1-мавзу. Микрога кириш


Agar jamiyatda ishlab chiqarish resurslari hajmi ko‘paysa



Yüklə 46,37 Kb.
səhifə3/10
tarix28.11.2023
ölçüsü46,37 Kb.
#138147
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
1-мавзу. Микрога кириш

3. Agar jamiyatda ishlab chiqarish resurslari hajmi ko‘paysa:
a) ko‘proq tovarlar va xizmatlar ishlab chiqarilgan bo‘ladi;
b) iqtisodiyot ko‘proq tovarlar va xizmatlarni ishlab chiqarish imkoniyatiga ega bo‘ladi;
v) ishlab chiqarish texnologiyasi yaxshilanadi;
g) turmush kechirish farovonligi ortadi.
4. Alternativ (muqobil) xarajatlar nimani anglatadi?
a) resurslardan eng samarali foydalanishni;
b) resurslarni isrofgarchilik bilan sarflash evaziga xarajatlar ortib ketishini;
v) resurslardan eng samarali foydalanish bilan bog‘liq muqobil variantdan voz kechish natijasida boy berilgan imkoniyatni (foydani);
g) biror resurs o‘rniga uning o‘rnini bosuvchi boshqa resursdan foydalanishni
5. Ne’matlarning noyobligi nimani anglatadi?
a) iqtisodiy sub’ektlardagi mavjud resurslar zaxiralarining shu ne’matlarga ehtiyoj sezgan iste’molchilar ehtiyojini qondira olmasligini ;
b) ne’matning oliy kategoriyali tovarlarga mansubligini;
v) ne’matning tarixiy qadr-qimmatini;
g) ne’mat narxining muvozanat narxidan yuqoriligini.
6. Iqtisodiy resurslar to‘liq ko‘rsatilgan qatorni belgilang:
a) xomashyo va materiallar, butlovchi qismlar, yoqilg‘i va energiya resurslari;
b) binolar, inshootlar, uzatuvchi qurilmalar, kapital, er, transport vositalari;
v) kapital, texnologiya, mahsuldor va ishchi hayvonlar, ko‘p yillik daraxtzorlar;
g) er, mehnat, kapital, tadbirkorlik qobiliyati va axborot.
7. Bir-birini o‘rnini bosuvchi ne’matlar:
a) cheklangan resurslar turlarini anglatadi;
b) shaxs yoki ishlab chiqarish ehtiyojlarini kompleks qondiradigan ne’matlarni anglatadi;
v) shaxs yoki ishlab chiqarishning ikki xil ehtiyojlaridan birini qondiradigan ne’matni anglatadi;
g) bir xil ehtiyojni qondiruvchi ne’matlar majmuasini anglatadi.
8. O‘zaro bir-birini to‘ldiruvchi ne’matlar:
a) cheklangan ehtiyojlarni birgalikda qondiruvchi resurslar turlarini anglatadi;
b) shaxs yoki ishlab chiqarish ehtiyojlarini kompleks qondiradigan ne’matlarni anglatadi;
v) shaxs yoki ishlab chiqarishning ikki xil ehtiyojlaridan birini qondiradigan ne’matni anglatadi;
g) bir xil ehtiyojni qondiruvchi ne’matlar majmuasini anglatadi.

Yüklə 46,37 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə