1-ma’ruza: texnik ijodkorlik va dizayn fanining mohiyati va vazifalari



Yüklə 380,08 Kb.
səhifə73/81
tarix09.10.2023
ölçüsü380,08 Kb.
#126465
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   81
1-ma’ruza texnik ijodkorlik va dizayn fanining mohiyati va vazi-fayllar.org

Sotsiometriya metodi. Bu tadqiqot metodiga AQSHlik Djon Moreno asos solgan bo‘lib, kichik (birlamchi) guruh a’zolari o‘rtasida emotsional, hissiy munosabatlarni bevosita o‘rganish va darajasini o‘lchashda qo‘llaniladi. Mazkur metod yordamida muayyan guruhdagi har bir a’zoning o‘zaro munosabatlarini aniqlash uchun uning faoliyatida kim bilan ishtirok etishi so‘raladi. Olingan ma’lumotlar matritsa, grafik, sxema, jadval, diagramma shaklida ifodalanadi. Ulardagi miqdor ko‘rsatkichlari guruhdagi odamlarning shaxslararo munosabatlari mazmuni yuzasidan ma’lum bir xulosaga kelinadi. Biroq ma’lumotlar guruhiy munosabatlarning tashqi ko‘rinishini aks ettiradi xolos. Natijalarga qarab guruhdagi munosabatlar va ularning o‘ziga xosligi, psixologik mexanizmlari, barqarorligi, puxtaligi, o‘zaro bir birini taqozo etuvchanligi haqida xulosalar chiqariladi. SHu bilan birga nazariy va metodologik ahamiyatga molik g‘oyalar, qonuniyatlar ilgari suriladi, amaliy ko‘rsatmalar beriladi, aniq tavsiyalar bildiriladi, mavzuning tadqiqot istiqboli to‘g‘risida mulohazalar yuritiladi.
Faoliyat mahsulini tahlil qilish metodi. Bu metod psixologiyada inson xotira tafakkuri, qobiliyati va hayolining xususiyatlarini aniqlash maqsadida keng qo‘llaniladi. Odam chizgan rasmlar, yasagan o‘yinchoqlar, modellar, to‘qigan narsalar, tikkan qo‘g‘irchoqlar, to‘qib, so‘zlab berilgan hikoyalar, texnik konstruksiyalar sxemasini tushunish kabilarni tahlil qilish orqali ularning mantiqiy xotirasi, tafakkuri, badiiy va adabiy qobiliyati, ijodiy hayoli, texnik ijodi yuzasidan materiallar to‘plash mumkin. Mazkur metodda ijod mahsulini yaratgan jismoniy shaxs bevosita ishtirok etmaydi. Tekshiriluvchi bilan tekshiruvchi o‘rtasida muloqot o‘rnatish uchun shaxsning psixikasi to‘g‘risida sirtdan muayyan hukm va xulosa chiqariladi. Tekshiruvchi (o‘qituvchi, murabbiy, psixolog) ekspert tariqasida shaxslar ijodiyotiga baho beradi, bunda mehnat mahsulining shakli, mazmuni, sifati, originalligi, hajmi, xususiyati bilan keskin tafovut qilishi nazarda tutiladi. Ijodiy faoliyat mahsullarini tahlil qilish orqali har xil yoshdagi va kasbdagi odamlarning psixik xususiyatlari to‘g‘risida ma’lumotlar to‘plash mumkin.
Faoliyat mahsulotlarini o‘rganish inson ruhiyatini o‘rganish metodlari ichida o‘ziga xos o‘rinni tashkil etadi. SHuni ta’kidlab o‘tish joizki, inson ruhiyatini o‘rganish yuqorida bayon qilingan metodlardan tashqari yana ayrim qo‘shimcha metodlardan ham foydalaniladi. E’tirof etish joizki, qo‘llanilayotgan har bir metodning o‘ziga xos ijobiy, afzal tomonlari bilan birgalikda qiyin va salbiy tomonlari ham mavjud. SHu bois konkret shaxs ruhiyatini o‘rganish vaqtida yakka metodlar natijalari bilan kifoyalanib qolish mumkin emas. Ruhiyatni tekshirishda atroflilik, dinamiklik, ob’ektivlik, tekshiruvchining yosh xususiyatlarini inobatga olish va boshqa tomonlarga suyanish darkor.

Yüklə 380,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə