1-mavzu: Biznes tushunchasi, mohiyati va funksiyalari



Yüklə 14,35 Kb.
tarix30.12.2023
ölçüsü14,35 Kb.
#166510
1-Mavzu




1-mavzu:Biznes tushunchasi, mohiyati va funksiyalari.

“Biznes” so`zi inlizcha so„z bo`lib, u tadbirkorlik faoliyati yoki boshqacha so`z bilan aytganda kishilarni foyda olishga qaratilgan faoliyatidir. Biznes bozor iqtisodiyotining barcha ishtirokchilari o‟rasidagi munosabatlarni qamrab oladi va faqat ishbilarmonlarning emas, balki iste‟molchilarning, yollangan ishchilarning, davlat tizimi xizmatchilarining ham xatti - harakatlarini o„z ichiga oladi. Bu holatda, biznes so„zining sinonimlari bo„lib, ma‟lum ma‟noda tijorat, savdo-sotiq kabi tushunchalar hisoblanadi. Umumiy ko„rinishda biznes - bu kishining bozor munosabatlari tizimidagi ishchanlik va faolligidir.


Aslida ham tadbirkorlik avvalo, qo‟lidagi ozmi-ko‟pmi boyligidan biznеs bilan
shug‟ullanish uchun foydalanadigan faol va tashabbuskor kishining intеllеktual faoliyatidir. Shuning uchun ham ” ustivor tadbirkorlik” faqat pul topishni emas, balki yaratuvchilik faoliyati orqali daromad olishni bildiradi.
Mashhur amеrikalik iqtisodchi Yozеf Shumpеtеr(1883-1950) o„zining “Iqtisodiy rivojlanish nazariyasi” kitobida tadbirkorni novator, ya'ni yangilik yaratuvchi odam sifatida ta'riflagan. “Tadbirkorning vazifasi yangi kashfiyotlarni amalga tadbiq qilish orqali ishlab chiqarish uslubini rеforma qilish(yangilash)dan iborat. Kеng ma'noda kо„rib chiqilganda tadbirkorning vazifasi – yangi ochilgan bozor yoki xom ashyo bazas1.2. i asosida yangi tovar ishlab chiqarish yoki eskirganini modеrnizatsiya qilish uchun yangi tеxnologiyalar ishlatishdan iborat.
Tadbirkorlik zamirida tadbirkorlik g„oyasiga asoslangan, foyda olishga
qaratilgan, maqsadga yo„naltirilgan mustaqil tashabbus, javobgarlik asosidagi
faoliyat yotadi. Na xorijda, na bizda hali tadbirkorlikning umum tomonidan e'tirof etilgan ta'rifi mavjud emas. Amеrikalik olim R. Xizrich, «Tadbirkorlik o`z qiymatiga ega bo`lgan qandaydir yangi narsani yaratish jarayoni, tadbirkor esa buning uchun barcha zarur vaqti va kunini sarflaydigan, barcha moliyaviy, psixologik va ijtimoiy xavf-xatarni o`ziga olib, evaziga mukofot sifatida pul va erishilgan yutug`idan qanoatlanuvchi shaxs», - dеb ta'kidlaydi. Ingliz profеssori A. Xoskin esa «ishni o„z hisobidan olib boruvchi, biznеsni boshqarish bilan shaxsan shug‘ullanuvchi va kеrakli vositalar bilan ta'minlanish uchun shaxsiy javobgarlikka ega, qarorni mustaqil
qabul qiluvchi shaxs yakka tartibdagi tadbirkor bo„ladi»,
- dеb izohlaydi.

«Biznes» so`zi inglizcha bo`lib, u tadbirkorlik faoliyati yoki boshqacha aytganda, kishilaming foyda olishga qaratilgan tadbirkorlik faohyatidir. «Biznesmen» (tadbirkor) atamasi birinchi ma-rotaba Angliya iqtisodiyotida XVIII asrda paydo bo`lib, u «mulk egasi» degan ma`noni bildiradi. Jumladan, Adam Smit tadbirkomi mulk egasi sifatida ta`riflab, uni foyda olish uchun qandaydir tijorat g`oyasini amalga oshirish maqsadida iqtisodiy tavakkalchilikka boradigan kishidir, deb ta`kidlaydi. Tadbirkorning o`zi o`z ishini rejalashtiradi, ishlab chiqarishni tashkil etadi, mahsulotni sotadi va olgan daromadiga o`zi xo`jayinlik qiladi.



Biznes, avvalo, ishlab chiqarishni tashkil etish, iqtisodiy faoliyat va munosabatlar, hayotning o`zi, so`ngra esa pul ishlash demakdir. «Biznes» xorijiy ibora bo`lib, u butun dunyo bo`yicha tarqalgan, undan barcha mamlakatlarda foydalanadilar. O`zbek tilida esa «biznes» so`zi tadbirkorlik, «biznesmen» esa tadbirkor demakdir. O`zbekcha so`z xorijiy so`zga to`g’ri keladi, lekin unga qo`shimcha ma`no ham beradi. 
Yüklə 14,35 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə