1-mavzu: Mustaqillikka erishish arafasida O‘zbekistondagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlar. Mustaqil O‘zbekiston Respublikasining tashkil topishi va uning tarixiy ahamiyati. O‘zbekistonning o‘ziga xos istiqlol va taraqqiyot yo‘li Reja


Yangi Konstitutsiya qabul qilinishi



Yüklə 88,01 Kb.
səhifə20/21
tarix09.10.2023
ölçüsü88,01 Kb.
#126444
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
1-mavzu (2)

Yangi Konstitutsiya qabul qilinishi.
Har bir suveren davlatning huquqiy asoslaridan biri - uning aso­siy Qonuni - Konstitutsiyasi hisoblanadi.
Tarixiy rivojlanish ko'rsatganidek, har qaysi jamiyat kelajakni ko'zlab yashaydi va uning poydevorini imkon qadar mustahkam-roq qurishga harakat qiladi. Shu nuqtayi nazardan qaraganda mus­taqillik yillarida davlatimiz, jamiyatimiz erishgan buyuk yutuq -O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi bo'ldi.
Darhaqiqat, Konstitutsiya tushunchasida davlatni boshqarish, mamlakat yaxlitligini ta'minlash, uning mustaqil davlat sifatida e'tirof etilishining asosi ijtimoiy hayotning barcha yo'nalishlarini rivojlantirish уо'1-yo'riqlari to'la mujassamlangan.
Turkistonda inqilobdan keyingi yillarda jahon tajribalariga mu­vofiq tarzda Konstitutsiyalar ishlab chiqildi. Jumladan, Turkiston ASSRning 1918, 1920-yillarda, Xorazm va Buxoro Xalq Respubli-kalarining 1920-1921-yil, shuningdek, O'zbekiston SSRning 1927, 1937, 1978-yillarda qabul qilingan Konstitutsiyalari shaklan respublikaning Asosiy qonunlari edi. Lekin ular mazmun-mohiyatiga ko'ra haqiqiy mustaqil davlatning Asosiy Qonuni emas edi. To'g'rirog'i ular avval RSFSR, keyinchalik SSSR Konstitutsiyalarining mil­liy respublikalar sharoitiga muvofiqlashtirib ko'chirilgan, hayotiy kuchga ega bo'lmagan nusxasi edi. Shu nuqtayi nazardan ko'rsatib о'tilgan Asosiy Qonunlarni O'zbekiston davlati mustaqilligini huqu­qiy asoslovchi Konstitutsiya deb qarab bo'lmasdi.
O'zbekistonning yangi Konstitutsiyasini yaratish g'oyasi 1990-yil 20-iyunda «Mustaqillik deklaratsiyasi»ning qabul qilinishi bilan bevosita bog'liq. Mazkur Deklaratsiya qabul qilingan Oliy Kengash­ning ikkinchi sessiyasida bu hujjatdagi muhim tamoyillar asosida davlatning yangi Konstitutsiyasi ishlab chiqilishi lozim, degan xu-losaga kelindi. Sessiya Birinchi Prezident I. Karimov raisligida 64 kishidan iborat Konstitutsiya komissiyasini tuzish to'g'risida qaror qabul qildi. Uning tarkibiga deputatlar, Qoraqalpog'iston Respublikasi va viloyatlarning vakillari, davlat hamda jamoat tashkilotlarining, kor-xonalar, xo'jaliklarning rahbarlari, taniqli huquqshunoslar, olimlar va mutaxassislar kirdi. Oliy Kengashning o'ninchi sessiyasida Ko-missiya tarkibi qisman yangilandi.
Konstitutsiyaviy komissiya Raisi ishchi guruh oldiga quyidagi vazifalarni qo'ydi:
- konstitutsiyaviy rivojlanishning jahon tajribasi o'rganib chiqil-
sin;

  • boshqa mamlakatlarning inson huquqlari borasida, demokrati­ya va qonunchilik sohasida qo'lga kiritgan yutuqlari hisobga olinsin;

  • keng xalq ommasi diliga yaqin va tushunarli bo'lgan siyosiy-yuridik hujjatlar yaratilsin.

Mazkur topshiriqqa muvofiq, AQSH, Fransiya, Kanada, Germa­niya, Shvetsiya, Yaponiya, Italiya, Ispaniya, Portugaliya, Gretsiya, Turkiya, Eron, Hindiston, Pokiston, Misr, Vengriya, Bolgariya, Litva davlatlarining konstitutsiyalari chuqur o'rganildi, qiyosiy tahlil etil­di. Shuningdek, Mustaqil Davlatlar Hamdo'stligiga kiruvchi Rossiya Federatsiyasi, Belorus, Ukraina, Qozog'iston, Qirg'iziston va Turk-maniston respublikalarining Asosiy qonunlari hamda konstitutsiya loyihalari diqqat bilan ko'rib chiqildi.
Yuqorida keltirilgan manbalarni tahlil etish asosida xorijiy dav­latlar konstitutsiyalari mazmuni va tuzilishini tavsiflovchi kattagi-na hajmli qiyosiy jadval tayyorlandi. Ushbu tahliliy jadvalni jahon konstitutsiyashunosligi tajribasi namunalari umumlashmasi sifatida Respublikamiz Prezidenti o'rganib chiqdi.
1992-yil bahorida loyihaning 149-moddadan iborat ikkinchi va­rianti ishlab chiqildi. Mamlakat Prezidenti ishtirokida Konstitutsiya­viy komissiyaning navbatdagi majlisi bo'lib o'tdi. Majlisda Kons­titutsiya loyihasi ustida olib borilgan ishlar to'g'risidagi axborot tinglandi. Ta'kidlanishicha, ishchi guruh O'zbekiston xalq deputatla­ri, mehnat jamoalari rahbarlari, olimlar va mutaxassislar bilan ham-korlikda loyihaning beshinchi ko'rinishini tayyorladi. Unda o'zbek xalqining tarixiy, milliy va ma'naviy xususiyatlarini imkon qadar to'laroq aks ettirishga harakat qilindi. Majlisda Konstitutsiya loyiha­sini uzil-kesil ishlab chiqish uchun 25 kishidan iborat ishchi guruh (komissiya) tuzishga qaror qilindi va uning zimmasiga quyidagi va-zifalar yuklandi:

  • huquqiy demokratik davlat barpo etish tajribasini har tomonla­ma umumlashtirish va uni Konstitutsiya loyihasida hisobga olish;

  • O'zbekistonning demografik va ijtimoiy-siyosiy turmush tarzi, uning taraqqiyoti tajribasini hamda deputatlarning, turli ijtimoiy gu-ruhlarning milliy-madaniy markazlarning mulohazalari va takliflari-ni umumlashtirish;

  • Konstitutsiyaviy komissiya a'zolaridan tushgan takliflarni ko'rib chiqish va loyihaga tegishli o'zgarishlar kiritish.

O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining loyihasi puxta ish-lovlardan so'ng Konstitutsiyaviy komissiya qarori bilan 1992-yil 26-sentabrda umumxalq muhokamasi uchun matbuotda e'lon qilindi.
Shunday qilib, Konstitutsiya loyihasining umumxalq muhoka­masi O'zbekiston xalqining irodasini bevosita aniqlash, shuningdek, muhokama davomida to'plangan boy materialni har tomonlama va chuqur o'rganib, umumlashtirib, uni yaxlit davlat irodasi tarzida Asosiy Qonunda ifodalash imkonini berdi. Konstitutsiya xalqimiz­ning siyosiy donoligi va tafakkuri mahsuli bo'ldi.
1992-yil 8-dekabrda XII chaqiriq O'zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining XI sessiyasi bo'ldi. Unda «O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini qabul qilish haqida»gi masala ko'rildi. Bu xusus-da Konstitutsiya komissiyasi Raisi, Birinchi Prezident I. Karimov ma'ruza qildi. Ushbu ma'ruzada sessiya muhokamasiga havola qilingan O'zbekistonning asosiy Qonuni respublikada avvalgi yillarda qabul qilgan qonunlardan farqli o'laroq, demokratik yo'l bilan tayyorlan-gan bo'lib, unda yillar davomida sinovdan o'tgan umuminsoniy qad-riyatlar o'z aksini topganligi, u ko'plab taraqqiy etgan mamlakat-larning tajribalarini o'ziga singdirganligi alohida uqtirildi. Shuning uchun ham mazkur Konstitutsiya har qanday yetakchi mamlakatning Konstitutsiyasi bilan bahslasha olishi mumkin», - deb ta'kidlandi.
Sessiyada deputatlar loyihaga 80 ga yaqin o'zgarish, qo'shimcha va aniqliklar kiritdilar. Jumladan, Konstitutsiyaviy, Oliy va Oliy xo'jalik sudlarining vakolat muddati o'n yildan besh yilgacha tushi-rildi. Oliy Kengash 84-moddani quyidagi yangi qism bilan to'ldirdi: «0liy Majlis Raisi va uning o'rinbosarlari O'zbekiston Respubli­kasi Oliy Majlisiga har yili hisobot berib turadilar». 78-moddaning 8-bandiga esa yangi jumla qo'shildi: «Vazirlar Mahkamasining taqdimiga binoan O'zbekiston Respublikasining budjetini qabul qilish va uning ijrosini nazorat etish, soliqlar va boshqa majburiy to'lovlarni joriy qilish» va hokazo.
Davlat hokimiyati markaziy organlarining bir qator vakolat va vazifalarini, avvalambor iqtisodiy va ijtimoiy masalalarni hal etish, budjet tashkilotlarini, kommunal xo'jalik va obodonlashtirish ish-larini moliyalashtirish, odamlarai ish bilan ta'minlash va aholi manfaatlarini himoya qilish bo'yicha vakolatlarini mahalliy hoki­miyat, fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari, mahallalarga bosqichma-bosqich o'tkazish jarayoni amalga oshirilmoqda.
O’zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi e’lon qilinishi bilan birga Davlat mustaqilligi bilan bog’liq qonunlar tizimini yaratish zarur edi. O’zbekiston erishgan istiqlolni mustahkamlash uchun mamlakatda referendum o’tkazishga qaror qilindi. 1991-yili 18-noyabrda Oliy Kengash VIII sessiyasi O’zbekiston Respublikasi referendumini o’tkazish to’g’risida qaror qabul qildi. Shunga muvofiq 29-dekabrda: "Siz Oliy Kengash tomonidan O’zbekiston Respublikasi mustaqil davlat, deb e’lon qilinishini ma’qullaysizmi?» mavzuida referendum o’tkazishga katta tayyorgarlik ko’rildi. Referendum yakuniga ko’ra unda qatnashgan aholinining 98,2 foizi O’zbekiston mustaqilligini yoqlab ovoz berdi. O’zbekistonning mustaqil respublika deb e’lon qilinishi jahon jamoatchiligi tomonidan ham zo’r qoniqish bilan kutib olindi. Fikrimiz isboti sifatida Amerika Qo’shina Shtatlarining o’sha paytdagi Prezidenti Jorj Bushning Birinchi Prezident I.Karimov nomiga yuborgan telegrammasi hamda Shvesiya bosh vaziri K.Bilodtning telegrammalarida ko’rish mumkin. 24-sentyabrda Toshkentda xalqaro anjuman o’tkazildi. O’zbeklar (Turkistonliklar)ning birinchi xalqaro uchrashuvida O’zbekiston Prezidenti nutq so’zladi. 1991 yil 14 sentyabrida O’zbekiston Kompartiyasining Favqulodda XXSh syezdida Birinchi Prezident I.Karimov taklifi bilan O’zbekiston Kompartiyasi KPSS tarkibidan chiqqanligi e’lon qilindi. Partiyaning bunday buyon faoliyat ko’rsatmasligi e’tiborga olinib, ushbu partiya o’rnida Xalq-Demokratik partiyasi tuzilgani e’lon qilindi. O’zbekiston mustaqil davlat deb e’lon qilingan kunning o’zidayoq mustaqil davlat ramzlarini joriy qilish yuzasidan amaliy choralar ko’rildi. O’zbekiston Respublikasining Davlat Bayrog’i to’g’risida, respublika gerbining nusxasi va Davlat madhiyasining musiqiy bayoni haqida maxsus qaror qabul qilindi. Unda Konstitusiya komissiyasining ekspert guruhiga Davlat bayrog’ining variantlari ustida ishlashni davom ettirish, Oliy Kengashning tegishli qo’mitalariga Konstitusiya komissiyasi ijodiy guruhi bilan hamkorlikda Davlat bayrog’i, madhiyasi haqida qonun loyihalarini ishlab chiqib, navbatdagi sessiyaga taqdim etish topshirildi. O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1991-yil 18-noyabrida bo’lib o’tgan VIII sessiyasi "O’zbekiston Respublikasining Davlat Bayrog’i to’g’risida" qonun qabul qildi. O’zbekiston Respublikasining Davlat Bayrog’i ulug’ ajdodlarimizning aqida va maslaklariga mos keluvchi, millat tabiati va xalqimiz ruhiyatidan kelib chiqib, uning milliy va ma’naviy jihatlarini ham o’zida aks ettirmog’i kerak edi. Mamlakatimiz davlat bayrog’i yurtimizning o’tmishi, bugungi kuni va kelajagining yorqin ramzi bo’lib qoldi. 1992-yil 2-iyulda O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining X sessiyasida "O’zbekiston Respublikasining davlat gerbi" to’g’risida qonun qabul qilindi. Davlat gerbidagi har bir belgi chuqur ma’noga ega. Gerb rangli tasvirda bo’lib, xumo qushi kumush rangda, quyosh, boshoqlar, paxta chanog’i va "O’zbekiston" degan yozuvlar tilla rangda, g’o’za shoxlari, barglari va vodiylar yashil rangda, tog’lar havo rangida, chanoqdagi paxta, daryolar, yarim oy va yulduz oq rangda. O’zbekiston Respublikasining Davlat bayrog’i tasvirlangan lenta to’rt xil rangda berilgan. O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1992-yil 10-dekabrida bo’lib o’tgan XI sessiyasida "O’zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi to’g’risida"gi qonun qabul qilindi. Sessiyada shoir Abdulla Oripov va bastakor Mutal Burxonov tomonidan tayyorlangan madhiya nusxasi tasdiqlandi.




Yüklə 88,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə