1-Mashg’ulot mikroskop bilan tanishish va ishlash qoidalarini o’rganish o’qitish jihozlari



Yüklə 50,55 Kb.
tarix23.09.2023
ölçüsü50,55 Kb.
#123339
1-mashg\'ulot


1-Mashg’ulot
MIKROSKOP BILAN TANISHISH VA ISHLASH QOIDALARINI O’RGANISH


O’qitish jihozlari: darsliklar, qo’llanmalar, mikroskop, lupa.
Topshiriqlar:
1. Mikroskopda ishlashni o’rganish.
1-ish. Mikroskopda ishlash.
Ishning borishi: O’simlik hujayrasining tuzilishini, organoidlarini aniqlash va o’rganish. Mikroskopning mexanik va optik qismlari mavjuddir (1-rasm). Mexanik qismiga buyum stolchasi va tubus mahkamlangan shtativ (tutqich) kiradi. Buyum stolchasiga pereparat o’rnatiladi. Preparatni qisqichlar yordamida qisish, o’ng va chap tomonidagi ikki vintlar yordamida gorizontal tekislikda harakatga keltirish mumkin. Buyum stolchasi tagida kondensor mahkamlangan. Shtativni yuqori qismi tubus tutqichni makrometr va mikrometr vintlar yordamida harakatlantirish mumkin. Bu vintlar soat mili yo’nalishida burilsa ko’tariladi. Mikrometr vintni bir aylanish tubisni 0,1 mm ga suradi. Mexanik qismiga yana obyektlar buralib joylashtiriladigan revolver yoritgich apparat, obyektiv va okulyar kiradi. Yoritgich apparat esa kondensor va ko’zgudan tuzilgan bo’ladi. Ko’zguni bir tomoni yassi va ikkinchi tomoni botiq ko’rinishga ega.
Kondensor linzalar tizimidan tashkil topgan bo’lib, yorug’lik manbaidan keluvchi va ko’zguda qaytarilgan parallel nurlarni to’plab berish vazifasini bajaradi. Yorug’likning o’tish jadalligi iris diafragma orqali boshqarish mumkin. Diafragma ostida nurfiltlar uchun gardish joylashgan. Kondensorni tik yo’nalishda maxsus vint yordamida harakatga keltirish mumkin. Kondensor bilan ishlaganda ko’zguning faqat tekis tomonligidan foydalaniladi.
Obyektiv metall gardishda joylashtirilgan linzalar tizimidan tuzilgan bo’lib, ularning eng asosiysi tashqi (frontal) linzadir. Obyektivni kattalashtirishi uni fokus masofasi va egriligiga bog’liqdir. MБР-1 mikroskopida 8x40x (quruq) va 90x (immersiya yoki moy) marta kattalashtiruvchi obyektivlar bor. Quruq obyektivlarning frontal linzasi bilan obyekt orasida havo bo’ladi, moy (immersiya) obyektivlarda esa maxsus moy bo’lib, uning nur sindirishi buyum oynanikiga teng bo’ladi (n=1,5). Natijada, yorug’lik nurlari obyekdan va moydan o’tib tarqalib ketmaydi. Mikroorganizimlarni kuzatganda ko’pincha immersiya obyektivi ishlatiladi.
Okulyarlar ikki linzadan tashkil topadi: yuqori – ko’z va quyi to’plagich. Ular orasida umumiy gardishda diafragma joylashadi. Kattalashtirish imkoniga ko’ra okulyarlar har xil bo’ladi: 5x,7x,10x,12x,15x,va 20x marta kattalashtiruvchi okulyarlardir. Eng muhimi mikroskopning kattalashtirishi va ko’rsatish imkoniyatidir.
Mikroskopning umumiy kattalashtirishini topish uchun obyektiv kattalashtirishini okulyar kattalashtirishga ko’paytirish kerak. Masalan: immersiya obektivi ishlatilganda (90x) okulyar 10x bo’lsa, umumiy kattalashtirish 900 martaga teng bo’ladi.
Mikroskopning ko’rsatish imkoniyati deb ma’lum mikroskopda ikki nuqta orasida eng kichik ko’ra oladigan masofaga aytiladi. Bu masofa ko’ra bilish masofasi (d) deyiladi. Uning kattaligi nurning to’lqin uzunligiga (ג), obyektivning appertura soniga (A1) va kondensorning appertura soniga (A2) bog’liq.

d= ___ ג___
A1 + A2

Agar A1 = A2 ,


d = _ג_____
2 A
Appertura soni quyidagi formula bilan aniqlanadi:
A = sin u n
U- obyektivga kiruvchi nurning yarim burchagi;
N- obyektiv va perparat orasidagi muhitning nur sindirish ko’rsatgichi.
Agar, u 900, n esa 1,5 (immersion moyining nur sindirish ko’rsatgich) bo’lsa, unda d=0,2 mkm bo’ladi. Yorug’lik nuri o’rniga ultrabinafsha nur ishlatilsa bu ko’rsatgichni kuchaytirish mumkin. Agarda d ning absolut qiymati qancha kichik bo’lsa mikroskopning shuncha ko’rsatish imkoniyati katta bo’ladi va shuncha kichik obyektni ko’rish mumkin.



1-rasm. Yorug’lik mikroskopi:
А - МБР-1; Б – “Biolam” 1 - оkulyar; 2-tubus; 3 – tubus ushlagich; 4 - makrovint; 5 - mikrovint; 6 - taglik; 7 - оyna; 8 - kondensor va iris diafragmasi; 9 - buyum stoli; 10 - оbyektivli revol’ver.


Savollar va topshiriqlar

  1. O’quv va ilmiy ishlarda qaysi mikroskoplardan foydalaniladi?

  2. Mikroskopni ishga tayyorlashning asosiy bosqichlari?

  3. Kondensorni qanday ishlatish mumkin?

  4. Makro va mikrovint bilan ishlashning asosiy talablari.

  5. Chizuvchi apparat bilan ishlashning asosiy talablari.

Yüklə 50,55 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə