OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI QO'QON
UNIVERSITETI
Boshlang'ich ta'lim Fakultetining maxsus sirtqi
4-23 guruh talabasi Yulchiyeva Go‘zalxonning
Mediasavodxonlik va axborot madaniyati fanidan
tayyorlagan taqdimoti
Hayvonot olami
Reja:
1.Hayvonlarning tarqalishi va yashash muhiti.
2. Hayvonlarning tabiatdagi ahamiyati
3. Hayvonlarning inson hayotidagi ahamiyati.
.
Hayvonlar Yer yuzining hamma joyida
tarqalgan. Ularni barcha qit`alar va orollarda,
suv havzalarida va tuproqda uchratish mumkin.
Hayvonlar juda xilma-xilligi bilan boshqa
organizmlardan ajralib turadi.
Agar Yer yiizida 500 mingga yaqin o`simlik turi
ma`lum bo`lsa, hayvonlar turi 2,5 mln ga
yetadi.
Hayvonlarning tarqalishi va yashash muhiti.
Hayvonlarning tabiatdagi ahamiyati.
Hayvonlar
o`simliklar hayotida
ham muhim o`rinni
egallaydi. Tuproq
hosil bo`lishi va
lining hosildorligi
oshishida mikroor-
ganizmlar bilan bir
qatorda hayvonlar
ham ishtirok etadi.
Har yili kuz kirganda
daraxtlardan
to`kilgan barglar,
xazon bo`tgan
o`simliklar
bakteriyalar,
zamburug`lar, bir
hujayrali hayvonlar,
chuvalchanglar,
hasharotlar va
boshqa organizmlar
uchun oziq bo`ladi.
Hayvonlar o`simlik
qoldiqlarini
maydalab, ularning
chirishini tezlatadi.
Hayvonlarning inson hayotidagi
ahamiyati.
Hozirgi davrda hayvonlarning inson faoliyatidagi ahamiyati tobora ortib
bormoqda.
Xonaki hayvonlar inson uchun go`sht va sut, sanoat uchun jun, teri va pilla
beradi.
Yovoyi hayvonlar, xususan, baliqlar, qisqichbaqasimonlar, molluskalar oziq-
ovqat sifatida ishlatilishidan tashqari, ularning mahsulotlaridan turli dori-
darmonlar va vitaminlar olishda foydalaniladi; chiqindilaridan tayyorlangan un
esa chorva mollari ozig`iga qo`shib beriladi yoki o`g`it sifatida foydalaniladi.
Yowoyi hayvonlar terisi va go`shti uchun ham ovlanadi. Qushlarning pati,
sutemizuvchilarning suyagi va shoxi yengil sanoat uchun xomashyo
hisoblanadi.
Yowoyi qushlar
zararkunanda hasharotlar,
sichqonlar va kalamushlarni
qirib insonga foyda keltiradi.
Asalarilar qimmatli asal
berishi bilan birga ekinlarni
changlantirib, hosildorlikni
oshiradi.
Yirtqich va parazit
hasharotlar qishloq xo`jaligi
zararkunandalarini qirib,
ularning sonini cheklab
turishga yordam beradi
.Hayvonlar orasida inson
salomatligiga, chorva
mollari va ekinlarga zarar
yetkazadigan turlari ham
ko`p uchraydi.
Ular ekinlarni yeb,
hosildorlikni kamaytiradi;
oziq-ovqat mahsulotlari, jun,
teri, yog`och hamda
ulardan tayyorlangan
mahsulotlar, kiyim-kechak
va buyumlarai buzib katta
ziyon yetkazadi.
Hayvonlar klassifikatsiyasi.
Hayvonlar klassifikatsiyasi. O`zaro o`xshashligi va qon-qarindoshligiga
binoan hayvonlar bir qancha katta va kichik guruhlarga ajratiladi.
Hayvonlarni bu tarzda guruhlash klassifikatsiya deyiladi.
O`simliklar singari hayvonlar klassiflkatsiyasida ham eng kichik
guruh tur hisoblanadi. Bir turga mansub hayvonlarning tuzilishi va
hayot kechirishi o`xshash bo`ladi.
Bir turga mansub bo`lgan hayvonlar tabiatda muayyan maydonda
tarqalgan bo`lib; o`zaro erkin chatisha oladi va ularning nasli serpusht
bo`ladi.
Bundan tashqari, hayvonot olami hujayraviy tuzilishiga binoan bir
hujayralilar va ko`p hujayralilarga; umurtqa pog`onasining
rivojlanganligiga qarab umurtqasizlar va umurtqalilarga ajratiladi.
O`zaro yaqin turlar urug`ga, urug`lar oilaga, oilalar turkum-ga, turkumlar
sinflarga, sinflar esa tiplarga birlashtiriladi.Shunday qilib, hayvonlarning
asosiy sistematik guruhlari tur, urug`, oila, turkum, sinf va tipdan iborat.
Har xil turga mansub bo`lgan hayvonlar, aksincha, o`zaro chatishol-
maydi yoki chatishganda ham ularning nasli pushtsiz bo`ladi.
Dostları ilə paylaş: |