Moddiy ehtiyojlar azaliy, ular inson paydo bo’lishi bilan yuzaga kelgan. Ular tabiiy ehtiyojlardir. Moddiy ehtiyojlar eng zarur va hayotiy bo’lib, oziqovqat, kiyimkechak, turarjoy, transport, aloqa, gigiena ehtiyojlaridan iborat bo’ladi. Ularning qondirilishi yashashning birlamchi sharoitidir.
|
jtimoiyma‘naviy ehtiyojlar asosan xizmatlar (masalan, o’qituvchi, vrach, san‘at arbobi xizmati)dan iborat bo’lib, ular ma‘lum faoliyat shakliga ega, ularning yaqqol moddiy ko’rinishi yo’q.
|
Mehnat ehtiyojining mavjudligi faqat Mehnatsiz nozu ne‘matlar yaratib bo’lmasligidan emas, balki Mehnatsiz inson hayotining bo’lmasligidan, Mehnatsiz inson shaxsi kamol topa olmasligidandir. Mehnat ehtiyoji insonning o’zida mujassamlashgan, uning moddiy shakli yo’q, u ishlashga bo’lgan ishtiyoqda ifoda etiladi. Mehnat ehtiyoji insonda Mehnat qilish, ijod etish qobiliyati borligidan kelib chiqadi.
|