1. Koordinatalarni almashtirish Slindrik koordinatalar sistemasi



Yüklə 224,37 Kb.
səhifə3/6
tarix13.12.2023
ölçüsü224,37 Kb.
#149336
1   2   3   4   5   6
Barno Mustaqil ish

2. Slindrik koordinatalar sistemasi
Fazoda silindrik koordinatalar sistemasisini kiritish uchun biz fazoda bitta
tekislikni va unga tegishli O birorta nuqtani tanlashimiz kerak.Tanlangan tekislikda
O nuqtani qutb boshi sifatida olib bu tekislikda qutb koordinatalari kiritamiz.Berilgan
tekislikka perpendikulyar va O nuqtadan o'tuvchi o'qni O Z o'qi sifatida olib,fazoda
silindrik koordinatalar sistemasini quyidagicha kiritamiz:
fazoda berilgan M nuqtaning tekislikdagi proyeksiyasini N bilan , uning O Z o'qdagi
proeksiyasini M' bilan belgilaymiz. Silindrik koordinatalar sifatida (ρ,ϕ,z)
kattaliklarni olamiz. Bu yerda (ρ,ϕ)- N nuqtaning berilgan tekislikdagi qutb
koordinatalari, z esa OM' kesma kattaligidir

Agar biz fazoda OXY tekislik sifatida tanlangan tekislikni,OX o'q sifatida
qutb o'qini olib dekart koordinatalar sistemasini kiritsak
x = ρ cosϕ, x = ρ sinϕ , z =z
bog'lanishlarni olamiz. Bu yerda ρ,ϕ o’zgaruvchilar uchun
0 ρ < +∞, 0 ϕ < 2π munosabatlar o’rinlidir.
Fazoda silindrik koordinatalar sistemasini kiritganimizda fazo bitta o’qqa ega
bo’lgan ichma-ich joylashgan (konsentrik) silindrlarga ajraladi. Fazoning har bir
nuqtasi bu silindrlarning faqat bittasiga tegishli bo’ladi. Agar nuqtaning silindrik
koordinatalari ρ,ϕ, z bo’lsa, bu nqta yotgan silindrning radiusi ρ ga teng bo’ladi.
Agar nuqta silindrlar o’qiga tegishli bo’lsa, u tegishli bo’lgan silindrning radiusi
nolga teng bo’ladi. Yuqoridagi tanlangan dekart koordinatalar sistemasida
silindrlarning o’qi Oz o’qidan iboratdir. Bu dekart koordinatalar sistemasida
konsentrik silindrlar tenglamasi
x2 + y2 = ρ2
ko’rinishida bo’ladi



Yüklə 224,37 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə