1-Лаборатория иши



Yüklə 0,71 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə58/65
tarix23.12.2023
ölçüsü0,71 Mb.
#155355
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   65
Umumiy geologiya (2)

Fosforit konkretsiya
Fosforitni radial nursimon
tuzilgan konkretsiyasi
Tuzlar yoki tuzli jinslar. 
Tuzli jinslarga kimyoviy usul bilan hosil 
bo‘lgan xloridlar, sulfatlar sinfiga mansub bo‘lgan minerallardan tashkil 
topgan yotqiziqlar kiradi. 
Ular qatlamlar, 
qatlamchalar, linzalar 
ko‘rinishida er kesimida uchraydi. Bu jinslar lagunalarda, kullarda ham 
kontinentlarda hosil bo‘lishi mumkin.
Tuzli jinslarning asosiy minerallari-angidrit, gips, galit, sil'vin, 
karnallit va boshka minerallar hisoblanadi. Ikkilamchi minerallarga soda
magnezit, dolomit, burning minerallari, temir oksidi va gidroksidi, temir 
sulfidlari, Organik moddalar kiradi. Bu guruhdagi jinslarga angidrit, gips, 
galit minerallari kiradi va ular issiq-quruq iqlim sharoitida tuzlarning 
cho‘kmaga tushishi natijasida hosil bo‘ladi.
Galit (oshtuz). Oshtuz (galit) jinslarda to‘la donador, kristallangan yoki 
yaxlit quyma ko‘rinishda uchraydi. Uning rangi aralashmalarga qarab oq , 
havorang, pushti, qizil va qora bo‘lishi mumkin. Ta'mi sho‘r, suvda oson 
eriydi, solishtirma og‘irligi 
2,1 g/sm . Oshtuz ancha qalin uyumlar va 
aralashmalar ko‘rinishida uchraydi. Oshtuz qatlamining qalinligi 10-15 m 
va undan ko‘p bo‘ladi.
Oshtuz aralashgan jinslar odatda sho‘r bo‘ladi va ular nurashga 
uchraganda jinsning yuzasida tuz gardi (sho‘ri) hosil bo‘ladi. Ko‘pincha 
qumlar, gil va tuproq lar sho‘rlanadi. Oshtuz ovqat tayyorlashda 
ishlatilganligidan osh tuz deb yuritiladi. Oshtuz arid iqlim sharoitida 
joylashgan ko‘l va lagunalarda bo‘ladi.
Gips. 
Gips tabiatda xuddi toshtuz singari donador kristallangan uyumlar 
ko‘rinishida uchraydi. Gipsning qattiqligi kichik bo‘lib, Moos shkalasida
о
etalon sifatida 2- o‘rindadir. Solishtirma og‘irligi 
2,2-2,4 g/sm . Rangi
67


aralashmalarning tarkibi va miqdoriga qarab xilma-xil. Toza gips qordek 
oq , och-kulrang yoki pushti rangda bo‘ladi. Gips gil, qumtosh va boshqa 
cho‘kindi jinslar orasida mayda, siyrak donalar yoki ayrim kristallar 
druzasi (shodasi) shaklida ham ko‘p uchraydi. Gips ko‘pincha 
bo‘shliqlarda - yoriq, g‘ovaklarda aylanib yuradigan eritmalardan ajralib 
chiqadi, shunda o‘sha bo‘shliqlarning devori uning kristallari bilan 
qoplanadi.
Angidrit. U kulrang yoki havorang zich jinsdir. Bu belgilari angidritni 
boshqa jinslardan ro‘yirost ajratib turadi. Angidridga uning 200-300 metr 
chuqurlikda uchrashi va ba’zan yer yuzasiga chiqib qolsa, u gipsga o‘tadi. 
Odatda angidritning gidratlanish jarayoni, ya'ni CaSO4 (angidrit) 
molekulasiga ikki molekula suv qo‘shilishi tabiiy sharoitlarda juda tez 
sodir bo‘ladi, natijada gips CaSO4^2H2O hosil bo‘ladi. Bunday vaqtlarda 
jinsning hajmi kengayib burmalanadi va g‘ijimlangan qat-qatli tekstura
о
hosil bo‘ladi. Angidritning solishtirma og‘irligi 2,9-3,1 g/sm va qattiqligi 
2,5-3,0.
Angidrit asosan gipsning chuqurlikda suvsizlanishi natijasida, kamroq 
esa gips va toshtuz kabi tuz hosil qiluvchi maxsus suv havzalarida 
ma'lum sharoitda hosil bo‘ladi.

Yüklə 0,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə