Reja; Psixodiagnostika xaqida tushuncha. Psixodiagnostika



Yüklə 232,88 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/2
tarix03.06.2022
ölçüsü232,88 Kb.
#88640
  1   2


11-mavzu. Psixodiagnostik va kasb tanlashga doir metodlarni 
amaliyotga tatbiq qilish 
(2 soat) 
Reja;
1.
 
Psixodiagnostika xaqida tushuncha. Psixodiagnostika (LTQ metodikasi) 
2.
 
SHaxsiy va kasbiy sifatlaringiz haqidagi ma’lumotlar.
3.
 
Foydali jarayonlar: attestatsiyaga tayyorlanish kezida
 
Tayanch iboralar: 
Psixodiagnostika

diagnoz, tashxis, simptomatik diagnoz, 
kartoteka,
 
 
Buyuk yozuvchilardan biri shunday degan edi: “Hayotda Siz uchun eng sevimli 
bo’lgan kasbni tanlab va Siz bir umr ishga bormaysiz”. Agar kishi o’z sevgan 
kasbida ishlayotgan bo’lsa u hech qachon har ertalab o’zini ishga ketayapman, deb 
hisoblamaydi. O’z sevgan kasbi bilan shug’ullanish kishiga zavq, xursandchilik, 
shijoat, rag’bat hamda ma’naviy ozuqa beradi. O’zi yoqtirgan ishni qilayotgan 
kishi vaqt qanchalar tez o’tib ketganligini sezmay qoladi, u hech qachon 
bajarayotgan ishidan charchamaydi. 
Bugun dunyo bo’ylab qanchadan-qancha kishi zavod-fabrikalarda, idoralarda, 
avtomobillarda, ish maydonlarida ish vaqtining tezroq tugashini intizorlik bilan 
kutib, tushlik vaqtining tezroq kelishi ilinjida soatga ma’yus termulib o’tirishadi. 
Bu toifadagi kishilar, o’z haddi-harakatlaridan ma’lumki, o’zlari yoqtirgan 
mashg’ulotni o’z kasblari sifatida tanlashmagan. Ya’ni, ular o’zlariga 
yoqmaydigan kasb bilan shug’ullanuvchi kishilardir. 
Ba’zilar “Kishi bajarayotgan ishidan katta daromad olsa bo’ldi-da, kasb kishiga 
katta pul keltirsa bo’lgani, uning qilayotgan ishi o’ziga yoqishi ikkinchi darajali”, 
deb hisoblashadi. Ammo hech bir kishi kasbidan zavqlana olmas ekan, o’z 
bajarayotgan faoliyati orqali katta daromadga erisha olmaydi. Balki biror kishi 
shug’ullanayotgan kasb katta foyda keltiradigan ishdir, balki kimlardir shu kasb 
ortidan katta daromadga erishayotgandir, ammo bu kasbning egasida o’z ishiga 
nisbatan qiziqish va zavqlanish bo’lmasa, u hech qachon o’z kasbidan barakat topa 
olmaydi. 
Shundan kelib chiqqan holda bugun haqiqiy hayotda kasbidan zavqlana 
olganlarning muvaffaqiyatli faoliyat yuritayotganini, o’z kasbini yomon 
ko’rganlarning esa kunni zerikarli bekorchilik bilan o’tkazishayotganligini 
ko’rishimiz mumkin. Bunday sharoitda o’z kasbini sevgan, qilayotgan ishidan 
zavqlana olgan oddiy poyafzal ta’mirlovchisi bugungi kunda milliardlab foyda 
ko’rish mumkin bo’lgan ilg’or tashkilotda yetuk mutaxassis sifatida ishlovchi, 
ammo o’z kasbini yomon ko’radigan, qilayotgan ishidan zavq topa olmaydigan 
kishidan ancha ko’proq foyda ko’rishi mumkin. 
Ishoning, kasb – bu faqat pul topish usuli emas, balki hayotingizning katta qismini 
mazmunli o’tkazish vositasi sifatida ham katta ahamiyatga ega hisoblanadi. 
Agar Siz hozirgi yoshingizda kelajakda shug’ullanishingiz uchun kasb tanlayotgan 
bo’lsangiz, faqatgina bu kasbdan Sizga keladigan moddiy daromadni emas, balki 
undan olishingiz kerak bo’lgan ma’naviy ozuqani ham hisobga oling. Bordi-yu Siz 


allaqachon biror kasbga ega bo’lsangiz, ammo bu kasb Sizning sevimli kasbingiz 
bo’lmasa, qilayotgan ishingizdan zavqlana olmasangiz, o’z bajarayotgan 
ishingizda xursandchilik, ma’no topishga intiling. Bajarayotgan ishingizdan 
zavqlanishni o’rganing. Agar buning iloji bo’lmasa, kasbingizni imkon qadar 
o’zingiz zavqlanib ishlaydigan faoliyat turiga o’zgartirishga harakat qiling. 
Unutmang, Siz kasbingizda jon saqlashingiz emas, balki yashashingiz kerak. 
Shundagina 
qilayotgan 
ishingiz 
Sizning 
haqiqiy 
sevimli 
kasbingiz 
hisoblanadi!
Kasbiy qiziqish va moyilliklarni shakllantirishda hamma uchun zarur 
bo‘lgan umumiy qobiliyatlar (masalan, ijodkorlikka bo‘lgan qobiliyat) yoki juda 
ko‘p kasblar va faoliyat turlari uchun zarur bo‘lgan qobiliyatlar (tashkilotchilik 
qobiliyatlari) ayrim kasblar yoki nisbatan tor doiradagi kasblar uchun muhim 
hisoblangan maxsus qobiliyatlar hisobga olinadi, masalan, elektromexanik releni 
sozlovchi qiluvchi kishining qo‘llarida sezuvchanlik juda yaxshi rivojlangan 
bo‘lishi kerak, bir xil ohangdagi qo‘zg‘atuvchilarga nisbatan bardoshlilik — 
transport vositalarini haydovchi kishi uchun zarur, chizmalarga karab murakkab 
buyumlar tayyorlaydigan kishilar uchun esa jismlarning fazodagi holatini tasavvur 
qila olish qobiliyati yaxshi rivojlangan bo‘lmog‘i kerak. Har qanday kasbda ham 
umumiy va maxsus qobiliyatlar birga qo‘shilib kelgan takdirdagina ishning 
muvaffaqiyati ta’minlanishi mumkin.
Xo‘sh, agar kishida tanlangan kasb uchun zarur qobiliyatlarning hammasi 
bo‘lmasachi? Bunday holda ikki yo‘l bo‘lishi mumkin: yo tanlangan kasbni 
o‘zgartirish yoxud yetishmayotgan yoki kam namoyon bo‘lgan qobiliyatlar o‘rnini 
qoplash yo‘llarini qidirib ko‘rish kerak bo‘ladi. Masalan, xotirada kamchilik 
bo‘lsa, muntazam ravishda har xil yozuvlar olib borish, kartoteka tuzish va boshqa 
shunga o‘xshash tadbirlar bilan o‘sha yetishmovchilik o‘rnini qoplash mumkin. 
Jismning fazodagi tasvirini tasavvur etishdagi kamchiliklarni to‘ldirish uchun 
hajmli modellardan foydalaniladi va hokazo. Qobiliyatning bo‘sh rivojlanishi 
o‘rnini qoplash — bu odatdagi va zarur hodisa bo‘lib, agar kishi o‘z ishi sohasida 
chindan ham yuksak mahoratni egallashi kerak bo‘lsa, qo‘shimcha mashg‘ulotlar 
uning hayotida katta o‘rinni egallashi kerak.
Maktabda olib boriladigan faol o‘quv faoliyati sizning har biringizga o‘z aqliy 
qobiliyatingizni va eng avvalo tafakkur tiniqligini, mantiqan to‘g‘ri fikrlashni, 
tafakkurning mustaqil va original bo‘lishini, topqirlikni, chuqur mulohaza qilishni, 
aqliy teranlik va o‘ziga tanqidiy munosabatda bo‘lishni rivojlantirish imkonini 
beradi. 
Irodaviy sifatlarni, ya’ni: dadillik, qat’iyat, intizomlilik, o‘ziga va o‘z kuchiga 
ishonish, o‘zini idora qila bilish, og‘irvazmin bo‘lish singari fazilatlarni 
rivojlantirishga ham harakat qilish kerak. Mana shu sifatlarning hammasi birga 
qo‘shilib 
mehnatga 
bo‘lgan 
qobiliyatni 
ta’minlaydi. 
Qiziqishlar, mayllar va qobiliyatlarning kasb tanlashga ko‘rsatadigan ta’sirini 
sxema tarzida tasavvur qilish mumkin. Shunday kilib, har bir kishi aniq faoliyat 
sohasida o‘z qiziqishlari, mayllari va qobiliyatlarini shakllantirib hamda 
rivojlantirib, tanlanadigan kasbga yaxshi tayyorgarlik ko‘rib bormog‘i 


kerak.Qobiliyatlar kiziqish va mayllar bilan mahkam bog‘liq bo‘ladi hamda 
odamning kasbga layoqatini ko‘rsatuvchi belgilarning ajralmas kismi 
hisoblanadi.Xo‘sh, qobiliyatning o‘zi nima? Odamning biror faoliyat sohasida 
muvaffaqiyat qozonishiga yordam beradigan har qanday individual psixologik 
xususiyatni qobiliyat deb hisoblash mumkin. Qobiliyatni faqat bilim va 
malakalardan iborat deb hisoblab bo‘lmaydi. Masalan, agar odam hidlarning bir-
biridan farkini yaxshi bilsa va ularni esda saqlab qola olsa, u holda bunday fazilat 
ximik uchun, degustator uchun, oshpaz va boshqa shunga o‘xshash kasbdagi 
kishilar uchun juda zarur bo‘lgan qobiliyat hisoblanadi. Basharti, kishining 
xotirasida juda ko‘p raqamlar, harflar, so‘zlar yoki tashqi alomatlar yaxshi 
(mustahkam) saqlanib qoladigan bo‘lsa, u kishi mana shu o‘z xotirasidagi 
ma’lumotlarni kerak paytda ishlata olsa, u holda bu ham juda zarur fazilat
matematikka, dasturchiga, konstruktorga va boshqa shunga o‘xshash kasbdagi 
kishilar uchun zarur bo‘lgan qobiliyat hisoblanadi. 
Har qanday faoliyat muayyan qobiliyatlar jamini ishlatishni taqozo etadi. Masalan, 
veterinariya feldsheri yoki shifokor kuzatuvchan yoki tashabbuskor kishi bo‘lishi, 
chuqur aqlidrokka ega bulgan chaqkon-epchil odam bulmog‘i, o‘z ishiga g‘oyat 
halol munosabatda bo‘lishi kerak. 
Psixodiagnostika psixologik diagnoz qo‘yish haqidagi fandir. Bunda diagnoz 
ko‘rsatkich va tavsifnomalarni birgalikda tahlil qilish asosida sinaluvchining holati 
va xususiyatlari haqidagi xulosalardan iborat. Psixologik diagnoz (diagnosis - 
grekcha, aniqlash, bilish degan tna'noni anglatadi) shaxs individual - psixologik 
xususiyatlarining hozirgi holatiga baho berish, rivojlanishini oldindan aytish 
(prognoz qilish) va psixodiagnostik tekshiruv vazifalaridan kelib chiqib, tavsiyalar 
ishlab chiqishga qaratilgan psixolog faoliyatining so‘nggi natijasidir. 
Psixodiagnostik tadqiqotlar amaliyotida psixologik diagnoz qo'yishning 3 bosqichi 
farqlanadi: Simptomatik diagnozda mavjud har qanday EHM bajarishi mumkin b 
oigan tadqiqotda olingan natijalar qayta ishlanadi. Etioiogik diagnozda (kelib 
chiqish sabablari) biror xusu- siyatning mavjudligigina emas. balki uning vujudga 
kelish sabablari ham hisobga olinadi. Tipologik diagnozda sinaluvchi shaxs 
tuzilishida olingan natijalamirvg ahamiyati va o‘mi aniqlanadi. 
Hozirgi zamon psixologiyasi har xil usullar bilan kishi amaliy faoliyatiga 
ta'sir qilish imkoniga ega. Shunday usullardan biri, bu turli toifadagi odamlarga 
psixologik yordam ko‘rsatishdan iboratdir. Ammo psixologik yordam kokrsatish 
uchun, avvalo, ulardagi psixik o^garishlar sabablarini va unga ta'sir qiluvchi 
omillami aniqlash zarurati tug‘iladi. Bunda biz psixodiagnostika faniga va uning 
metodlari hamda metodikalariga murojaat qilamiz. O’z-o‘zidan savol tug‘iladi: 
«psixodiagnostika» atamasi nimani anglatadi va u nimalami o'rganadi hamda 
uning nazariy, amaliy vazifalari nimalardan iborat? «Psixodiagnostika» atamasi 
psixologik tashxis qo‘yish degan ma'noni anglatib, shaxsning ruhiy holatida to‘liq 
biror-bir alohida xususiyati haqida xulosa chiqarishdir, bunda «tashxis» shaxsning 
taraqqiyot ko‘rsatkichi va tavsifnomalarni birgalikda tahlil qilish asosida 


sinaluvchining 
holat 
va 
xususiyatlari 
haqidagi 
xulosalardan 
iborat. 
«Psixodiagnostika» atamasi ilk bor Rorshaxning «Psixodiagnostika» asari chop 
etilishidan so'ng psixiatriyada wqollanilgan bo'lib, u tez orada tibbiyotdan 
tashqarida ham keng miqyosda ommalasha boshladi. «Diagnoz», ya’ni «tashxis» 
esa shaxs rivojlanishidagi har qanday og‘ishlarni, hattoki uning holat va 
xususiyatlarining 
konkret 
taraqqiyot 
darajasini 
aniqlash 
demakdir. 
Psixodiagnostika - bu maxsus bilimlar sohasi bolib, individ guruhning psixologik 
taraqqiyot ko'rsatkichlarini, holat va xususiyatlarim baholash uchun metodika va 
metodologiyalar nazariyasi ishlab chiqish bilan bogiiqdir. Psixologiya fani 
o’rganayotgan har qanday jarayon psixodiagnostikaning bahoíash ob'ekti bo'lishi 
mumkin. Masalan: o‘zaro hamkorlik qilayotgan shaxslarning xatti-harakatlari va 
muloqotida yuzaga keladigan, alohida bir odam sezgisidan boshlab, murakkab 
ijtimoiy- psixologik jarayongacha. Psixodiagnostika fanining nazariy vazifalari 
quyidagilardan iborat: psixik ko'rinishlar tabiati va ulami ilmiy jihatdan printsipial 
baholashning imkon darajasini aniqlashtirish; hozirgi paytda psixologik 
ko4rinishlaming miqdorini baholash va uning ilmiy asoslanganlik holatini 
o'rganish; psixodiagnostik usul va uslublaming asosiy metodologik talablari 
nimalardan iborat; psixodiagnostik tadqiqotning shart-sharoitlari, natijalarni qayta 
ishlash hamda ulami interpretatsiya qilish usullarining ishonchliligi nimalarga 
asoslangan; test va psixodiagnostik metodtaming tuzilishi hamda ilmiyligini 
tekshirishning asosiy muolajalari nimalardan iborat. Psixodiagnostika fanining 
amaliy vazifalari psixolog faoliyatining maxsus sohasiga taalluqli bo'lib, amaliy 
psixologik tashxis qo‘yish bilan bogiiqdir. Bunda masala nafaqat nazariy, balki 
psixodiagnostik tadqiqotni tashkil qilish va o*tkazíshning amaliy jabhalarini 
qamrab oladi hamda quyidagi vazifalardan iboratdir: psixodiagnostga mutaxassis 
sifatida qo‘yiladigan kasbiy talabiami aniqlashtirish;psixolog haqiqatdan ham u 
yoki bu psixodiagnostik metodlarni mutaxassis sifatida muvaffaqiyatli o‘zlashtirib 
olgani haqida minimal amaliy shartlar, ya'ni kafolat sifatida; psixodiagnostika 
sohasida o‘z ishini muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun psixolog o ‘zida 
mujassamlashtirishi shart boMgan bilim, ko‘nikma va malakalar; psixologning 
psixodiagnostika sohasida malakali mutaxassis ekanligini hamda amaliy jihatdan 
tayyorgarligini baholash mezonlarini hamda dasturlarini ishlab chiqish. Bu 
vazifalar majmuasi, ya'ni psixodiagnostika fanining nazariy va amaliy vazifalari 
bir-biri bilan bog‘liqdir. Ushbu sohada etuk mutaxassis bo‘lib etishish uchun
psixolog nazariyani va amaliy psixodiagnostikaning asoslarini yuqori darajada o 
‘zlashtirib oigan boMishi shart. Amaliyotda individ, guruhning psixik taraqqiyot 
darajasi o'rganiladi hamda quyidagi vazifalardan biri amalga oshiriladi: biror-bir 
xususiyatga xos taraqqiyot holatini aniqlash; taraqqiyot dinamikasini va qandaydir 
vaqt davri mobaynida qayta tarbiyalash imkonini aniqlash; ta'lim-tarbiya 
natijasida. oúkazilgan pedagogik eksperiment natijasida individ guruh xulqi va 
ruhiyatidagi real o’zgarishlarni kuzatib borish; shaxs sifatlarining oldingi 
taraqqiyot dinamikasi va qonuniyatlari tahlili asosida kelajakdagi taraqqiyotini 
aniqlab olish$ sinaluvchi kishilar guruhlarni taraqqiyot darajasi natijasiga 
asoslanib kelajakdagi ishlar uchun toifalarga ajratish; u yoki bu topshiriqlarni 
bajara olishiga qarab individ guruhlarning yaroqliligini aniqlash, masalan o‘z 


xizmat vazifasini bajara olishda kasbiy tayyorgarligini tekshirish; psixokorrektsion 
ishlar olib borish maqsadida individ guruhning ijtimoiy me'yorga mos yoki mos 
emasligini aniqlash; individ yoki guruhning kelajak hayot yoMiga yordam berish 
maqsadida tavsiyalar ishlab chiqish. Yuqorida sanab o‘tilgan vazifalar 
psixodiagnostika fani uchun umumiy hisoblanadi. Bu vazifalardan aksariyati 
maktabgacha tarbiya muassasalarida va maktab ta'limlarida har xil yoshdagi 
bolalarga mos ravishda olib boriladigan ish jarayonlarida u bu darajada hal 
qilinadi. Psixodiagnostika xususiy jihatdan quyidagi vazifalami amalga oshiradi: 
bola tugMlgandan boshlab maktab ta'lim jarayoniga tayyorgarligi, yosh 
davrlarining psixologik taraqqiyot dinamikasini okrganadi (bilish jarayonlari, 
intellektual qobiliyatlari, shaxs sifatlari hamda shaxslararo munosabatlarini). 
Bunda har bir bolaga maxsus psixodiagnostik kartochka to‘ldiriladi va uning 
rivojlanish ko'rsatkichlari har oyda yoki yilda qayd qilinib boriladi; har bir 
bolaning psixik va xulqiy rivojlanishidagi individual qobiliyatlarini tekshirish
uning o ‘rtacha standart me'yorlardan chetlashishlari, ya'ni ijobiy (rivojlanishda 
oldindami) salbiy (rivojlanishdagi qoloqligi) tomonlarini aniqlash; bolaning ta'lim 
va tarbiya jarayonidagi yutuqlarini aniqlash maqsadida psixologik xizmat 
ko‘rsatish va uning natijasida amaliy tavsiyalar ishlab chiqish; bolani yanada 
rivojlantirish maqsadida uning iqtidori, layoqati va individual qobiliyatlarini 
hamda qiziqishlarini tashxislash hamda ilmiy asoslangan psixologik maslahat va 
kasbga yo‘naltiriIish ishlarini olib borish; bolaning psixologik holati haqida ota-
onalarga, o‘qituvchilarga zarur bo‘lgan har tomonlama ma'lumotlar to‘planib, 
bolaga mos ravishda ta’lim va tarbiya metodlarini tanlash. Psixodiagnostika fani 
psixologiya tarmoqlaridan biri bo‘lib, shaxsning individual-psixologik 
xususiyatlarini, aqliy taraqqiyotini aniqlab olchash, ya’ni hisoblab chiqaruvchi 
metodlarini o'rgatuvchi fandir. Psixodiagnostika - shaxsning individual-psixologik 
xususiyatlari farqlarini (aniqlab o‘lchashda) har xil metodlar bilan aniqlab o 
‘Ichasa-da, keyinchalik proektiv metodlar, so'rovnomalar paydo bo‘lishi 
jarayoniga asos bo‘lib xizmat qildi. Shu bilan birga psixodiagnostikaning 
rivojlanishida nazariy jihatdan metodikalarning kamligi ko‘rinib qoldi. 
Psixodiagnostikaga matematik-statistik metodlar va korrelyatsiya hamda tahlil 
qilish, faktorli analiz paydo boMishi va takomiilashuvi, psixometrik tadqiq qilish 
amaliy jihatdan juda katta Samara berdi. Fan va texnikada diagnostikaning juda 
kcrp turlari bor. Masalan: tibbiyot diagnostikasi kasalning kelib chiqishini 
o'rganadi va aniqlaydi; texnik diagnostika - har xil texnika sistemalari. elektron 
hisoblash mashinalari, kompyuterlarning salbiy xususiyatlarini aniqlab, ularni 
bartaraf qilishni o ‘rgatadi; sport diagnostikasi - jismoniy jarayonlarning o'zgarish 
holatlarini o‘rganadi va aniqlaydi; psixologik diagnostika - shaxs guruhlarning 
psixik xususiyatlari, holatlari va taraqqiyot ko‘rsatkichlarini aniqlab. sifatli va 
mikdoriy jihatdan o ‘lchab beradi. Test - shaxsning aqliy taraqqiyotini, 
qobiliyatini. irodaviy sifatlarini va boshqa psixik xususiyatlarini tekshirishda 
qo‘llaniladigan qisqa standart masalalar. Testlashtirish - psixodiagnostika 
metodlaridan biri bo’lib. standartlashtirilgan savol va topshiriqlar yordamida 
individual farqlarni o‘rganish, alohida shkalalar bilan 0‘lchash. Etuklik testlari 
psixodiagnostika metodlaridan biri bo'lib. konkret bilim, 
malaka va 


ko‘nikmalarning o‘zlashtirish darajasini aniqlab beradi. Etuklik testi 3ga bo‘linadi: 
harakat testlari, og’zaki va yozma testlar. Harakat testlari mexanizmlar. materiallar 
asboblar bilan ishlash layoqatini aniqlab beradi. Intellektual testlar - 
psixodiagnostika metodlaridan biri boMib. individning aqliy taraqqiyoti darajasini 
aniqlab beradi. Proektiv test motivatsiyaning anglanilmagan yoki to'liq 
anglanilmagan shakllarini o‘rganishga qaratilgan va bu jihati bilan inson 
psixikasining tobora intim sohasiga kirishning yagona psixologik metodidir. 
«Proektiv» atamasi ilk bor Lourens Fenk tomonidan 1939 vilda qoMIangan. 
Shuningdek, u shaxsni tadqiq etishning proektiv metodlari tasnifini ham keltiradi: 
Strukturalash metodlari (Rorshaxning siyoh dog‘lari testi, bulutlar testi, uch 
o‘lchamli proektsiya testi). Konstruktsiyalash metodikalari (MAR, olam testi). 
Sharhlash metodikalari (SATO, TAT, Rene Jil testi). Toidirish metodikalari 
(tugallanmagan gaplar, hikoyalar, One assotsiativ testi). Katapsis metodikalari 
(psixogramma, proektiv o‘yin). Ekspressiyani o'rganish metodikalari (dastxat, 
muloqot tahlili). ljod mahsulini o'rganish metodikalari (rasmli testlar, yozma ishlar 
va hokazo). 
Psixologik diagnostika fan sifatida XIX asr oxirida eksperimental asosda 
vujudga keldi. Psixologik diagnostikaning vujudga kelishida F.Galton (1879); 
J.Cattell (1890); H.Ebbinghaus (1891); A.Binet va V.Henri (1896); A.Binet va 
Tb.Simon (1905) laming ishlari katta ahamiyatga ega bo'ldi. Bu tadqiqotlarda 
individual farqlarni o‘rganishning yangi statistikaga asoslangan quroli - test 
ishlatila boshlagan. Psixologiyada ilk bor psixometrik yo'nalish asoschisi F.Galton 
testlar yaratgan. Dastlabki test aqlni o‘lchash metodi sifatida qo‘llanildi, 
keyinchalik esa undan shaxsni. uning reaktsiyalarini o'rganishda foydalanila 
boshlandi. Psixodiagnostikada yangi metodlami ishlab chiqish psixiatrik 
shifoxonalarning ehtiyojlari tufayli kuchaytirildi. Keyinchalik esa kasb tanlash 
ishlari bilan bog‘liq psixotexnikaning taraqqiyoti bilan yanada rivojlantirildi. 
Psixologik diagnostika fan sifatida 1920-yillarda keng shakllana bordi. 
Shveytsariyalik psixolog va psixiatr H.Rorschach (1921 )ning «Psixodiagnostika» 
asari nashr etilishi bilan psixodiagnostikaga asos solindi. Psixodiagnostika 
tushunchasi individni o‘rganadigan barcha metodlar majmuini o'z ichiga oladi. Bu 
kitob nashr etilishi bilan psixologik diagnostika taraqqiyotida yangi davr 
boshlandi, u psixometriyadagi shaxsni o'rganish yangi metodlari bo'lmish proektiv 
metodlar bilan bog‘langan edi. Proektiv psixologiya bir butun shaxsni o‘rganish 
mumkin emas, deb talqin qiluvchi psixometrik nuqtai nazar va bixeviorizmga 
qarshi e’tiroz bildiruvchi fan sifatida rivojlana boshladi. Keyinchalik 
psixodiagnostikada yangi metodlar yaratilishi bilan birga birlashtirilgan 
(kombinatsiya qilingan) testlar qo*ilani!a boshlandi. Masalan, aqlni o‘rganish 
metodlari orasida amerikalik psixolog D.Wechsler(1939, 1955)ning subtestlari 
keng tarqaldi. Yangi proektiv metodlar ham yaratilib, keng foydalanila boshlandi. 
(Amerikalik psixolog G.Murray(1935, 1943)ning Tematik Appertseptsion Testi 
(TAT), nemis psixologi S.Rosenswegning frustratsiyaga bo'lgan reaktsiyani 
o'rganish bo*yicha testi va boshqalar.) Shaxsiy savolnomalar (MMRI, 16 PF) keng 
tarqaldi. Rus psixologiyasida diagnostik metodlardan foydalanish o4z tarixiga ega. 
Bu jarayonda shartli ravishda 2 bosqichni ajratish mumkin. 


Birinchi bosqich o'tgan asr 20-yillarining boshidan 30 yillar o'rtasigacha bo‘lgan 
davmi o‘z ichiga oladi. Bu davrda pedagogika va psixotexnikada test metodlari 
keng tarqaldi. Bunga bogiiq ravishda pedalogiya - bola haqidagi fan rivojlana 
boshlandi. Uning predmeti — bolalar hayotini o‘rganish. irsiyatning rolini, 
jismoniy va ma'naviy taraqqiyot qonunlarini aniqlash, bolalar psixikasida kasallik 
ko'rinishlarini o'rganishdan iborat (K.N.Kornilov, 1917). Bu davrda psixologik 
diagnostikaning rivojlanishiga M.S.Bemshteyn, L.S.Vigotskiy, P.P.BIonskiy, 
S.G.Gellershteyn, N.D.Levitov, G.l.R.ossolimo, PXShpilreyn, A.M.Shubert va 
boshqalar katta hissa qo‘shdilar. Olimlar tomonidan ilgari surilgan qator ilg‘or 
fikrlar keyinchalik rivojlantirilmadi, chunki 1936 yildan keyin bu sohadagi barcha 
tadqiqotlar to‘xtatildi va psixodiagnostikaning keyingi rivojlanishiga jiddiy to‘siq 
yuzaga keldi. Mashhur rus psixologi L.S.Vigotskiy shaxs psixik taraqqiyoti 
xususiyatlarini o ‘rganishga muhim hissa qo'shdi. Uning ta'limoti insonga xos 
bo‘lgan psixik jarayonlar va inson ongining tarixiy rivojlanishiga bag‘ishlandi. 
Uning fikricha, bolalar psixik taraqqiyoti insoniyat madaniyatini o‘zlashtirishi 
natijasida ro‘y beradi. Bunda shaxs shakllanishida ta'lim va tarbiya jarayonlari 
etakchi rol o'ynaydi. Psixodiagnostikaning rivojlanishidagi ikkinchi bosqich 50 - 
60- yillarga to‘g kri keladi. Bu davrda aqliy taraqqiyotni o'rganishga katta e'tibor 
berildi. 
Jumladan, 
A.A.Lyublinskaya 
tadqiqotlarida 
nutq 
va 
uning 
funktsiyalarining rivojlanish xususiyatlari o‘rganilgan. A.R.Luriya rahbarligida 
faoliyatni boshqarishda nutqning roli o'rganildi. A.N.Leont'ev va A.V.Zaporojets 
rahbarligida asosiy psixik jarayonlarning rivojlanishida faoliyatning roli o 
‘rganilgan. D.B.Elkonin rahbarligida nutqning rivojfanishi va bog'cha davrida 
o'yinning etakchi faoliyat turi sifatidagi roli aniqlandi. Bu tadqiqotlardan olingan 
natijalar bolalar uchun ta'lim va tarbiya dasturlarini tuzishda asos bolib xizmat 
qildi. Psixologik diagnostikaning kichik amaliy yo'nalishi u yoki bu hodisalarni 
bilishga va tavsiflashga qaratilgan. B.G.Ananev (1968) psixologik diagnostikani 
psixologik tadqiqotlarga qaratilgan yo‘nalish, deb ta'riflaydi, uning maqsadi, 
psixofiziologik funktsiyalar, jarayonlar va shaxs xususiyatlari rivojlanish 
darajasini aniqlash, turli qo‘zg“atuvchilar ta'sir qilganda inson holatini bilish. 
insonning mehnat qobiliyatini, layoqatini aniqlashdan iborat. K..K. Platonov 
(1974) psixologik diagnostikani psixik hodisalarning xossa va xususiyatlarini 
o4rganish haqidagi fan, deb hisoblagan. K.N.Gurevich (1974) esa insonlarni 
psixologik va psixofiziologik belgilari bo‘yicha ajratish va tavsiflash metodlari 
haqidagi 
fan 
deb 
hisoblaydi. 
V.V.Stolin 
va 
A.G.Shmelev 
(1984) 
psixodiagnostikani psixologik diagnoz qo'yish haqidagi fan deb bilishgan. 
Diagnoz (tashxis) - sinaluvchining alohida ko‘rsatkich va xarakteristikalarini 
chuqur tahlil qilish asosida uning xususiyati va holati haqidagi xulosadir. Shu 
bilan birga psixodiagnostik tadqiqot, eksperimental tadqiqotdan tubdan farq qiladi. 
Psixodiagnostik tadqiqotda aniq individ individlar guruhi haqida ma'Iumot olinadi. 
eksperimental 
tadqiqotda 
nazariy 
faraz 
tekshiriladi. 
Shuning 
hisobiga 
psixodiagnostika maxsus metodik tamoyillarga bo‘ysunadi. Lekin psixologik 
diagnostikaga turlicha ta’rif berishlariga qaramasdan, uning asosiy tushunchasi 
«psixologik diagnoz» tushunchasi boiib qoladi. Hayotda biz kasalxonalarda turli 
kasalliklarga diagnoz (tashxis) qo‘yishlariga o‘rganib qolganmiz. Bunda 


tashxisning to4g‘riligi tekshirishning turli klinik metodlaridan foydalanishga 
bogiiq boMadi. Qator hollarda bunday diagnosiika murakkab apparaturali test 
metodlaridan foydalangandan keyingina mumkin bo’ladi. Eksperimental 
diagnostikada ham tadqiqotchi turli metodlar, apparaturali testlardan foydalanadi. 
Olingan maiumotlar asosida psixolog sinaluvchining xulq-atvori, faoliyati haqida 
xulosa chiqaradi, ya'ni shaxsga psixologik diagnoz qo'yadi. Psixologik diagnoz 
qo‘yishning umumiy sharoitlariga aloqador asosiy mezonlarni ajratib ko‘rsatish 
mumkin: psixologik diagnoz insonga xos bolgan maxsus hodisa va xususiyatlarni 
ochib berishi kerak; har qanday diagnoz olingan natijalami bayon qilish bilan 
chegaralanmasligi, u yoki bu belgining vujudga kelish sababi, oqibati, keyingi 
rivojlanishi ham namoyon boMishi kerak. Psixologik diagnoz tadqiqot sharoitida 
inson xulq-atvorini xarakterlaydigan material asosida tushuntiri 1 ishi kerak. 
Sinaluvchining shaxsiy hayot va psixik faoliyati haqida eksperimental tadqiqot 
yo‘li bilan ma'lumotlar asosida psixologik diagnoz qo’yiladi.

Yüklə 232,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə