1-mavzu: Inssenirovka tushunchasi, inssenirovka qilish usullari



Yüklə 192,15 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix19.10.2023
ölçüsü192,15 Kb.
#128061
1-ma\'ruza(4 soat)



1-mavzu:Inssenirovka tushunchasi, inssenirovka qilish usullari. 
Режа: 
1.Inssenirovka tushunchasi. Inssenirovka turlari.
2.Badiiy asarlarni sahna uchun qayta ishlash usullari. 
3.Madaniy 
tadbirlarda 
inssenirovkalardan 
foydalanish 
xususiyatlari. 
4.Inssenirovkalarni tadbir g‘oyasiga bo‘ysundirish usullari.
 
Keyingi paytlardagi ommaviy teatrlashtirilgan tadbirlarni shartli ikkita guruhga 
ajratish mumkin. Ularni "jimjimador dekorativ tomoshalar" va "syujetli va obrazli 
spektakllar" deb nomlasak bo‘ladi. Birinchi yunalishdagilarga xos, yarqiragan 
ranglar, boy liboslar, murakkab katta saflanishlar, maydon yoki sahnadagi 
nakshlarning tez-tez o‘zgarishi, umuman, bir so‘z bilan aytganda, "shou"ga 
tenglasa bo‘ladi. Bunday bayramona kungilochar tomoshalardagi o‘zgarishlarning 
aniqligi, xarakatning sinxronliligi, rang, nur va tovushlarning monandligi ko‘z va 
quloqni erkalab, tomoshabinlarda nurli xayotbaxsh tuyg‘u, ko‘tarinkilik, 
tantanavorlikni uyg‘otadi. Bunday yunalishning boshini sportga oid bayramlardan 
izlash kerak. 
Bunday yo’nalishga, albatta, tegishli baxomizni bildiramiz. Lekin bizni 
ko‘proq ikkinchi yunalish - "obrazli - syujetli tadbir" qiziqtiradi. Ikkinchi 
yo‘nalishning mohiyati, tub ma'nosi ommaviy teatr vositalari orqali publitsistik 
tashviqot va bevosita xis-tuyg‘uga to‘la spektakl yaratishdir. Ehtimol, bu yerda 
sahnaviy kuchli taassurot, nur va rangning uyini kamroq bo‘lar, liboslar ham 
unchalik yarqiramas, jimjimador qayta saflanishlar unchalik bulmas, lekin bu 
yerda fikr, syujet, qarama-qarshilik, kuchlar to‘qnashuvi, xayajon, eng asosiysi, 
badiiy obrazlar bor. 
Badiiy obraz topish rejissyorning butun ishini qamrab oladi, qolaversa, rassom 
bilan ishlash ham xuddi shunday. Rejissyorda bo‘lgusi tadbirning dastlabki rejasi 
paydo bo‘lishi bilanoq rassom bilan ish boshlaydi. Ssenariy baravar yoki undan 
keyin yoziladi. 
Tomoshaviy badiiy obraz yaratish imtiyozi faqat ommaviy tadbirlarga taalluqli 
emas, bu tomoshaviy san'atning barcha turining vazifasiga kiradi. Ommaviy tadbir 


rivojlanishiga yordamlashuvchi an'anaviy teatrda obrazli yechimga ko‘plab 
misollar keltirish mumkin. Masalan, V. Shekspirning "Hamlet" spektaklidagi 
bahaybat "darvoza" (rej. N. P. Oxlopkov, ras. V. F. Rindin) yoki I. M. Tumanov va 
B. G. Knoblok tomonidan saxnalashtirilgan mavzuli konsertdagi - "yer shari"
ommaviy tadbirini olaylik. Ixcham sahnaviy, zinapoyalar konstruksiyasini 
o‘ylasak-da, uni asta- sekin amalga oshirsak, bu konstruksiyadan birida 
"Anxor"dagi zinapoya, yo metro eskalatori, yoki yer tagidan o‘tish zinadari, yo 
teatr 
oldidagi 
zinapoyalar 
yaratish 
mumkin. 
Bunday 
uzgarishlarga 
dekoratsiyalarning "jonli" elementlari — raqqosalar yordam berishlari mumkin. 
Ularning qo‘llariga rekvizitning xar hil bo‘laklarini berish (shahar soati, kucha 
chirokqari, telefon-avtomat, xar xil belgilar) mumkin. Oqibatda chiroyli, quvnoq 
Toshkent shaxrining obrazini yaratsa bo‘ladi. Demak, bu misolda rejissyor va 
rassom bezakning aniq topilgan bo‘laklari orqali butun tadbirning obrazini yaratish 
mumkinligini nazarda tutadi. 
Keyingi paytlarda ommaviy tadbir uchun harakat joyini bezash ishlari atrof-
muhitni yaratish deb nomlana boshlandi. "Atrof-muhit" degan ibora bizga 
ekologiyadan kirib keldi. Makonni tashkil etish usulini topish, sahnaviy 
atmosferani yaratish, maxsus sahnaviy maydon loyihasini tuzish, tomoshabin 
uchun joy tashkil qilishni o‘ylash, tomoshabin va ishtirokchilarning chiqish va 
ketish yo‘llarini izlash, jamoalarning to‘planish, kiyinish joylarini belgilash va 
boshqalarni fikrlash zarur. Bu xolatda teatr rassomining vazifasi dizayner, 
bezovchi-dekorator, muxandis-konstruktor vazifasi bilan qo‘shilib ketadi. 
Ochiq maydon va noan'anaviy saxnalarda ommaviy teatrlashtirilgan tadbir 
sahnalashtirayotgan rejissyor va rassomning asosiy vazifasi – maydonni tashkil 
etishdir. Tanlangan joy o‘sha tadbirga yordam berishi 
uchun, ya'ni mavzu va oliy 
maksadga to‘g‘ri kelishi, rejissyor fantaziyasi turtkilashi, sahnaviy maydon 
yechimini rassomning esiga solishi mumkin yoki aksincha, g‘oyani amalga 
oshirishda rejissyor va rassomga xalaqit berishi xam mumkin. Bunday xolatda 
o‘zgartirib bo‘lmaydigan fillar kabi, sahnaviy maydonning kamchiliklarini 
"yashirmasdan". aksincha, ularni yaxshi tomonga burish zarur. 


"Atrofdagi muhit"ni yaratishda butun harakat joyining umumiy bezagi ham 
mo‘ljallab qo‘yiladi, xatto harakat joyiga olib keladigan barcha yo‘llar xam. 
Bularning hammasi o‘sha tadbirning zarur atmosferasiga tomoshabinlarni
chulg‘ab tashlash maqsadida amalga oshiriladi. Yuqoridagi maqsadni amalga 
oshirishda nurli va tovushli bezak o‘ta muhimdir. Sahnaviy maydon atrofini o‘rab 
turgan maydon, makon, bezaklar bilan qanchalik ko‘p o‘ralsa, shuncha yaxshi. 
Yukorida aytganimizdek, an'anaviy teatrdagi zalning me'moriy tuzilishi, 
intereri va boshqalar oddiy bayramlar tomoshasi atmosferasini yaratadi. Ochiq 
maydonda amalga oshirilayotgan ommaviy tadbir sharoitida ushbu bayram 
atmosferasini faqat rejissyor va rassom yaratadi. 
Ba'zida imkon boricha oddiy, lekin original usulda, oddiy qilib aytganda, bir 
zarb bilan bayram atmosferasini yaratishga muvaffaq bo‘lish mumkin. Masalan, 
Grenoblda kishki olimpiada ochilishiga bag‘ishlangan tadbirni uyingohda 
sahnalashtirgan mashxur kinorejissyor K.YuD Lelush kizikarli va oson usulni 
topgan. Qor bilan qoplangan uyingox tribunalarida po‘stin va qalpoqda o‘tirgan 
tomoshabin ustiga vertolyotlardan jonli atirgulning xushbuy xidi anqib turgan 
millionlab turli rangdagi gulbarglari irg‘itilgan. 
Tadbirga tug‘ri keladigan atmosferaga tomoshabinni ko‘mib yuborish, 
qoidadagidek, maxsus taklifnomadan, harakat joyiga olib keladigan yo‘llarni 
bezash, teatrlashtirishdan va xokazolardan boshlanadi. 
"Atrofdagi muhit"ni yaratishga yana bitta vazifa, ya'ni ommaviy tadbir uchun 
maxsus saxnaviy maydonlar loyihasini tuzish ham kiradi. 
An'anaviy teatr binosida sahna va zalning mutanosibligi, odamning ko‘rish 
maydoni xisobga olinib, me'morlar tomonidan o‘ylab qo‘yilgan. Shu bilan birga 
sahnada ruy berayotgan voqyeani va sahnaning barcha joyini tomoshabin yaxshi 
ko‘ra oladi. 
Ommaviy teatrlashtirilgan tadbir sahnalashtirish kengligi va insoniy gavda 
mutanosibligini bog‘lash totganda maydon
qurish burchagini chegaralab, uning 
dikqatini maydondagi tomoshabinlarga burish va boshqalar zarur. 


Bulardan tashqari, teatrcha texnik imkoniyatlarga (aylanuvchi saxna, plunjerli 
sistemaga asoslangan ko‘tariluvchi shtanketlar, parda va boshqalar) ega bo‘lgan 
teatr binosida rejissyor va rassom o‘sha sharoitga moslashadilar. Va bor bo‘lgan 
vositalarni ishlatadidar. Ommaviy tadbir sahpalashtirilayotganda esa uning turiga 
va harakat joyiga qarab sahnaviy makonni turli usullarda yechish mumkin. 
Harakat joyini bir joydan boshka joyga kuchirish maqsadida juda ko‘p katta va 
kichik maydondan iborat maxsus sahnalar kurish mumkin. Xdgto simultan 
dekoratsiya usuliga xos, bir-biridan ma'lum uzoqlikda joylashtirilgan bir nechta 
sahnalar qurish mumkin. Bu o‘rinda tomoshabinlar u joydan bu joyga o‘tib 
yurishadi; joyida turgan (yoki o‘tirgan) tomoshabin oldidan o‘tadigan, 
harakatlanuvchi sahna - platformalardan foydalanish mumkin. 
Ommaviy tadbirga ketadigan katta xarajatlarni va sarflangan mablag‘larni 
qoplay olmasligini nazarda tutib (chunki bunday tadbirlar bir marta namoyish 
etiladi, tadbirga chiptalar sotilmaydi, balki tarqatiladi), saxna bezagi iloji boricha 
arzon va ixcham bulishi kerak. Lekin, baribir u bir tomondan kizikdrli 
mizanssenalar yaratish imkonini beradigan konstruktiv bulishi, ikkinchi 
tomondan, yuqorila
aytganimizdek, rejissyorga mavzuni ochishga, tomoshabinga 
tezrok tushunishga yordam beradigan, simvolik va obrazli (ifodali) bo‘lishi kerak. 
Madaniy tadbirda maydonni loyihalashtirayotgan rassom sahnaga 
tushadi. Saxnaviy dinamik yukni xam nazarda tutishi zarur. Qadam tashlayotgan 
yoki raqs tushayotgan bir necha ming terilgan temiryul kuprigini ham qimirlatib, 
qulatib yuboradi. Odamlar bezakning vertikal bulaklariga shamolning ta'sirini, 
himoya qilish va boshka narsalarni nazarda tutish lozim.
Rassom sahna planshetining (yuzi) axvolini ham uylashlari, o‘yingoh 
maydoni bo‘lsa, o‘sib chiqqan o‘t-o‘lanlarning barchasini yulib
tashlashlikning 
oldini olish; mabodo maydon asfalt yoki matodan iborat bulsa, raqsga tushish 
imkoniyatini yaratish, umuman, "ommaviy tadbirning texnik xavfsizligini 
ta'minlash katta axamiyatga egadir. 
Agar xarakat ochiq maydonda bo‘laetgan bo‘lsa, nurli, proeksion va 


ovozni kuchaytiruvchi apparaturalarga energiya manbalarini qaerdan olish kerak?
Bunday xolatda kuchli tok kabeli tortish (qaerdan, masofa qancha?), maxsus 
mashinalardan (lixtvagen, tonvagenlar) foydalanish, kuchma dizel elektr 
stansiyalarini ishlatish kerak, ya'ni bularning hammasini rejissyor va rassom 
oldindan o‘ylab kurishi zarur. Projektor, kinoapparat, dinamiklarni qanday qilib 
joylashtirish va o‘rnatish mumkin? 
Ommaviy tadbirning yana bitta uziga xos -bezakni imkon boricha 
arzonlashtirish xususiyati mavjud. Ochiq paradoks, tadbir yorqin, ulug‘vor, 
ifodali va shu bilan birga qimmat bo‘lmasligi zarur. Shuning uchun rassom 
keyinchalik ishlatish mumkin bo‘lgan bezakning tayyor bulaklaridan imkon 
boricha foydalanishi zarur, ya'ni tayyor teatr stanoklari, shirmalar, zinapoyalar, 
yuk avtomashinasi pritseplari va xokazolardan foydalanadi. Turli xil sahnaviy 
maydonlarni, badiiy fon devorlarini, yoritish minoralarini loyihalashtirishda 
xamma biladigan va effektli material — bu oddiy taxta - yog‘ochdir. Yogoch -
taxta elemenglaridan, xuddi bolalarning konstruktor o‘yinchog‘i kabi amalda 
istagan shaklni yig‘ish mumkin. 
Ba'zida, tayyor detallardan xar xil kurinishda joylashtirilgan, parallel xatti-
xarakatga imkoniyat yaratib beruvchi, kurama (kombina- siyalangan) katta 
saxnani loyixalashtirish mumkin. 
Saxnaviy maydonni loyixalashtirayotgan rassom va rejissyor kup sonli 
ishtirokchilarning tez paydo bulish va chiqib ketish imkoniyatini, shuningdek, 
nomerlar almashinuvining yengil va dinamikligi xisobga olishi zarur. Ko‘p 
hollarda bizga tanish sahna, ya'ni parda, kulislar ishlatiladi. Bular yengil 
xarakatlanuv- kulislar, shirmalar (V. E. Meyerxold uylab topgan) yoki bir xil 
kiyimdagi ishtirokchilar, ramka oldidan olib o‘tiladigan katta bayroqlar bo‘lishi 
mumkin. Yana nurli, suvli o‘rinli pardalardan ham foydalanish mumkin. 
Bularning xammasi almashtirishni sezdirmaslik uchun ishlatiladi. 
"Atrofdagi muhit"ni yaratishda tomoshabinni joylashtirish muammosini ham 
oldindan o‘ylab qo‘yish zarur. Tomoshabinni qanday joylash, ular turishadimi, 
o‘tirishadimi yoki ko‘chib yurishadimi: tiqilinchsiz, ur-yiqitsiz ularni qanday qilib 


xarakat joyiga tez olib kirib, tez olib chiqib ketish kerak? Xarakatlanish trassasi 
(yo‘li)ni uylab chiqish, maxsus belgi va ko‘rsatkichlar o‘rnatish - bularning 
hammasi ommaviy tadbir rejissyori va rassomi xamkorligining o‘ziga xos 
xususiyatidir. Tadbir atmosferasiga aralashuvining boshlanishi xisoblangan, 
taklifnomadan boshlab harakatlanish jadvalini va trans port to‘xtash joyini 
muvofiklashtirishgacha ommaviy tadbir rejissyori va rassomining vazifasiga 
kiradi. 
Tayanch so‘z va iboralar:
dekorativ faoliyat, dekoratsiya, butaforiya, 
tabiiiy muhit, hamkorlik yo‘nalilari 
 
Nazorat uchun savollar: 
1.Madaniy tadbirlarda qanday dekotrtiv faoliyat olib boriladi? 
2.Rejissyor va rassom hamkorligi qanday yo‘nalishlarda olib boriladi? 
3.Madaniy tadbirlarda harakat joyining ahamiyati qanday? 
4.Butaforiya nima? 
5.Madaniy tadbirlarni rassom bilan ishlashning tashkiliy masalalari 
nimalardan
 

Yüklə 192,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə