1-mavzu: Muloqot shaxslararo axborotlar almashinuvi, kommunikatsiya sifatida (D. Karnegi) Reja



Yüklə 140,63 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/4
tarix17.10.2023
ölçüsü140,63 Kb.
#127887
1   2   3   4
Muloqotning kommunikativ 
jihati
– muloqotda hamkorlikdagi faoliyat ko‘rsatuvchilar o‘rtasida axborot 
ayirboshlashni o‘z ichiga olib, ma’lumot almashinuv sifatida ta’riflanadi.
2. Interaktiv (hamkorlikda harakat qilish) vazifa. Muloqotning interaktiv 
jihatida individlar nafaqat bilim va g‘oyalar, balki harakatlar bilan ham o‘zaro 
ta’sirni amalga oshiradilar.
3. Perseptiv (o‘zaro birgalikda idrok etish) vazifa. Muloqotning perseptiv 
jihati muloqot jarayonida o‘zaro bir-birini idrok qilish orqali tushunishdir, ya’ni 
muloqotning ushbu jihatida bir kishining ikkinchi kishi tomonidan idrok qilinishi, 
tushunilishi, baholanishi kuzatiladi.
Muloqot – bu birinchi navbatda axborot bilan bog‘liq noyob hodisa, o‘ziga 
xos axborot jarayonidir. Umuman olganda, axborot jarayonlari axborotni qabul 
qilish, saralash, saqlash, uzatish va boshqalardan iborat ijtimoiy jarayonlardir. 
Axborot jarayonlari butun jamiyat organizmini qurshab olib, barcha ijtimoiy 
tizimlarni qamraganligi, ijtimoiy hayotning har qanday, hatto, eng kichik qismida 
ham mavjudligi bilan ahamiyatlidir. 
Muloqot insonlar o‘rtasida o‘zaro bog‘liqlikni o‘rnatish va ta’minlashga 
qaratilgan hamda, birinchi navbatda, verbal, ya’ni til (nutq yoki matn) yordamida 
amalga oshiriladigan o‘ziga xos axborot almashinuvi jarayonlarini bildiradi. Inson 
muloqotda shakllanadi, rivojlanadi va shaxs sifatida namoyon bo‘ladi. Ijtimoiy 
muloqotda ruhiyat taraqqiy etadi va individ o‘zini hayotga joriy etadi. Ruhiy 
jihatdan rivojlangan odamlar bilan muloqotda bo‘lish orqali, ilm olishga bo‘lgan 
keng imkoniyatlar evaziga inson o‘zining barcha yuksak qobiliyat va sifatlarini 
egallab borib, shaxsga aylanadi. Muloqot – verbal axborot almashinuv jarayoni. 
Nazorat uchun savollar: 


1.
Deyl Karnegining muloqot sirlari haqida nimalarni bilasiz?
2.
Kommunikatsiya va uning ijtimoiy hayotdagi ahamiyatini tushuntiring. 
3.
Kommunikatsiya qilish usullari haqida ma’lumot bering.
4.
Muloqotning kommunikativ jihati nima?
5.
Muloqotning psixologik vositalari deganda nimani tushunasiz? 
6.
Foydalanilgan adabiyotlar 
1.
Леонтьев, А. А. Психология общения: учеб. пособие/ А. А. Леонтьев. 
М. : Академия, 2007.
2.
Петровский, А. В. Умумий психология. Т.: Ўқитувчи” , 2002. 
3.
S. Shoyimova “Muloqot psixologiyasi”. Toshkent 2017 y. «ZAMON 
POLIGRAF». 40 b. 
 
Internet manbalar: 
1.
 
http://elibrary.bsu.az/books_163/N_5.pdf

2.
https://studfiles.net/preview/3535705/ 

Yüklə 140,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə