1-ma’ruza. “Algoritmlarni loyihalash” faniga kirish fanning maqsadi va vazifalari



Yüklə 22,63 Kb.
səhifə2/3
tarix22.03.2024
ölçüsü22,63 Kb.
#181992
1   2   3
1-ma’ruza. “Algoritmlarni loyihalash” faniga kirish fanning maqs

Informatsion model tushunchasi
Informatsiya kompyuterda qayta ishlash uchun xom-ashyo sifatida xizmat qiladi, ya’ni metallurgik ishlab chiqarishda metall ruda xom-ashyo hisoblanishi kabi. Lekin, ixtiyoriy xom-ashyo qayta ishlovda samarali bo‘lishi uchun dastlabki tayyorgarlikka ega bo‘lishi kerak. Bu to‘laligicha informatsiyaga tegishli. Demak, bizda o‘rganish uchun hisoblash texnikasiga jalb etmoqchi bo‘lgan biror bir hodisa mavjud. Birinchi navbatda biz qiziqtirayotgan hodisa haqidagi informatsiyalarni yig‘amiz, so‘ng bu informatsiyani sistemalashtiramiz va sinflarga ajratamiz. Bundan keyin berilgan hodisani ifodalovchi modelni quramiz. Model so‘zi fransuzchadan kelib chiqqan bo‘lib, dastlabki ma’nosi bu – biror fizik obyekt yoki hodisaning aniq ko‘rinishini beruvchi namunadir. Biz fizik emas, balki informatsion modeldan foydalanamiz. U hodisani maxsus matematik apparat, grafik, diagrammalar yordamida ifodalaydi. Model hodisaning xarakterli belgilari va asosiy tomonlarini ochib berish imkonini beradi. Matematik va imitatsion modellashtirish mavjud.
Matematik modellashtirish – hodisa tadqiqoti va ifodasi uchun matematik apparatni qo‘llash. Aniq matematik model obyektning holatini kuzatish va uni tahlil qilish imkonini beradi.
Imitatsion modellashtirish – asosan sanoatda qo‘llaniladi, hisoblash texnikasi va maxsus programma ta’minoti yordamida real mavjud bo‘lmagan qurilmada bir qator tekshirishlar o‘tkazish imkonini beradi. Bunday modellashtirishni qo‘llash xom-ashyo ishlab chiqarishni tezlashtiradi, chunki qurish va tadqiq qilish jarayoni qisqaradi, xatolar miqdori va ularning bahosi kamayadi. Masalan, «Boing» firmasi uzoq yillar davomida qo‘llanib kelingan joyni rejalashtirishni ishlab chiqish, yo‘lovchilar o‘rindiqlarining joylashuvi, samolyot salonining natural modellarini yaratishdan bosh tortdi, ularni kompyuter modellariga almashdi. Bu millionlab dollarlarning tejalishi va samolyotlarning yangi modellarini ishlab chiqish muddatlarini qisqartirdi.
Modelni qurib bo‘lgandan so‘ng unga mos algoritmni yaratish bosqichiga o‘tiladi.



Yüklə 22,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə