1. Ixtiro tushunchasi. Uning kashfiyotdan farqi. Kashfiyot va ixtirolarning ilmiy-texnik taraqqiyotga ta’siri


Ratsionalizatorlik taklifi tushunchasi



Yüklə 0,81 Mb.
səhifə4/7
tarix06.06.2023
ölçüsü0,81 Mb.
#115724
1   2   3   4   5   6   7
Ratsionalizatorlik taklifi tushunchasi.
Ratsionalizatorlik takliflari-bu xalq xo‘jaligining tarmoqlarida yangi va foydali texnik vazifalarin yechishga, ya’ni maxsulotning loyixasini ishlash chiqarish texnologiyasini, foydalanilmayotgan texnikani yoki materiallarning xossasini o‘zgartirishga qaratilgan bo‘ladi. Ratsionalizatorlik ko‘p qirral muammo bo‘lib, ko‘proq iqtisodiy masalalarni hal etishga qaratilgan. Ratsionalizatorlik fikrlar ma’lum talabalarga javob berishi kerak: Birinchidan, texnik yechimga ega bo‘lishi, ikkinchidan yangilik bo‘lishi, uchinchidan foydali bo‘lishi kerak.
Ratsionalizatorlik fikrlar maxsus blankada a’riza sifatida beriladi. Ratsionalizatorilik fikrlar qaysi korxonaga tegishli bo‘lsa, shu korxonaning IRJ ga a’riza beriladi. Agarda fikrlar boshqa korxonalarga tegishli bo‘lsa vazirlikka beriladi va ro‘yxatga olinadi.
3.Patent hujjatlari. Patent axboroti.

Ilmiy-texnik taraqqiyotning o’sishi ko’p va murakkab bilimlar va axborotlarga bog'liq. Xalq xo’jaligining barcha sohalari bo'yicha har yil yangiliklar soni ortib boradi. Zarur bo’lgan axborotlarni yig’ish juda murakkab ish. Shuning uchun hozirgi kunda tabiatni bilishga oid bilimlardan tashqari, bu bilimlardan insonning o’zi amalda foydalanishi katta ahamiyatga ega. Hozirgi davrda kashf etilgan yangiliklar bo'yicha axborotlar saqlash, ishlov berish va xodimlarga yetkazish yo’llari qidirilmoqda, har bir davlatda ilmiy-texnik axborotlar bo'yicha maxsus tashkilotlar tuzilgan ularning vazifasi fan, texnika va ishlab chiqarishni rivojlantirishda muhim omil bo'lib hisoblanadi.


Patent hujjatlari - bu shunday hujjatlar yig’indisiki, unda: ilmiy-texnik tajribalar va loyihalar, konstruktorlik ishlanmalarning mazmuni, kashf qilinganligi, foydali modeli hamda kashfiyotchining huquqini himoya qiluvchi Ma’lumotlar bo’lishi kerak. Shu bilan birgalikda, model, maket, korxona mahsulotining ro'yxatga olinganligi haqida guvohnomalar va mualliflik diplomlari bo’lishi kerak. Patent axboroti deganda patent hujjatlaridan foydalanish va ishlov berish tushuniladi. Ilmiy-texnik yutuqlaming oxirgi 100­200 yillikdagi patent hujjatlari patent fondlarida saqlanadi.
O'zbekiston Respublikasining Davlat patent idorasi. O'zbekiston Respublikasining Davlat patent idorasi «Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari to'g’risida»gi Qonunga muvofiq sanoat mulki obyektlarini muhofaza qilish sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshiradi.
Patent idorasi sanoat mulk obyektlarga talabnomalarni ko'rib chiqish uchun qabul qiladi, ular bo’yicha davlat ilmiy texnik ekspertizasini o’tkazadi, ulami davlat ro’yxatiga oladi, ushbu Qonunning qo'llanishiga oid qoidalar va tushuntirishlami ishlab chiqadi hamda Vazirlar Maxkamasi tomonidan tasdiqlanadigan Patent idorasi to'g'risidagi Nizomga muvofiq boshqa vazifalarni bajaradi.
Patent idorasining faoliyatini mablag’ bilan ta'minlashning manbai Davlat byudjeti mablag’idan, patent bojlaridan, shuningdek, patent idorasi tomonidan ko'rsatiladigan xizmatlar va beriladigan materiallar uchun olinadigan haqdan iboratdir.

Yüklə 0,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə