1. Elektr tokini olchash. Quvvat va elektr energiyani o’lchash. Reaktiv quvvatni o’lchash



Yüklə 0,56 Mb.
səhifə4/8
tarix13.05.2023
ölçüsü0,56 Mb.
#110005
1   2   3   4   5   6   7   8
HAR-XIL NOMINAL KUCHLANISHDAGI OCHIQ ZANJIRLI ELEKTR TARMOQLAR

Potеnsial diagramma. Potеnsial diagramma dеganda qandaydir zanjir qismi bo‘ylab yoki yopiq konturda potеnsialning taqsimlanish grafigi tushuniladi. Potеnsial diagramma qurishda absissa o‘qi bo‘ylab ixtiyoriy tanlangan nuqtaga nisbatan konturning qarshiligi quyiladi, ordinata o‘qi bo‘yicha potеnsial quyiladi. Zanjir qismidagi har bir nuqta yoki yopiq konturdagi har bir nuqta potеnsial diagrammadagi ma’lum bir nuqtaga mos kеladi.


1.3. Elektr zanjirlari uchun Om qonuni.
Nemis fizigi G.Om o‘tkazgichlarni har xil kuchlanishlardagi toklarini o‘lchab, ularning qarshiliklari berilayotgan kuchlanishga bog‘liq bo‘lmasdan, o‘zgarmas kattalik ekanligi to‘g‘risida xulosaga keldi.
E.yu.k. ga ega bo‘lmagan zanjir uchun Om qonuni. 1.1 a-rasmdagi sxema uchun o‘tkazgichlardagi kuchlanish tokka to‘g‘ri proporsionaldir:

yoki (1.7)
bunda .
Bu munosabat Om qonuni deb nom oldi.
Qarshilikni doimiyligi unga quyilgan kuchlanishga nisbatan ma’lum bir tok va kuchlanishlarning chegarasida va ayrim materiallar uchun o‘rinlidir. Shuning uchun proporsional bog‘liqlik ya’ni Om qonuni nisbiy bo‘lib, chegaralangan sohada o‘rinlidir.
E.yu.k. ga ega zanjir uchun Om qonuni. 1.1,b-rasm va 1.5 ifoda orqali

ifodaga ega bo‘lamiz. Mos holda 2.1,c-rasm va 3.6 ifoda orqali

Umumiy holda
(1.8)
(3.8) ifoda e.yu.k.ga ega zanjir qismi uchun Om qonunining matematik ifodasi hisoblanadi.
Shartli musbat yo‘nalish. Elektr zanjirida yoki uning elementlarida bo‘ladigan jarayonlar tenglamasini to‘g‘ri tuzish uchun e.yu.k. manbasi, tarmoqlardagi toklar va tugunlar orasidagi kuchlanishning shartli yo‘nalishi tanlab olinadi. Elektr sxemalarida bu strelka yordamida belgilanadi. Turli kattaliklar uchun shartli musbat yo‘nalish tanlab olish shartlari:
a) e.yu.k. manbasi uchun- ixtiyoriy olinib, strelka yunalgan tomon potensiali teskari tomon potensialiga qaraganda kattaroq qiymatga ega bo‘ladi.
b) tarmoqlardagi toklar uchun- e.yu.k. manbasi bo‘lgan tarmoqlarda e.yu.k. yo‘nalishi bilan bir xil, qolgan tarmoqlarda esa ixtiyoriy olinadi.
c) kuchlanish uchun- tarmoqdagi yoki zanjir elementidagi tok yo‘nalishi bilan bir xil olinadi.



Yüklə 0,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə