1 Mavzu: Odam anatomiyasi va fiziologiyasi, hujayra tuzilishi va to`qima turlari haqida tushuncha. Tayanch so'z iboralar



Yüklə 24,21 Kb.
səhifə1/2
tarix22.03.2024
ölçüsü24,21 Kb.
#168855
  1   2
1 мавзу


1 - Mavzu: Odam anatomiyasi va fiziologiyasi, hujayra tuzilishi va to`qima turlari haqida tushuncha.
Tayanch so'z - iboralar.
Anatomiya, fiziologiya, nevrologiya, hujayra, to’qima, filogenez, nerv to’qimasi, yog’ muskul to’qimasi, o’sish va rivojlanish.
1. Odam anatomiyasi va fiziologiyasi fani haqida tushuncha.
Odam anatomiyasi - anatomiya yunoncha anatomeo-kesaman so'zidan olingan bo'lib, odam organizmining shaklini, tuzilishini, uning rivojlanish jarayonini o'rganadigan fandir. Bu fan har bir azoni jinsiy tafovutlar jihatdan, shuningdek atrof muhitining azolar tuzilishi hamda vazifasiga bo'lgan ta'sirini o'rganadi. Anatomiya fani uchun ma'lumotlar uning turli qismlaridan olinadi. Odam organizmi tuzilishining murakkabligi, mehnatga layoqatlanishligi va hayvonlar organizmi tuzalishidan ajralib turadi. Ana shu tuzilish, rivojlanish qonuniyatlarini, uning evolyusion taraqqiyot qonunlari felogeneziga (Phulon - avlod, gtntsis - taraqqiyot) taqqoslagan holda, hamda odam holatiga o'tish prosessi - antropogenezi (antropos - odam) bilan o'rganadi. Bu bilan taqqoslama Anotomiya shug'ullanadi. Anatomiya fani topografik, patalogik Anotomiya, yoshga doir anatomiya, antropologiya, embriologiya, gistologiya, sitologiya fanlari bilan uzviy bog'liq holda rivojlanadi va medisina fanlarining fundamental asosi hisoblanadi.
Odam anatomiyasini o'rganishini osonlashtirish maqsadida malum bir qismlarga bo'linadi. Masalan: organizmning paydo bo'lishini, tug'ilguncha ona qornida o'sib, rivojlanib borishini embriologiya fani o'rgansa, tug'ilgandan keyingi hayotning oxirigacha bo'lgan jarayonni «yoshga oid» anatomiya o'rganadi. Odam organizmi, organlarning tuzilishi ularning tuzilishiga bog'liq holda shakllanib boradi. Buni o'rganish funksional anatomiya fani sohasining vazifasidir. Organlarning ichki tuzilishini, ularni tashkil qilgan hujayralar, to'qimalarni o'rganish bilan gistalogiya fani, suyaklarni o'rganadigan qism-osteologiya, muskullar miologiya, hazm qilish sistemasi-antiologiya, sezish organlar - esteziologiya va nerv sistemasini - nevrologiya fani o'rganadi.
Topografik anatomiya esa organlarning tuzilishini, shaklidan tashqari ularning o'zaro munosabatlarini, chegarasini o'rganadi. Shunday qilib, anatomiya fani odam organizmining tuzilishi va funksiyalarini ularning evolyusion rivojlanish yo'nalishiga bog'lab, atrof - muhit ta'sirida shakllanish qonuniyatlarini aniqlaydi. Ularning boshqa, ishlash sharoitiga va vazifalariga qarab rivojlanishi dialektik qonuniyatlarga asoslangan holda o'rganadi.
Odam anatomiyasi asosan murda ustida o'rganiladi. Lekin ayni vaqtda medisina xodimlarining tirik odam bilan munosabatda bo'lishini ham etiborga olish lozim. Shuning uchun odam organizmi va organlari tuzilishi topografiyasini murdada o'rganishda turli usullar qo'llaniladi. Bu usullar quyidagilar:
1. Antropometriya usuli - bunda gavdaning uzunligi, kengligi va og'irligi o'lchanib olingan malumotlarni organizmning ayrim bo'laklariga taqqoslanadi.
2. Kesib ochish bilan-preparatlar yasash usuli-bundan skalpel va pinset bilan murdani, organlarini kesish orqali preparatlar tayerlanadi.
3. Arralash usuli - bu usulni birinchi marta K.I. Pirogov qo'llagan. Avval murdani qattiq muzlatib, so'ngra o'rganishi kerak bo'lgan organizm bo'lagi qavatma-qavat qilib arralanadi. Bu usulda organlar topografiyasini aniqroq o'rganish mumkin.
4. Inyeksiya (injektio - lotincha quyaman) usuli-ichi kovak organlarga turli xil kimyoviy moddalar yuborib turib o'rganiladi.
5. Yoritish, ravshanlashtirish usuli - buning uchun organni birorta kislota yoki ishqor suyuqligiga solib kuzatiladi. Vaqt o'tishi bilan har xil to'qimalar nurlarining turlicha sinishi natijasida bir-biridan ajralib ko'rinadi.
6. Korroziya yoki yemirilish usuli-ichi bo'sh organlar ichini tez qotadigan modda bilan to'lg'azib so'ngra uni turli kislota yoki ishqor suyuqligiga solinsa organlarning to'qimalari yemiriladi, bo'shlig'iga yuborilib modda uning shaklini saqlab qoladi.
7. Rentgen nuri yordamida-o'rganish usuli K. Rentgen nuri kashf etilgandan buyon qo'llaniladi. Bu usul tirik organizmlar tuzilishini o'rganishda yordam beradi. Rentgen nuri yordamida suyaklar tuzilishini, ayniqsa, uning taraqqiy etishini kuzatish mumkin.
8. Paypaslab (palpation)- ko'rib o'rganishi- masalan yelka arteriyasidan yurak urishini bilish mumkin.
9. Perkussiya (percussio)- barmoq yoki bolg'acha bilan urib aniqlash usuli. Bu ikki usul kasalxonalarda keng qo'llanib organ chegaralarini o'rganishda keng foydalaniladi.
10. Tuskultasiya (auscultation) usuli- yani eshitib ko'rish usuli maxsus eshituv asboblari yordamida organlarning ishlab turgandagi tovushini eshitiladi. Bu usul organlarning normal yoki kasallik holatini aniqlashda katta yordam beradi.
11. Mikroskopda ko'rib o'rganish usuli - bu usulda organlariing nozik tuzilishlari maxsus bo'yoqlar surib to'qimalarni Mikroskop yordamida o'rganiladi.
Fiziologik funksiyayalar (faoliyat) deyilganda organizmdan beradigan biror bir natija olishga qaratilgan xayotiy o`zgarishlar tushuniladi. SHunday ekan, tirik organizmda uzluksiz kechib turadigin FUNKSIYA - fiziologiya fanining predmetidir, o`rganish ob`ekti esa, xayotiy jarayonlar kechib to`rgan, amalda o`z faoliyat - funksiyalarini bajarib turgan tirik organizmdir.
Fiziologiya so`zi - yunoncha bo`lib, tabiat ma`nosini bildiradi. SHu tufayli XVI asrdan boshlab, bu atama jonivor va o`simlik dunyosini o`rganuvchi fan nomi sifatida ishlatib kelingan. Keyinchalik, ilmiy ma`lumotlar ko`payishi tufayli, tabiat bir muncha mustaqil fanlarga - botaniqa, zoologiya, anatomiya va boshqa fanlarga bo`lindi. SHundan keyin fiziologiya uzoq vaqt davomida anatomiya fanining bir qismi bo`lib keldi.
Anatomiya butun organizm tuzilishini, organlar (a`zolar) qismlarini, shakli va strukturalarini o`rganadigan fandir. U qolda anatomiyaning o`rganish ob`ekti sifatida o`lik organizm olishi mumkin. SHu bois XIX asrga kelib, fiziologiya - organizm funksiyayasini tirik organizm sharoitida o`rganishi sababli u anatomiyadan aloqida fan sifatida ajralib chiqdi. Ana shu davrdan boshlab, fiziologiya tirik organizm funksiyayalarini o`rganishda juda ko`p yangiliklar kashf etdi, ulkan yutuqlarga erishdi, qozirgi kunda ko`p tarmoqli yirik fanga aylandi.
Fiziologiya - funksiyayalarini qar tomonlama chuqur tushunish uchun ularning qamma xossalarini, ko`rinishlarini, o`zaro munosabatlarini organizmni turli qolatlarida va tashqi muqitning turli sharoitda aniqlashga intiladi. Fiziologiya -funksiyayalarini turda individda rivojlanishini, ularning doimo o`zgaruvchi tashqi muqit sharoitiga moslashni o`rganadi. Funksiyayalarni chuqur o`rganish va shu tariqa, faol ta`sir qilib ularni xoxlagan tomonga yo`naltirish fiziologiyaning oldiga qo`ygan asosiy vazifalaridan biridir. qozirgi kunda fiziologiya umumiy solishtirma va maxsus (yoki xususiy) qismlarga ajraladi. Xayvonlar fiziologiyasi esa ko`pincha muskul bo`lgan, biroloq o`zaro jips boqlangan yana bir qancha fanlarga bo`linadi. Umumiy fiziologiya muqit ta`siriga tirik materiya javob berishning umumiy qonuniyatlarini, qar organizmga xos bo`lgan asosiy xayotiy jarayonlarni (protsesslarni) o`rganadi, tirik tabiatni o`lik tabiatdan farqlovchi sifat jihatidan o`ziga xos xodisalarni tekshiradi. Xujayra fiziologiyasi umumiy fiziologiyaning bo`limlaridan biridir. Har xil turlarga mansub organizmlar va individual rivojlanishning turli bosqichlarida to`rgan bir turga mansub bo`lgan organizmlar funksiyayasining o`ziga xosligini esa solishtirma fiziologiya tekshiradi. Bizning davrimizda evolyutsion fiziologiya aylanib borayotgan solishtirma fiziologiyaning maqsadi funksiyayalarning tur va individda rivojlanishi qonuniyatlarini o`rganishdir.
Barcha fiziologik materiallarni umumlashtiruvchi fanlar - umumiy fiziologiya va evolyutsion fiziologiyadan tashqari, fiziologiyaning maxsus (yoki xususiy) bo`limlari qam bor. Bularga xayvonlarning ayrim sinf va guruxlari (masalan, qishloq xo`jalik xayvonlar, shular, xashoratlar) fiziologiyasi, yoki ayrim turlar (masalan, qo`y, sigir va x.k.) fiziologiya, ayrim organlar (masalan, jigar, buyrak, yurak), to`qimalar (masalan, nerv yoki muskul to`qimasi) fiziologiyasi kiradi. Ko`pincha fiziologiyaning ayrim funksiyayalarni, o`rganuvchi qismlarini, masalan qon aylanishi, ovqat xazm qilish, nafas olish va boshqalarni fiziologiya fanining maxsus bo`limlari deb aytiladi. Demak tirik mavjudodlarning qar xil guruxlari qancha bo`lsa, turli organ va turkumlar qancha bo`lsa, xullas tirik organizm faoliyatining turlari nechta bo`lsa, fiziologiyaning maxsus (yoki xususiy) bo`limlari o`shanchadir. Yosh fiziologiyasini, sport fiziologiyasi, meqnat fiziologiyasi, kosmonavtlar fiziologiyasi kabilar qam xususiy fiziologiya tarkibiga kiradi. Fiziologiya o`z tekshirishlarida boshqa fanlarning ma`lumotlariga asoslanadi va o`z navbatida bir qanchà fanlarning rivojlanishiga asos bo`ladi.
Fiziologiya hamisha fizika bilan ximiya qonunlariga tayanadi va ularning tekshirish metodlaridan keng foydalanadi. Buning sababi shuki, qar bir xayotiy jarayonlarda (protsesslar) modda va energiya almashinadi, ya`ni ximiyaviy va fizikaviy jarayonlar (protsesslar) ro`y beradi. SHu bois fiziologiyada fiziologik tadqiqotlarni ikki yo`nalishi - fizikaviy va ximiyaviy yo`nalishi muqim aqamiyat kasb etadi. Bu ikki yo`nalish yordamida juda ko`p ma`lumot to`planadi, organizmda fizikaviy ximiyaviy jarayonlað (protsesslar) o`tishning o`ziga xos qonuniyatlari aniqlanadi, bu jarayonlarni (protsesslarni) o`rganishning maxsus metodlari va texnikaviy yo`nalishlari kengaydi. Natijada fiziologiya fani tarkibida biologik ximiya va biologik fizika degan mustaqil fanlar ajralib chiqadi.
Masalan, fiziologiyaning elektrofiziologiya soqasi biofizika ta`lim yo`nalishiga kiruvchi muqim bo`limlaridan biri bo`lib, u odam va xayvonlar organizmida nerv, muskul, bez to`qimalari qo`zqalganda ro`y beradigan elektr xodisalarni o`rgatadi. Fiziologiya morfologik fanlar: anatomiya, gistologiya, itologiya bilan qam jips boqlangan. Chunki morfologik va fiziologik xodisalar bir-biri bilan chambarchas bog’liq.
Fiziologiya umumiy biologiya, ma`lumotlariga evolyutsion ta`limotga va embriologiyaga qam tayanadi, chunki qar qanday organizm faoliyatini o`rganishi uchun uning taraqqiyot tarixi -felogenezini va ontagenezini bilish lozim. SHu bilan birga funksiyayalar evolyutsion ta`limotning ba`zi masalalarini aniqlashga yordam beradi. Fiziologiya psixologiya va pedagogika fanlari bilan qam uzviy boqlangan. Ayniqsa, I.P.Pavlov yaratgan oliy nerv faoliyati qaqidagi ta`limot zamonaviy psixologiya va pedagogikaning tabiiy-ilmiy asosini tashkil qiladi. Fiziologiyaning pedagogika uchun aniq (konkret) amaliy aqamiyati shundan iboratki, bolaning meqnatga va turmushini to`qri tashkil etish uchun, ratsional tarbiya tadbirlirini o`tkazish uchun pedagogik, bola organizmida ro`y beradigan fiziologik jarayonlarning (protsesslarning) yoshga aloqador xususiyatlarni yaxshi tushunishi kerak.

Yüklə 24,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə