1-Mavzu: Falsafa: uning predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli. Reja



Yüklə 269,37 Kb.
səhifə5/50
tarix29.11.2023
ölçüsü269,37 Kb.
#141628
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   50
1-Mavzu Falsafa uning predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli. R-fayllar.org

Sofistika — qadimgi Yunoniston falsafasida vujudga kelgan tafakkur usulidir. Ko`pgina darslik va qo`llanmalarda bu ibora yunon tilidagi «sopism» so`zi asosida, ya`ni ataylab xilma-xil ma`noga ega bo`lgan tushunchalarni ishlatish orqali kyer akli, ammo haqiqatga to`g`ri kelmaydigan, ko`chma ma`no-mazmunga yer ishish usuli, deb ta`kidlanadi. Bu usul qo`llanilganda fikrning mazmuni ko`chma ma`noda bayon qilinadi, ya`ni «Qizim senga aytaman, kelinim sen eshit» deganga o`xshash holat nazarda tutiladi. U nafaqat Qadimgi Yunoniston, balki o`rta asrlarda Yevropada ham keng tarqalgan. Agar bu usul yolg’on xulosalarga olib kelsa, nega o`z davrining ko`pgina dono kishilari undan foydalanganlar, degan savol tug’ilishi mumkin. Ma`lumki, insoniyat tarixida hurfikrlilik va ijtimoiy-siyosiy jarayonlarga munosabatni to`g’ri ifodalashning iloji qolmagan zamonlar ko`p bo`lgan. Bunday holni inkvizitsiya hukmron bo`lgan o`rta asrlar Yevropasiga ham tadbiq etish mumkin. O`sha davrda ham ko`pgina ziyolilarning ana shu usulga suyanmasdan iloji yo`q edi. Umuman olganda, «do`ppi tor kelib qolgan» ana shunday zamonlarda fikrni Gulxaniyning mashhur «Zarbulmasal» asari kabi ifodalash hollari uchrab turadi. Buni o`rta asrlar Yevropasiga nisbatan olsak, unda Syer vantesning «Don Kixot» asari nima sababdan shunday yozilganligi, uning bosh qahramoni esa nima uchun shamol tegirmonlariga qarshi jang qilganligi va bu lavhalar zamirida qanday botiniy mazmun yashiringani aniq bo`ladi.

Sinyergetika — olamning o`z-o`zini tashkil etishi, makon va zamonda narsa va voqealarning azaliy ketma-ketligi, o`zaro aloqadorligi, ularning muayyan tizimlardan iborat sababiy bog`lanishlar asosida mavjudligini e`tirof etishga asoslangan ilmiy qarashlar majmuidir. U asosan, XX asrning ikkinchi yarmida shakllangan ta`limot bo`lib, asoschisi Nobel` mukofoti sovrindori N. Prigojindir. Bu ta`limotni dialektika asosida shakllangan va uni to`ldiradigan ilmiy qarashlar majmuasi deydiganlar ham bor. Ularga qarshi o`laroq, dialektika endi kyer ak emas, uni sinyer getika bilan almashtirish lozim deb hisoblovchilar ham yo`q emas.
Bizningcha, sinyer getikaning XX asrdagi shaxdam odimlari o`rta asrlarda Yevropada aniq fanlar sohasida induktsiya va deduktsiya usullarining muvafaqqiyatli qo`llangani, katta mavqega ega bo`lgani va pirovard natijada, falsafiy metodga aylanganini eslatadi. Sinyer getikani XX asr tabiiy fanlarining falsafa sohasiga kiritayotgan eng katta yutuqlaridan biri sifatida baholash mumkin. Ammo, bu uning dialektikani falsafadan butunlay surib chiqaradi degani emas. Zero, falsafada har bir ta`limot, uslub va metodning o`z o`rni va faoliyat doirasi bor. Dialektikaning falsafadagi ahamiyatiga kelganda esa, uning ijtimoiy bilimlar sohasidagi o`rni, qadr-qimmati nihoyatda katta va u falsafaning asosiy qismlaridan biri bo`lib qolavyer adi.
Ana shunday turli-tuman qarashlarga asos bo`lgan masalalar hanuzgacha ozmi-ko`pmi har bir faylasuf va falsafiy oqim yoki ta`limotlarda o`z o`rniga ega bo`lib kelmoqda. Biz ularga keyingi bo`limlarda kengroq to`xtalishga harakat qilamiz.
Falsafaning umumbashariy fan ekani, uning bahs mavzulari va asosiy muammolarini belgilab ber adi. Shu ma`noda odam va olam, ularning ibtidosi va intihosi, hayoti va o`zaro munosabatlari, inson tafakkuri, tabiat va jamiyat taraqqiyotining umumiy qonuniyatlari falsafa uchun azaliy muammolardir. Shu bilan birga, muayyan davrda tug`iladigan va hal etiladigan o`tkinchi muammolar ham bo`ladi. Ular abadiy muammolar darajasiga ko`tarilmasa-da, o`z davrining talab va ehtiyojlaridan kelib chiqqani uchun, muhim ahamiyat kasb etadi.
Falsafa yangi g`oyalarning tug`ilishiga imkon ber adi. Hayot, ijtimoiy tajriba bilan uzviy bog`liq holda rivojlanadi. U tarixiy davr bilan mustahkam aloqadorlikda taraqqiy etadi. Har bir tarixiy davr, uning oldiga yangi masala va muammolarni qo`yadi. Falsafiy muammolar bevosita hayot zaruratidan tug`iladi. Aynan ular orqali falsafada davrning taraqqiyot tamoyillari va o`ziga xos xususiyatlari aks etadi. Masalan, hozirgi davrda istiqlol mafkurasi falsafiy asoslarini izohlash zarurati shu bilan belgilanadi.
Falsafiy ta`limotlarda jamiyat hayotining barcha sohalari tarixiy jarayonga xos tamoyillar, ijtimoiy guruhlarning manfaat va kayfiyatlari, tafakkur usullari o`z aksini topadi. Shuning uchun ham muayyan ijtimoiy kuch, sinf, guruh, partiya va oqimlar o`z maqsad-muddaolari va g`oyalarini ilmiy asoslashda falsafadan foydalanadi. Falsafadagi ustuvor qarash va qoidalar davr mahsuli bo`lgani uchun, zamonning taraqqiyot tamoyillari va muammolari unda o`z ifodasini topadi.



Yüklə 269,37 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   50




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə