1-mavzu: Kirish. O‘zbekistonning eng yangi tarixi fanining predmeti, maqsadi va vazifalari, nazariy-metodologik tamoyillari. Reja



Yüklə 236,99 Kb.
səhifə14/45
tarix11.05.2022
ölçüsü236,99 Kb.
#86465
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   45
O‘zbekistonning eng yangi tarixi8

O`zbekiston Respublikasi davlat ramzlarining qabul qilinishi.

O‘zbekiston 1991 yil 31 avgustda mustaqillikni qo‘lga kiritgach, o‘z davlat ramzlariga ega bo‘ldi. O‘zbekiston Respublikasi konstitutsiyaning 5 moddasida davlat ramzlari - Bayroq, Gerb, Madhiyasiga egaligi ko‘rsatilgan.

O`zbekistonning davlat ramzlarini hurmat qilish, qonunda belgilangan tartibda e‘zozlash hamda ulardan faxrlanish mamlakatimiz har bir fuqarosining insoniy va fuqarolik burchidir.

Islom Karimov ta‘kidlaganidek, «Davlatimiz ramzlari – bayroq, tamg`a, madhiya O`zbekiston xalqlarining shon-sharafi, g`ururi, tarixiy xotirasi va intilishlarini o`zida mujassamlashtirdi. Mana shu ramzlarni e‘zozlash – o`zining qadr-qimmatini, o`z mamlakatiga va shaxsan o`ziga bo`lgan hurmatni mustahkamlash demakdir»

Zero, davlat ramzlarini har qanday yo`l bilan kamsitish, tahqirlash, qadr-qimmatini pastga urish uchun qonunda tegishlicha javobgarliklar nazarda tutilgan.

Davlat bayrog`i – 1991 yil 18 noyabrda qabul qilingan.

Bayroqdagi moviy rang – mangu osmon va musaffo suv ramzidir. Yaxshilikni, donishmandlikni, shon-shuhratga sadoqatni bildiruvchi moviy rang Sharqda azaldan qadrlanadi, o`z vaqtida buyuk Amir Temur ham o`z bayrog`iga bu rangni tanlagan.



Oq rang – tinchlik va poklik timsolidir. Yosh mustaqil davlat o`z yo`lida baland dovonlardan oshib o`tishi kerak. Bayrog`imizdagi oq rang yo`limizning musaffo va charog`on bo`lishi uchun yaxshi niyat ramzidir.

Qizil yo`llar – bu har bir tirik jonning qon tomirida urib turgan hayotiy kuch, tiriklik ramzidir.

Yashil rang – serne‘mat va orombaxsh tabiat timsoli. Hozirgi vaqtda butun dunyoda atrof- muhitni muhofaza qilish harakatlari keng yoyilmoqda, uning ramzi ham yashil rangdir.

Yarim oy – O‘zbekiston xalqining ko`p asrlik an‘analariga muvofiq keladi. Yarim oy va

yulduzlar – musaffo osmonning va tinchlikning ramzlaridir.

Bayrog`imizda 12 yulduz tasviri bor, bu o`lkamizda qadimdan buyon barkamollik, mukammallik timsoli hisoblanadi.

Davlat bayrog`i har qanday suveren mamlakatning davlat muassasalari, elchixonalari, konsulliklari, missiyalari, bojxonalari va shu kabi idoralarning binosida ko`tariladi. Elchixonalar, missiyalar, konsulliklar milliy bayramlari kuni o`z davlatining bayrog`ini osib qo`yadilar. Davlat bayroqlari, shuningdek, xalqaro konferensiyalar ochilishida, rasmiy marosim- uchrashuvlar vaqtida, xalqaro sport sovrinlari berilayotgan vaqtda va hokazo holatlarda ham ko`tariladi.



O`zbekiston Respublikasi Davlat bayrog`ining elementlarini nodavlat tashkilotlari hujjatlarining rekvizitlari yoki reklama materiallariga kiritilishiga yo`l qo`yilmaydi. Shuningdek, O`zbekiston Respublikasi Davlat bayrog`ining tasviri tushirilgan belgilardan ishlab chiqarilayotgan yoki realizatsiya qilinayotgan tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) o`tkazish uchun tijorat maqsadlarida foydalanish mumkin emas. Ayni vaqtda, nodavlat notijorat tashkilotlarining ramzlari mamlakatimiz Davlat bayrog`iga o`xshash bo`lishi mumkin emas.

O`zbekiston Respublikasining fuqarolari, shuningdek, O`zbekistonda turgan boshqa shaxslar O`zbekiston Respublikasining Davlat bayrog`ini hurmat qilishlari shart. O`zbekiston Respublikasining Davlat bayrog`i to`g`risidagi qonun hujjatlarini buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo`ladi. O`zbekiston Respublikasining Davlat bayrog`ini behurmat qilganlik O`zbekiston Respublikasi qonunlarida belgilangan tartibda jazolanadi.

Mamlakatimizda Konstitutsiya va qonun bilan o`rnatilgan hamda tasdiqlangan davlat ramzlaridan biri – uning gerbidir. Davlat gerbi davlat mustaqilligining ramziy belgilaridan biri hisoblanadi. «Gerb» so`zi nemischa «erbo» so`zidan olingan bo`lib, shohlar va hukmdorlarga davlat, sarhad, hudud va boshqa nasldan-naslga meros qoluvchi mulk belgisini anglatadi.

O`zbekiston Respublikasining Davlat gerbi to`g`risida”gi qonun 1992 yil 2 iyulda O`zbekiston Respublikasining Oliy Kengashi tomonidan qabul qilingan. Unga 1999 yil 15 aprelda, 2003 yil 25 aprelda, 2004 yil 3 dekabrda va 2010 yil 24 dekabrda qabul qilingan qonunlarga muvofiq qo`shimchalar kiritilgan.

O`zbekiston Respublikasining Davlat gerbi davlatimizning siyosiy, milliy, xo`jalik, jug`rofiy, etnik va boshqa o`ziga xos xususiyatlarini hamda boy tarixiy an‘analarini mujassamlashtirgan. Shuningdek, gerbimizda O`zbekistonning ijtimoiy va davlat tuzilishi tamoyillari o`ziga xos tarzda ifoda etilgan. «O`zbekiston Respublikasi Davlat gerbi to`g`risida»gi qonunga binoan, O`zbekiston Respublikasining Davlat gerbi respublika davlat mustaqilligining ramzidir.

O`zbekiston Respublikasining Davlat gerbi quyidagi ko`rinishga ega: tog`lar, daryolar va so`l tomoni bug`doy boshoqlaridan, o`ng tomoni ochilgan g`o`za shoxlaridan iborat chambarga o`ralgan gullagan vodiy uzra quyosh zarrin nurlarini sochib turadi. Gerbning yuqori qismida respublika hurligining ramzi sifatida sakkizburchak tasvirlangan bo`lib, uning ichki qismida yarim oy va yulduz tasvirlangan. Gerbning markazida baxt va erksevarlik ramzi – qanotlarini yozgan Humo qushi tasvirlangan. Gerbning pastki qismida respublika Davlat bayrog`ini ifoda etuvchi chambar lentasining bandida «O`zbekiston» deb yozib qo`yilgan.

O`zbekiston Respublikasi Davlat gerbining rangli ko`rinishida: Humo qushi va daryolar – kumush rangda; quyosh, boshoqlar, paxta chanoqlari va «O`zbekiston» yozuvi – oltin rangda, g`o`za shoxlari va barglari, tog`lar va vodiy – yashil rangda; chanoqlardagi paxta – oq rangda; lenta – O`zbekiston Respublikasi Davlat bayrog`ining ranglarini aks ettiruvchi uch xil rangda; sakkizburchak – oltin zarhal bilan hoshiyalangan holda havo rangda; yarim oy va yulduzlar – oq rangda tasvirlangan.

1992 yil 10 dekabrda «O`zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi to`g`risida»gi qonun qabul qilingan.

O`zbekistonning davlat madhiyasi atoqli shoir Abdulla Oripov tomonidan yozilgan, unga san‘at arbobi Mutal Burxonov tomonidan kuy bastalangan. Madhiyamizda o`zbek xalqining shodiyona fikr-o`ylari va his-tuyg`ulari bekamu ko`st o`z ifodasini topgan.

O`zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi umummilliy bayramlar va tantanali tadbirlar vaqtida ijro etilishi mumkin. Orkestr, xor, ham orkestr-ham xor tomonidan yoki o`zga vokal va cholg`u asboblari bilan ijro etilishi mumkin. Bunda ovoz yozib olish vositalaridan foydalanilishi mumkin.


Yüklə 236,99 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   45




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə