1. Investitsiya va uning mohiyati



Yüklə 91,62 Kb.
səhifə1/8
tarix11.12.2023
ölçüsü91,62 Kb.
#148486
  1   2   3   4   5   6   7   8

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY
TA’LIM FAN VA INOVATSIALAR TA‘LIM VAZIRLIGI FARG‘ONA DAVLAT UNIVERSITETI SIRTQI FAKULTET IQTISOD (TARMOQLAR VA SOHALAR ARO) YO’NALISHI 21/163-GURUH TALABASI: VOXIDOV XURSHED ABDULAZIZ OGLI PUL VA BANKLAR FANIDAN


1. Investitsiya va uning mohiyati
O'zbekiston Respublikasida investitsiya xususida qonuniy hujjatlar 1991-
yildan boshlab qabul qilingan bo‘lib, ular o‘tgan vaqt ichida ancha
takomillashtirildi. O'zbekiston Respublikasining «Investitsiya to‘g‘risida»gi
Qonunida ko'rsatilishicha, «investitslya bu - iqtisodiy samara (foyda, daromad)
olish yoki ijobiy ijtlmoiy natijaga erishish uchun sarflanadigan pul mablag'lari,
banklarga qo'yilgan omonatlar, paylar. qimmatli qog'ozlar (aksiya,
obligatsiyalar), texnologiyalar, mashinalar asbob-uskunalar, litsenziyalar va
samara beradigan boshqa har qanday boyliklardir». Bu iqtisodiy ta’rif
investitsiyaning bozor iqtisodiyoti sharoitiga mos kelishini to’laligicha
tasdiqlaydi. Jumladan, unda, birinchidan, investitsiyaning o'ziga va investitsiya
faoliyatining obyektlariga keng ta’rif berilgan. Ikkinchidan, investitsiyaning
bevosita iqtisodiy va ijtimoiy samara olishga muqarrar bog'liqligi ta’kidlab
o‘tilgan. Demak, investitsiyaga bozor munosabatlaridan kelib chiqib berilgan
ta’rifning o'zidayoq investitsiya jarayonning hajmi, asosiy bosqichlari, ya’ni Jamg'armalar (resurslar), qo‘yilma mablag’lar (sarf-xarajatlar), samara
(daromad, foyda) aniq va ravshan ko'rsatib o‘tilgan. Xuddi shu kabi yondashuv
Investitsiya faoliyaming bozor munosabatlariga o‘tishi uchun zamin yaratadi, bu
esa, moliyaviy, moddiy va aqliy boyliklarni qayta taqsimlashning vertikal va
gorizontal usullaridan bir xilda foydalanishni ta’minlab beradi.
«Investitsiya» atamasi lotin tilidagi «invest» so'zidan kelib chiqqan bo‘lib,
«qo‘yish», «mablag‘ni safarbar etish», «kapital qo‘yilmasi» ma’nosini beradi.
Keng ma’noda investitsiya mablag'ni ko'paytirib va qaytarib olish maqsadida
kapitalni safarbar etishni bildiradi. Ko'pgina hollarda «investitsiya» tushunchasi
iqtisodiy va boshqa faoliyat obyektlariga kiritiladigan moddiy va nomoddiy
ne’matlar hamda ularga doir huquqlar tarzida ta’riflanadi. Investitsiya deyilganda
barcha turdagi milliy va Intelektual boyliklar tushunilib, ular tadbirkorlik faollyati
obyektlariga yo'naltirilib, daromad keltirishi yoki biror-bir ijobiy samaraga
erishishi zarur. Investitsiya kiritishdan asosiy maqsad daromad olish va ijobiy
ijtimoiy samaraga erishishdir.
Investitsiya kiritishda, avvalo:
- investitsiya faoliyati subyektlarining mustaqilligi va tashabbus-
korligining ta’minlanishi;
- kiritilayotgan moddiy ne’matlarga investitsiya maqomini berish
(fuqarolar o‘z ehtiyojini qondirish uchun sotib olgan buyumlari investitsiya bo'la olmaydi);
-qonun bilan belgilangan investitsiya faoliyatini amalga oshirish
imkoniyati yaratilishi zarur.
Investitsiya tushunchasiga yangi kapitalni barpo etish uchun sarflangan
xarajat sifatida ham ta’rif berish o'rinli. Investitsiyalar yangi korxonalar
qurilishiga, mashina va asbob-uskunalar sotib olishga, ya’ni yangi kapitalni
barpo etishga ketgan xarajatlardir. Investitsiya tushunchasining mazmunini
to‘liq ochib berish uchun unga berilgan ta’riflarni keltirish joiz.
Investitsiyalar -bu hali mahsulot ko‘rinishiga keltirilmagan, lekin ishlab chiqarish vositalariga qo‘yilgan kapitaldir. O'zinlng moliyaviy shakliga ko'ra, ular foyda olish maqsadida xo'jalik faoliyatiga qo‘yilgan aktivlar hisoblansa, iqtisodiy xususiyatiga ko'ra, u yangi korxonalar qurishga, uzoq muddatli xizmat ko‘rsatuvchi mashina va asbob uskunalarga hamda shu bilan bog‘liq aylanma
kapitalningo'zgarishiga ketgan xarajatlardir.
Investitsiyalar xususiy sektor va davlat tomonidan mamlakat ichkarisida va uning tashqarisida turli ishlab chiqarishlarga va qimmatli qog‘ozlarga (masalan, aksiyalar, obiigatsiyalar) qo'yilishi mumkin. Investitsiyaga ketgan xarajatning
miqdori ikki omilga bog‘liq: birinchisi - sof foydaning kutilayotgan me’yori,
qaysiki uni tadbirkorlar investitsiyaga ketgan xarajatlaridan olishni
mo‘ ljallaydi; ikkinchlsi - foiz stavkasi. Agarda, kutilayotgan foyda me’yori foiz
stavkasidan yuqori bo‘lsa, investitsiyalash foydali va aksincha, foiz stavkasi
kutilayotgan foyda me’yoridan yuqori bo'lsa, investitsiyalash foydali bo‘lmay qoladi. Investitsiya xarajatlari foyda keltirishini anlqlashda nominal foiz stavkasi
emas, balki real foiz stavkasi hisobga olinadi. Real foiz stavkasi narxlar
darajasining o‘zgarishini aks ettirib, nominal stavkadan inflyatsiya darajasining
ayirmasi ko'rinishida aniqlanadi. Masalan, nominal foiz stavkasi 16 % ga teng
bo‘lsa, inflyatsiya darajasl yiliga 12 %ni tashkil etsa, unda real foiz stavkasi 4 %
(16-12 %)ni tashkil etadi. Agar bu miqdor kutilayotgan sof foyda me’yoridan past bo‘lsa, investitsiya xarajatlari o‘sib boradi. Investitsiya talabinlng egri chizig‘1 istalgan Investitsiya hajmi (I) va real foiz stavkasi miqdori (r) o'rtasidagi bog’liqlikni o’rnatadi. Real foiz stavkasi, ya’ni pul kapitalini qarzga olish narxi qanchalik yuqori bo'lsa, investitsiyalashni
xohlovchilar shuncha kam bo‘ladi va, aksincha, real foiz stavkasi qanchalik past
bo'lsa, foyda keltiradigan investitsiya loyihalari shuncha ko‘p bo'ladi. Shuning
uchun ham investitsiya funksiyasi grafigi pasayuvchan ko'rinishda bo‘ladi Makroiqtisodiy siyosatda foiz stavkasi bilan investitsiya hajmi o‘rtasidagi
mavjud bog’liqlik hisobga olinadi va keng foydalaniladi. Foiz stavkasining
miqdori pul-kredit siyosatining muhim quroli hisoblanadi. Davlat uni
o‘zgartirish orqali mamlakatdagi pul taklifini tartibga solib turadi. Foiz
stavkasining ko'tarilishi pulning qimmatlashuvi va unga bo‘lgan talabning
qisqarayotganini bildiradi. Demak, investitsiya xarajatlari ham qisqarib boradi.
O‘z navbatida, investitsiya xarajatlarining qisqarishi, kelajakda milliy ishlab
chiqarish hajmining pasayishini bildiradi.
Investitsiyalashda aylanma kapitalga ustuvorlik berilishini faqat kapitalning tarkibiy tuzilishi bilan tushuntirish yetarli emas. Gap shundaki, dastlabki capital jamg'arish davrida pulni tez to‘plash uchun uning kapital aylanishi tez sohalarga joylashtirilishi yuz beradi, chunki bunda yuqori foyda me’yori yuzaga keladi. Foyda me’yori yuqori, uni kapitallashtirish imkoni katta
bo'ladi. Bu omil ham xususiy sektorda pulni aylanma kapitaliga aylantirish
uchun rag'batlanatiradi. Bozor talablarlga binoan tejamli xo‘jalik yurita
bilmaslik tannarxning ortishiga olib keladi, bu narx o'zgarmagan sharoitda ham
zararga olib keladi. Bu albatta, investitsiyalarni o‘z mablag'i hisobidan
ta’minlash imkonini cheklab qo‘yadi.
Investitsiyalar iqtisodiy va boshqa faoliyat obyektlariga kiritiladigan moddiy va nomoddiy ne’matlar hamda ularga doir huquqlar hisoblansa, investitsiya faoliyati subyektlarining lnvestitsiyalami amalga oshirish bilan bog’liq harakatlari majmui Investitsiya faoliyati deb yuritiladi. Investitsiya faoliyati tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishning bir ko‘rinishidir, shuning uchun ham tadbirkorlikka xos bo'lgan belgilar, ya’ni mulkiy mustaqillik,
tashabbuskorlik va tavakkalchilik unga ham xos bo‘ lgan xususiyatdir.
Investitsiya faoliyatining obyekti moddiy va nomoddiy ne’matlar ishlab
chiqarish obyektlari hisoblanadi. Investitsiya faoliyatining subyektiaridan biri investor bo’lib, u o‘z mablag larini, qarzga olingan va jalb etilgan mablag’ jami, mulkiy boyliklarni va ularga doir huquqiami, shuningdek, inteiiektual mulkka doir huquqlari investitsiya faoliyati obyektlariga jalb etishni amalga oshiradi. Bunday o‘ziga xos faoliyat subyektlarining yana bir katta guruhi mavjud bo’lib, ular investitsiya faoliyati ishtirokchilari deb yuritiladi va ularning asosiy vazifasi investoming buyurtmalarinl bajaruvchi sifatida investitsiya faoliyatini ta’minlash hisoblanadi.
Xorijiy davlatlar, xalqaro tashkilotlar va chet ellik yuridik shaxslar hamda
fuqarolar, shuningdek, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar va O‘zbekiston
Respublikasining chet elda doimiy yashovchi fuqarolari
Investorlar buyurtmachi (mablag’ kirituvchi), kreditor, sotib oluvchi
bo'lishlari, shuningdek, investitsiya faoliyati ishtirokchisi vazifasini bajaruvchi
ham bo‘ lishlari mumkin.
Investitsiya faoliyatini amalga oshiruvchllar (investorlar) quyidagi belgilari
bo‘yicha tasniflanadi.
1. Joriy faoliyatning yo'nalishlari bo'yicha institutsional va individual
investorlar. Institutsional investorlar rolida sanoat, savdo, transport, aloqa va
boshqa sohalardagi aksiyadorlik Jamiyatlari namoyon bo'lsalar, individual
investorlar rolida fuqarolar namoyon bo‘ ladilar.
2. Investitsiyalash maqsadlari bo‘yicha strategik va bevosita investorlar.
Ular o‘z oldilariga kompaniyalami boshqarish huquqini olishni maqsad qilib
qo'yadilar. Buni ular boshqa kompaniyalar aksiyalarining nazorat paketini sotib
olish yoki ulaming ustav kapitalining katta qismini egallash orqali amalga
oshiradilar.
3. Rezidentlikka tegishliligi bo‘yicha investorlar milliy va xorijiy
investorlarga ajratiladi.

2.Iqtisodiyotning modernizatsiyalash sharoitida investitsion faollikni oshirishda investitsiya funksiyalari va omillaridan samarali foydalanish.



Investitsiyalar har qanday mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini harakatlantiruvchi kuch boʻlib, ularning yordamida iqtisodiyotning innovatsiyalar va yuqori texnologiyalar asosida rivojlanishi qoʻllab-quvvatlanadi, import oʻrnini bosish va eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarish siyosati muvaffaqiyatli amalga oshiriladi, zamonaviy infratuzilmalar rivojlantiriladi, yangidan-yangi ish joylari yaratilib, ishsizlik muammosining oldi olinadi, eng asosiysi, erkin raqobat va tadbirkorlik munosabatlariga asoslangan zamonaviy iqtisodiy tizim rivojlantiriladi. Investitsiyalarning yana bir muhim ahamiyati shundaki, ular har qanday mamlakatning yaqin va uzoq kelajakda rivojlanish istiqbollarini belgilab beradi.O‘zining moliyaviy shakliga ko‘ra, ular foyda olish maqsadida xo‘jalik faoliyatiga qo‘yilgan aktivlar hisoblansa, iqtisodiy mohiyatiga ko‘ra investitsiyalar yangi korxonalar qurish, uzoq muddat xizmat ko‘rsatuvchi mashina va asbob-uskunalarni yakuniy sotib olishga hamda shu bilan bog‘liq bo‘lgan aylanma kapitalning o‘zgarishiga ketgan xarajatlardir. Shuningdek investitsilar tarkibiga uy-joy qurilishiga ketgan xarajatlar ham kiritiladi. Investitsiyalarning turli guruhlash mumkin. Makroiqtisodiy tahlilda eng ko‘p duch kelinadigan guruhlashda investitsiyalar investitsiyalash ob’ektiga ko‘ra uch turga bo‘linadi.
1. Ishlab chiqarish investitsiyalari;
2. Tovar-moddiy zaxiralariga investitsiya;
3. Uy-joy qurilishiga investitsiya.
Makroiqtisodiy tahlilda investitsiyalar dinamikasini belgilovchi omil sifatida real foiz stavkasi qaraladi. 2Real foiz stavkasi ortishi bilan investitsiyalar hajmi kamayishini kuzatishimiz mumkin. Chunki investorlar uchun qarz bahosi ortib, ular ko‘rsatadigan foyda normasini pasaytirib qo‘yadi.
Avtonom investitsiyalarning grafigi investitsiyalar hajmi foiz stavkasi dinamikasiga teskari proporsional tarzda o‘zgarishini ko‘rsatadi.
Avtonom invstitsiya funksiyasi quyidagi ko‘rinishga ega:

Yüklə 91,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə