kasb etadi. Zero, o'qituvchi yosh avlod qalbi kamolotining me'mori, yoshlarga ta`lim-
tarbiya beruvchi insondir. Bugungi kunda u yoshlarni g‘oyaviy - siyosiy jihatdan 
chiniqtirib tabiat, jamiyat, ijtimoiv hayot, tafakkur taraqqiyoti qonuniyatlarini o'rgatadi, 
yoshlarni mehnat faoliyatiga tayyorlab, kasb-hunar sirlarini puxta egallashlarida 
ko'maklashadi va jamiyat uchun muhim bo’lgan ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatlarni hal etadi. 
Ana shu mas’uliyat o’qituvchidan o‘z kasbining mohir ustasi bo’lishini, o'quvchilarga 
tarbiyaviy ta’sir ko'rsatib, ularning qiziqishi, qobiliyati, iste’dodi, e’tiqodi va amaliy 
ko‘nikmalarini har tomonlama rivojlantirish yo’llarini izlab topadigan kasb egasi 
bo’lishni talab etadi. Buning uchun doimo o'qituvchilarnmg kasbiy mahoratini, 
ko'nikma va malakalarini oshirib borish, ularga har tomonlarna g‘amxo‘rlik qilish, zarur 
shart-sharoitlar yaratish, kerakli moddiy va ilmiy-metodik hamda texnik yordam 
ko‘rsatish, o’qituvchilarning ijodiy tashabbuskorligini muntazam oshirib borishga 
ko'maklashish lozim. 
Shunga asosan, ''Pedagogik mahorat'' fani, mahoratli o’qituvchilarni tayyorlashga 
xizmat qiladi, o’qituvchilar va tarbiyachilarning kasbiy faoliyati sirlarini, mohirligini 
o‘rgatuvchi va uni takomillashtirish to‘g‘risida ma’lumotlar berib boruvchi fan bo’lib, 
o’qituvchilarda pedagogik mahoratning mohiyat mazmunini, hozirgi zamon talablari 
doirasida kasbiy faoliyatini rivojlantirishning yo’llarini, vositalarini, shakllarini 
o‘rganadi. 
Pedagogik mahorat o’qituvchilar va tarbiyachilarga pedagogik ijodkorlik, 
pedagogik texnika, ta`lim-tarbiya jarayonida o'qituvchi va o‘quvchilarning o‘zaro 
hamkorligi, muloqot olib borish taktikasi, nutq madaniyati, tafakkuri, tarbiyachining 
ma’naviy - ma’rifiy va tarbiyaviy ishlarini tashkil etish va amalga oshirish, bu jarayonda 
xulq-atvori va hissiyotni jilovlay olish xususiyallarini o‘rgatadi va o‘z kasbini 
rivojlantirib boruvchi pedagogik faoliyatlar tizimi to‘g‘risida ma’lumotlar beradi. 
Pedagogik mahorat o’qituvchilarning pedagogik faoliyati zamirida takomillashib boradl 
Pedagogik faoliyat yosh avlodni hayotga, mehnatga tayyorlash uchun jamiyat 
oldida, davlat oldida javob beradigan, ta`lim-tarbiya berishda maxsus tayyorlangan 
o’qituvchilar mehnati faoliyatidir. Bo’lajak o’qituvchilar o`z pedagogik faoliyati 
jarayonida faoliyatning quyidagi tarkibiy qismlarini bilishi lozim: 

Yüklə 245,37 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə