1. Ishlab chiqarishda tebranish Vibratsiyadan himoya qilishning asosiy usullari va vositalari: Titrashni kamaytirish yo’llari va ultra va infratovushdan himoyalanish


Titrashni kamaytirish yo’llari va ultra va infratovushdan himoyalanish



Yüklə 25,53 Kb.
səhifə3/3
tarix29.04.2023
ölçüsü25,53 Kb.
#107712
1   2   3
9.titrash (2)

2.Titrashni kamaytirish yo’llari va ultra va infratovushdan himoyalanish.
Titrash kishi organizmiga salbiy ta’sir kiladi, natijada ish unumdorligini pasaytiradi, kupincha ogir kasbiy kasallik - titrash kasalligiga olib keladi. Shuning uchun titrashga qarshi tabbirlarga aloxida axamiyat beriladi.
Titrash kasalligi kasbiy kasalliklarga kiradi. Bu kasallikni boshlangich davridagina yaxshilab davolash mumkin. Titrash kasalligini davolash, ayniksa, kasallik ruju kilgan xolatlarda uzoq muddatda davolanadi. Kup xollarda kasallik o’tib ketsa, nogironlikka olib kelishi mumkin.
Mashina va mexanizmlarning titrashini kamaytirish kuyidagi usullarda olib boriladi:
-titrashni keltirib chiqarayotgan manbaga ta’sir qilish;
-rezonans xolatidan chiqarish;
-titrashni dempferlash;
-titrashni dinamik sundirish;
-mashina va qurilish elementlarining konstruktiv elementlarini uzgartirish;
-titrashni ixotalash va shaxsiy himoya vositalarini qo’llash.
Mexanizatsiyalashgan, elektr yoki havo asboblari yordamida ishlaganda, kulni titrashdan saqlash uchun maxsus kulkoplar, kistirma va plastinalardan tashkil topgan shaxsiy himoya vositalaridan foydalaniladi. Shaxsiy himoya vositalariga kuyiladigan umumiy talablar GOST 12.4 002-74 da belgilangan. Titrash kasalligini oldini olish uchun titrash mavjud bo’lgan ishlarda maxsus ish tartibi qo’llaniladi. Masalan, titrash mavjud bo’lgan mashinalarida umumiy ish vaqti semenaning 2-3 qismidan oshmasligi kerak. Bunda tinmasan ishlash vaqti 15-20 min va dam olish vaqtlari bo’lishi kerakligi kuzda to’tilgan. Ishni tashkil qilishda titrashli operatsiyalarni titrash bo’lmagan ishlar bilan almashtirib turish kerak.
Titrashni ulchash ST SEV 1931-78 “Titrash. Ulchov o’tkazish uchun umumiy talablar” da belgilanadi. Titrashni ulchash uchun kupgina asboblar mavjud, bulardan standart oktava filtrli ISHV-1 hamda VIP-2., VR-1 va bokalar. Chet elda chiqaraladigan asboblardan RFT (Germaniya) hamda “Bryo’l va Kyer” firmasining (Daniya) asboblaridir.
Texnologik uskunaning ashyoviy sigimi kamaytirilganni xolda uning tezligi oshirilganda ularning titrashi kuchayadi. Titrash (vibratsiya) tebranishlar chastotasi, titrashdagi siljish amplitudasi va titrash tezligi bilan ifodalanadi. Uzoq vaqt mobaynida titrash ta’sirida bo’lish ishlovchining sogligi va mexnat unumdorligiga yomon ta’sir etibgina kolmasdan, balki ogir kasbiy- titrash kasalligiga olib keladi.
Inson organizmiga ta’sir ko’rsatish tarzigan kura titrashlar maxaliy va umumiy bo’ladi.
Titrashdan himoyalanish uchun armotizatorlar va yakka tartibda himoyalash vositalari sifatida titrashni sundiruvchi kulkop hamda poyabzal qo’llaniladi. Amortizatorlar sifatida kigiz, rezina, pulat prujinali titrov izolyatorlari va shu kabilardan foydaniladi.
Binolarning tarkibi qismlariga motorlar, mashinalarning titrashini kamaytirish maksadida, motorlar poydevorlarining ostiga rezinadan, polivinil smolalardan tayyorlangan, shisha tola bilan kuchaytirilgan kistirmalar kuyiladi.
Titraydigan mashina va asboblar bilan ishlaydigan ishchilarrni xizmat vaqtidan tashkari ishlatish man etiladi. 16 yoshga tulmagan yoshlar, xomilador ayollar, oshkozoni ogriydigan va kon bosimi bor kishilarga bunday uskunalarda ishlash etiladi.Ultratovush muxit 11200 dan 109 Gs gacha doirada mexaniq tarzda tebranmada yuzaga keladi.
Sanoatda detallarni tozalash va yogsizlantirish, metallarga mexaniq ishlov berish uchun 18000-30000 Gs chastotali ultratovush tebranishlari keng qo’llaniladi.
Ultratovush odamga havo muxiti orqali, shunigdek, suyuk muxit va kattik jismlar orqali ta’sir kiladi.
Ultratovushli kurilmalarda ishlaydigan ishchilarning boshi ogriydi, tez charchaydi, yaxshi uxlay olmaydi, kuzi xiralashdagi, ogzi kurib kolaveradi, korni ogriydi, ishtaxasi bo’lmaydi, tanasi va terisining xarorati ko’tariladi, yurak urishi susayadi, kon bosimi pasayadi hamda termoregulyatsiyasi buziladi.
Ultratovush bilan ishlayotganda yakka tartibdagi himoya vositalari sifatida shovqin sundirgichlar va maxsus kulkoplardan foydalanish lozim.

Adabiyotlar



  1. А. Қ. Қудратов Меҳнат муҳофазаси. Тошкент- 1995.

  2. А. К. Кудратов. Охрана окружаюшей среди на предприятиях хлопкоочистительной и шелковой промишленности. «Укитувчи» Тошкент - 1995.

  3. Меҳнатни муҳофаза қилиш тўғисида Ўзбекистон Республикаси қонуни. Тошкент, 6 май 1993 й.

  4. Меҳнат кодекси. Тошкент, 26 май 1996 й.

  5. Қудратов О. Ипакчилик саноатида меҳнат муҳофазаси. Тошкент «Ўзбекистон» 1995 й. 300 б.

Yüklə 25,53 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə