1-mavzu. Falsafaning predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli dunyoqarash olamni diniy, falsafiy, ilmiy bilish shakli



Yüklə 93,06 Kb.
səhifə13/26
tarix19.10.2023
ölçüsü93,06 Kb.
#128278
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   26
1. Dunyoqarash olamni diniy, falsafiy, ilmiy bilish shakli «Fals-fayllar.org

Reflektsiya16 – bu insonning dunyoni ma’naviy jihatdan o’zlashtirish hodisasi bo’lib, uning predmetini inson ichki dunyosining tashqi dunyoga munosabati tashkil qiladi. Shu sababli uning xulosasi fandagi bilishga mos kelavermaydi. Shu tariqa falsafa inson faoliyatining umumiy asoslarini aks ettirish bo’yicha tizimlashtirilgan, oqilona aks etishi, inson ma’naviyatining rivojlanish tajribasini umumlashtiruvchi ta’limotdir.
Shunday qilib, agar har xil davrlarda yashab ijod qilgan mutafakkirlar tomonidan falsafaning predmetini belgilashga oid qarashlarni birlashtirsak, «falsafa»ni taxminan «haqiqatga doimiy muhabbat» va « haqiqatni sevish, donishmandlikka intilish», deb tushunish mumkin17. Ayni vaqtda, falsafa inson faoliyatining umumiy asoslarini aks ettirish bo’yicha tizimlashtirilgan, oqilona aks etishi, inson ma’naviyatining rivojlanish tajribasini umumlashtiruvchi ta’limotdir. Falsafa inson dunyoqarashining o’ziga xos, maxsus, intellektual faoliyatning boshqa yo’nalishlari va turlarini takrorlamaydigan shaklidir. Uning predmetini sub’ekt-ob’ekt munosabati nuqtai nazaridan ko’rib chiqadigan bo’lsak «odam – olam» munosabatlari tashkil qiladi.
Shunday qilib, falsafa:
1) olamning tabiati va mohiyatini;
2) odamning tabiati, mohiyati va maqsadini;
3) umuman «odam – olam» tizimining holati va umumiy tuzilishini o’rganadi. Demak, falsafa - bu olamda odamning tutgan o’rni va uning mavjud dunyoga nisbatan turli xil shakldagi munosabatlarini ifodalovchi eng umumiy ilmiy-nazariy qarashlar tizimidir. Falsafa – bu inson ma’naviyatining alohida o’lchovidir.


5-sxema.
Falsafaning predmeti
2. Falsafiy bilimlarning predmetlari bo’yicha tuzilishi. Falsafaning predmetidan ham ko’rinib turibdiki,falsafa «odam – olam» munosabatlarining eng umumiy tomonlarini o’rganar ekan, shunga muvofiq tarzda odamlar bilishi, tadqiq qilishi, amaliyotda qo’llashi mumkin bo’lgan ilm-fan va boshqa moddiy va ma’naviy ishlab chiqarish sohalari bo’yicha bir qator juz’iy xarakterga ega bo’lgan falsafiy bilimlarning yuzaga kelishiga imkoniyat yaratib beradi Juz’iy xarakterdagi falsafiy bilimlar esa o’z navbatida amaliyotda qo’llanilishi kutilayotgan ilm sohalari uchun moddiy va ma’naviy olamning eng umumiy rivojlanish qonuniyatlarini tadqiq qilish orqali umummetodologik vazifani bajaradi. Tushuntirish apparatining postulat18larini yaratishga xizmat qiladi. Ularni olamning mavjudlik va reallik sohalarini o’rganishlariga qarab, ya’ni predmetlari bo’yicha tuzilishga qarab quyidagilarga ajratish mumkin:
6-sxema.



Yüklə 93,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə