1-лаборатория иши


Mustaqil yechish uchun misollar



Yüklə 0,58 Mb.
səhifə6/7
tarix31.12.2021
ölçüsü0,58 Mb.
#82318
1   2   3   4   5   6   7
1.1 e14438a4ddb614923c0c90ec2e220d96

Mustaqil yechish uchun misollar

4- topshiriq
1.1. YAshikdagi detallarining 20% i yaroqsiz. Olingan 3 ta detalning ko‘pi bilan bittasi yaroqsiz bo‘lib chiqishi ehtimolligi-ni toping.

1.2. Buyumning standart bo‘lishi extimoli 0,8 ga teng. To‘rtta buyumning Hech bo‘lmaganda bittasi standart bo‘lishi ehtimolligini toping.

1.3. Qurilma bir-biriga boglikeiz ishlaydigan uchta ele-mentdan iborat. Ularning buzilib qolishi extimollari 0,05; 0,08; 0,07 ga teng. Ikkita element buzilib qolishi ehtimolligini toping.

1.4. To‘rt mergan nishonga qarata o‘q uzishadi. Nishonga tegish extimolliklari mos holda 0,4; 0,5; 0,6; 0,7 ga teng: a) uchta mergan nishonga urgani; b) nishon muljalga olingani extimolligini

toping.

1.5. Uchta mergan nishonga qarata o‘q uzishdi. Nishonning birinchi mergan tomonidan «yakson» qilinish extimolligi 0,8 ga, ikkinchi va uchinchi merganlar uchun mos holda 0,7 va 0,9 ga teng. Ikkitadan ko‘p bo‘lmagan mergan nishonni «yakson» qilishi

extimolligini toping.

1.6. Tavakkaliga olingan buyumning yukori navli bo‘lish ehtimolligi 0,7 ga teng. Olingan to‘rtta buyumning faqat ikkitasi yukori navli bo‘lishi ehtimolligini toping.

1.7. 4 ta bog‘likmas hodisaning har biri mos holda 0,012; 0,01; 0,006 va 0,002 ehtimolliklar bilan ro‘y berishi mumkin. Hech bo‘lmaganda bitta hodisaning ro‘y berishi ehtimolligini toping.

1.8. Qurilma uchta elementdan iborat. Birinchi, ikkinchi, uchinchi elementlarning to‘xtovsiz ishlash ehtimolliklari mos xolda 0,6; 0,7; 0,8 ga teng. Hech bo‘lmaganda bitta element ishdan chiqishi ehtimolligini toping.

1.9. Birinchi tadkikotchining xatoga yo‘l qo‘yishi ehtimolligi 0,1 ga, ikkinchi va uchinchi tadkikotchilar uchun esa 0,2 va 0,3 ga teng.

a) xech bo‘lmaganda bitta tadkikotchining;

b) ikkita tadkikotchining xatoga yo‘l qo‘yishi ehtimolligini

toping.


1.10. Elektr zanjiridagi uzilish R elementning yoki ikkita r1 va r2 elementlarning ishdan chiqishi tufayli ro‘y berishi mumkin. (Bu elementlarning ishdan chiqishi ehtimolliklari 0,3; 0,2 va 0,1 ga

teng).


a) zanjirning uzilish ehtimolligini toping;

b) elementlardan birining ishdan chiqishi ehtimolligini

toping.

1.11 YAshikda 100 detal bo‘lib, ularning 10 tasi yaroqsiz. Tavakkaliga 4 ta detal olingan. Olingan detallar ichida:

a) ikkitasi yaroqsiz;

b) xech bo‘lmaganda bittasi yaroqsiz bo‘lishi ehtimolligini

toping.

1.12. Mergan Markaziy doyra va ikkita konsentrik xalkadap iborat nishonga qarata bitta o‘q, uzadi. Doyra va xalkalarga o‘q, tegishi ehtimolligi mos ravishda 0,2; 0,5; 0,1 ga teng. O‘qning xalkaga tegishi ehtimolligini toping.

1.13. Merganning bitta o‘q, uzishda nishonga tekkazish ehtimoli 0,8 ga teng. Beshta o‘q uzishda nishonga kamida to‘rt marta tegish ehtimolligini toping.

1.14. O‘nta kulyozma 30 ta papkaga joylashgan (bitta kulyozmaga 3 ta papka). Tavakkaliga olingan 6 ta papkada birorta ham kulyoz­ma butunicha joylashmaslik ehtimolligini toping.

1.15. Yig‘uvchiga kerak bo‘lgan detal birinchi, ikkinchi va uchinchi yashiklarda bo‘lishi ehtimolligi mos xolda 0,6; 0,7; 0,8 ga teng. Zarur detalning kamida ikkita yashikda bo‘lishi ehtimolligini toping.

1.16. Ikki To‘pdan baravariga otilganda nishonga tegish ehtimolligi 0,46 ga teng. Agar ikkinchi To‘pning nishonga tekkazish ehtimolligi 0,7 ga teng bo‘lsa, birinchi To‘p uchun bu ehtimollik qanday buladi? To‘plarning Hech bo‘lmaganda biri nishonga tekkazishi ehtimolligini toping.x

1.17. Hodisaning har bir sinovda ro‘y berish extimolligi 0,2 ga teng. Sinovlar birin-ketin, hodisa ro‘y berguncha utkaziladi. Ikkitadan ko‘p bo‘lmagan sinov utkazilish extimolligini toping.

1.18. 100 ta buyumdan iborat partiyada 20 ta standart buyum bor. Tavakkaliga 3 ta buyum olindi. Ularning ichida kamida ikkitasi standart bo‘lishi ehtimolligini toping.

1.19. Ikki sportchining Har biri uchun biror mashqni yaxshi bajarish ehtimolligi 0,5 ga teng. Sportchilar mashqni navbat bilan bajaradilar, bunda Har bir sportchi uch martadan urinadi. Sportchilarning Hech bo‘lmaganda biri mukofotni olishi ehtimolligini toping.

1.20. YAshikda 15 ta detal bo‘lib, ularning 10 tasi bo‘yalgan. Tavakkaliga 5 ta detal olinadi. Ularning orasida kamida 4 tasi bo‘yalgan bo‘lishi ehtimolligini toping.

1.21. Birinchi stanokning bir soat davomida uzlo‘qsiz ishlash ehtimolligi 0,75 ga, ikkinchi stanokniki esa 0,8 ga teng. Agar stanoklar bir-biriga boglik bo‘lmagan xolda ishlasalar, bir soat davomida faqat bitta stanok tuxtashi ehtimolligi qanday?

1.22 Avtobusda 5 yo‘lovchi bor. Qolgan 5 ta bekatning Har birida bittadan yo‘lovchi tushib qolishi ehtimolligini toping.

1.23 Uch o‘rtoqning ikkitasi uchrashuvga keldi. Agar ularning uchrashuvga kelish ehtimolliklari mos ravishda 0,1; 0,3; 0,5 ga teng bo‘lsa, uchrashuvga birinchi va uchinchi o‘rtoqning kelishi ehtimolligini toping.

1.24. Yig‘uv sexiga 3 ta sexdan detallar keltirildi: birinchi sexdan 6 ta; ikkinchi sexdan 7 ta, uchinchi sexdan 8 ta. Tavakkaliga bir paytda olingan ikkita detalning 1-sexdan yoqi 2-sexdan bo‘lishi ehtimolligi qanday?

1.25. Qutida 9 ta 40 vattli, 11 ta 60 vattli elektr lampochkalar aralashtirib qo‘yilgan. Tavakkaliga olingan 2 ta lampochkaning bir xil kuvvatli bo‘lishi ehtimolligi qanday?

1.26. Mergan nishonga qarata 4 marta o‘q uzadi.Har Qaysi o‘q uzishda nishonga tekQizish extomolligi 0,7 ga teng.uning Hech bo‘lmaganda bir marta nishonga tekQizish ehtimolini toping.

1.27 «n» ta konvert va ularga mos «n» xat bor.Xatlar konvertlarga tavakkaliga solinadi.Hech bo‘lmaganda bitta xatning tegishli konvertga tushmaslik ehtimolini toping.

1.28 Turli bir xonali sonlar bilan nomerlangan 9 ta jetonning 3 tasi olinadi.Ularni ketma-ket qo‘yganda yozilgan nomerlarning o‘sib borish tartibida joylishishi ehtimolini toping.

1.29 4 talaba bir xil labarotoriya ishini xisoblaydi.Ularning xatoga yo‘l qo‘yish ehtimolliklari mos xolda 0.2,0.3,0.1,0.4, ga teng.Akalli bitta talabaning xatoga yo‘l qo‘yish ehtimolligini toping.

1.30 Idishda 10 ta oq15 ta qora va 20ta qizil shar bor.Ketma-ket 3 ta shar (qaytarib solinmay) olinadi.SHarlar oq, qizil,oq ketma-ketlikda chiqish ehtimolligini toping.




Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə