1-Laborotoriya. Mavzu : Ma’lumotlar modellari. Ma’lumot bazasining mantiqiy modеli va fizik bosqichlarida tashkil etilishi. Reja



Yüklə 109,43 Kb.
səhifə1/2
tarix23.12.2023
ölçüsü109,43 Kb.
#157270
  1   2
8.1 mavzu


Mashg‘ulot № 8
1-Laborotoriya.


Mavzu : Ma’lumotlar modellari. Ma’lumot bazasining mantiqiy modеli va fizik bosqichlarida tashkil etilishi.


Reja:

  1. Ma’lumot modeli tushunchasi.

  2. Ierarxik (shajara) ma’lumot modeli.

  3. Tarmoqli ma’lumot modeli.

  4. Predmet sohani tavsiflash usullari.

  5. Mohiyat - aloqa diagrammasi.

Har bir MB u yoki bu model asosida yoritiladi. Har bir MBBT esa u yoki bu ma’lumot modelini ta’minlaydi deyiladi. Masalan, ierarxik ma’lumot modeliga asoslangan tizim – ines tizimidir. Tarmoqli modellarda esa – BANKOS , SETOR, relyatsion modelga asoslangan tizimlar – Access, KARAT va boshqalar.


Xozirgi kunda klassik xisoblashlarda 3 ta ma’lumot modeli ko‘p ishlatiladi:



  • Ierarxik ma’lumot modeli;

  • Tarmoqli ma’lumot modeli;

  • Relyatsion MM

Ierarxik modellar. Ierarxik modellarda yozuvlar daraxtsimon strukturali ko‘rinishda bo‘ladi. MBBT lardan ba’zi birlari faqat ierarxik tuzilishga ega bo‘lganlari bilan ishlatiladi. Ierarxik tuzilishli ma’lumotlar sodda yaratiladi. Bu ko‘pincha tadbiqlarda qulay, lekin ma’lumotlarni ko‘plari daraxtsimon strukturali bog‘lanish tabiatiga ega emas.

Ulman – Chen diagrammasi




Tarmoqli ma’lumotlar modeli.Agar munosabatdagi joriy element bir necha berilgan elementga ega bo`lsa, bunday bog`lanishlarni ierarxik strukturalar bilan tavsiflab bo`lmaydi.
Bunday tuzilmalar tarmoqli graflar bilan tavsiflanadi. Tarmoqli strukturalarida element ixtiyoriy boshqa element bilan bog`lanishi mumkin. Ya’ni, tarmoqli bir necha kichkina ob’ektlardan topgan yirik ob’ekt deb qarash mumkin.
Ushbu chizmada bog`lanishlarni tarmoqli modelda tasvirlanishi keltirilgan. Shunday qilib, tarmoqli model ma’lumotlar elementlari orasidagi xilma-xil bog`lanishlarni ixtiyoriy ko`rinishdagi grafik yordamida akslantiradi. Tarmoqli model yozuvlar to`plami va mos bog`lanishlar to`plamidan tashkil topadi. Bog`lanishlarni yaratish uchun alohida cheklanishlar qo`yilmaydi. Misol: oddiy tarmoqli MB sxemasi sifatida quyidagini keltirish mumkin.
Bo`limda ishlaydi



Boshliq

Xizmatchi

Bo`lim





Boshliqqa ega


Tarmoqli MB turida ma’lumotlar bilan quyidagi ishlarni bajarish mumkin.

  1. MB yozuvlarini qidirish

  2. Yangi yozuvni yaratish

  3. Joriy yozuvni olib tashlash

  4. Joriy yozuvni tiklash

  5. Yozuvni bog`lanishga qo`shish

  6. Yozuvni bog`lanishdan olib tashlash

Bog`lanishlarni o`zgartirish

Yüklə 109,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə