1-mavzu. Ijtimoiy psixologiyaga kirish. Reja: 1



Yüklə 37,51 Kb.
səhifə1/6
tarix05.09.2023
ölçüsü37,51 Kb.
#121343
  1   2   3   4   5   6
1-mavzu. Ijtimoiy psixologiyaga kirish.


1-mavzu. Ijtimoiy psixologiyaga kirish.
Reja:
1. Sotsial psixologiya fani predmeti
2.Sotsial psixologiya va sotsiologiya.
3.Ijtimoiy psixologiyaning uch nazariy manbai


Mashg‘ulot maqsadi: talabalarda sotsial psixologiya fanining predmeti to‘g‘risidagi bilimlarni shakllantirish.
Mashg‘ulotda foydalaniladigan asosiy kalit tushunchalar: psixodiagnostika, psixologik testlashtirish, testlashtirish sohalari, testlarni qo‘llash, tamoyillar.


1.Sotsial psixologiya fani predmeti
Sotsial psixologiya yosh fan. Biz har doim o‘quvchilarga sotsial psixologiyani yosh fan ekanligini eslatamiz, chunki bizdagi mavjud bo‘lgan savollarni qisman bo’lsada o‘zgartirib boradi. Lekin bu haqiqat. Sotsial psixologiyada olib borilgan birinchi eksperiment haqidagi fikrlar 1898 yilda paydo bo‘lgan. 1924 yilda Sotsial psixologiya bo‘yicha birinchi darslik nashr etildi. Sotsial psixologiya 1931 yildan boshlab o‘zining hozirgi ko‘rinishga ega bo‘ldi. Sotsial psixologiya – bu psixologiya fanining shunday bo‘g‘iniki, odamlarning o‘zaro xarakatlari natijasi sifatida namoyon bo‘luvchi sotsial psixologik funksiyalashuvni o‘rganadi.
Bugungi kunga kelib sotsial psixologiyaning qiziqishlar sferasi kengayib bormoqda. Sotsial psixologiya quyidagi muammolarga diqqat qaratmoqda:
- Vaziyatning hukmdorligi. Biz hammamiz biron bir vaziyatga tushamiz va shu vaziyatdan chiqishga harakat qilamiz.
- Shaxs hukmdorligi. Biz o‘zimizning ijtimoiy dunyoqarashimizni yaratamiz. Shaxsning guruhdagi ishtiroki guruhning qanday tuzilganligiga bog‘liq. Agar guruh noto‘g‘ri tuzilgan bo‘lsa uning a’zolari bunga o‘z yutuqlarini olib kiradi (yoki yomonlik, qarshilik qilish). Bunday vaziyatga har bir odam turlicha ta’sir ko‘rsatadi
- O‘z-o‘zini anglash. Odamlar turlicha fikrlaydilar.Ular har xil fikrlaganlari uchun ham turli xil ta’sir ko‘rsatadilar.
- Sotsial psixologiyada prinsiplarni amaliy jihatdan qo‘llash.Sotsial psixologiya psixologiyaning boshqa tarmoqlari va sotsialogoiyadan tubdan farq qiladi. Sotsial psixologiya insonlarning bir-biriga bo‘lgan munosabati, bir- biri haqida nimalarni aytishi,bir- biriga ta’sir ko‘rsatishini o‘rganadi.

Yüklə 37,51 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə