1. bo'Lim. Psixologiyaga kirish 1-mavzu. Psixolgiya fanining dolzarb vazifalari, predmeti ва методлари reja



Yüklə 0,63 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/22
tarix07.10.2023
ölçüsü0,63 Mb.
#126136
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
1-мавзу

Markaziy nerv sistemasi. 
Markaziy nerv sistemasi 
bosh miya
bilan 
orqa miy
adan tarkib topgan. 
Bosh miya va psixik funksiyalar. 
Po’st ostidagi soha va po’st ostidagi 
tugunlar differensiallashmagan va umumiy sezuvchanlik markazidir. 
Emosiya va instinktlarimiz shu soha bilan chambarchas bog’liqdir. 
Harakatlarimizni idora etish uchun po’st ostidagi tugunlardan targ’il 


jismning ahamiyati ayniqsa kattadir. Targ’il jism zararlanganda, odatda, 
harakat kuchayadi, ammo poyma-poy bo’ladi. 
Yuksak darajada tashkil topgan hayvonlarda psixik jarayonlarning va 
odamda ongli jarayonlarning bevosita moddiy asosi bosh miya po’stidir. 
Bosh miyaning pastroqdagi boshqa hamma qismlari, shuningdek, orqa 
miya – ongsiz reflektor harakatlarning markazlari bo’lib, xilma-xil 
fiziologik jarayonlarni idora etadi. Bu yerda yana shuni aytib o’tish kerak. 
Bosh miyaning yuqorida aytilgan hamma qismlari va orqa miya 
markaziy nerv sistemani bosib o’tgan taraqqiyot yo’lining bosqichlaridir. 
Bosh miyaning taraqqiyotidagi har bir qismi (pastdan yuqoriga qarab 
hisob qilganda) o’zidan avvalgi qismning ustiga qoplangan. Orqa miya, 
undan keyin esa uzunchoq miya markaziy nerv sistemasining eng 
qadimgi qismlaridir. Oldingi miya va po’st genetik jihatdan miyaning eng 
yosh qismlaridir. Markaziy nerv sistemasining yuqorigi qismlari taraqqiy 
qilgunicha pastdagi (qadimgi) qismlari murakkabroq psixik funksiyalarni 
ham bajargan deb o’ylash mumkin. Markaziy nerv sistemasining yuqorigi 
qismlari tarkib topib taraqqiy qilishi bilan, murakkabroq, psixik 
funksiyalar miyaning yuksak taraqqiy qilgan qismlariga o’tdi. Shu bilan 
birga psixik funksiyalar tobora murakkablashib va takomillashib bordi. 
Psixik funksiyalar miyaning yuksak taraqqiy qilgan qismlariga o’tishi 
bilan miyaning pastdagi qismlari muayyan refleks va instinktiv 
harakatlarinigina idora etadigan bo’lib qoldi. 
Buning xaqiqatan ham shunday ekanligini quyidagi hollar ko’rsatib 
turibdi. Biologik taraqqiyotning ancha past bosqichlarida turgan 
hayvonlarning miya po’sti va oldingi miyasi olib tashlanganda, bu 
qismlarning funksiyasini pastroqdagi qismlar o’tay boshlaydi (garchi 
mukammal shaklda bo’lmasa ham, har holda, o’taydi). Masalan, oldingi 
miyasi olib tashlangan baqa tamomila normal baqaga o’xshaydi. Bunday 
baqa odatdagicha o’tiradi; baqa turgan taxta ag’darila boshlasa, u ag’anab 


tushmaslikka harakat qiladi; agar baqa chalqancha ag’anab tushsa, 
o’nglanib oladi. Shunday qilib (baqa miya yarim sharlaridan mahrum 
bo’lsa ham harakat qilish va o’z harakatlarini muvofiqlashtirish 
qobiliyatini saqlab qoladi. 
Yarim sharlari olib tashlangan kaptar og’ziga solingan ovqatni yeydi, 
turtib yuborilsa yuradi; bunday kaptar turtinmasdan ucha oladi. Ammo 
kaptar turtib yuborilmasa, odatda, qimirlamay turaveradi. Agar it 
miyasining ikkala yarim shari olib tashlansa, sun’iy suratda boqilib 
borilsagina bir necha yil yashay oladi. Bunday it og’ziga solingan ovqatni 
yeydi, yura oladi. It urilsa vangillaydi, qattiq, tovush eshitganda sapchib 
tushadi. Ammo bunday it o’zicha ovqat qidirib topolmaydi va hatto 
yaqinidagi ovqatni ham topib yeya olmaydi. Bu it uni boquvchi kishilarni 
tanimaydi. Avval hosil qilgan malakalari yo’qoladi, shu bilan birga, yangi 
malakalar hosil qilish qobiliyati ham yo’qoladi. 
Ba’zi fiziologlar maymunlarning yarim sharlarini olib tashlab tajribalar 
qilganlar. Maymunlar operasiya qilingandan keyin psixik funksiyalari 
yo’qolishi bilan birga, harakatlar, harakatni muvofiqlashtirish ham 
buzilgan. Ular to’ppa-to’g’ri o’tirib tura olgan, shuningdek, narsalarni 
changallay olgan, ammo, murakkabroq harakatlar, ayniqsa yurish 
qobiliyati buzilgan, shunday qilib, evolyusiyaning yuqori bosqichlarida 
murakkab harakatlar va ularni muvofiqlashtirish funksiyalari ham miya 
po’stiga o’tadi. 
I.P.Pavlov yuksak nerv faoliyatiga doir tekshirishlarida shunday 
hodisalarni ilmiy asosda tushuntirib berdi. 
Hayvonlar bosh miyasining ayrim qismlarini olib tashlash ustidagi 
tajribalar shuni ko’rsatdiki, hayvon biologik taraqqiyotning qancha yuqori 
bosqichida tursa, quyi qismlarining yuksak psixik funksiyalarni bajara 
olish imkoniyati o’shancha kam bo’ladi. 


Odamda miyaning quyi qismlari yuksak psixik funksiyalarni bajarishga 
mutlaqo qobil emas. Odam miyasining po’sti ostidagi qismlari po’st 
funksiyasini loaqal qisman ham bajara olmasa kerak. Yarim sharlarsiz 
tug’ilgan bolalar (anzisefallar) ni kuzatish bu holni juda ravshan 
tasdiqlaydi. Odatda bunday bolalar uzoq, yashamaydi. Shunday 
bolalardan birining faqat uch yil-u to’qqiz oy yashagani ma’lum. Bu bola 
doim yotgan, turishga biron marta ham harakat qilib ko’rmagan. U 
narsalarni ushlashga hyech urinmagan, hatto narsalarni qo’lda ushlab 
turishni ham bilmagan. Faqat yuzida ba’zi bir harakatlar ko’rilgan; u 
ba’zan ijirg’angan; emganda va qoshiqlab ovqat berilganda lablari va tili 
harakatga kelgan. Bola tagi xo’l bo’lganganda ham hyech bir parvo 
qilmagan. Bu bola bilan gaplashish yoki unga biron narsa o’rgatish aslo 
mumkin bo’lmagan. Unda hatto eng oddiy ko’nikmalar ham hosil 
bo’lmagan. 
Yuqorida aytilganlardan, miyaning po’st ostidagi qismlarining psixik 
hayotga hyech qanday aloqasi yo’q degan ma’no chiqmaydi. Yarim 
sharlar po’sti o’z tolalari bilan bosh miyaning hamma qismlariga va orqa 
miyaga bog’langan. Shu bilan birga, yuqorida aytilganidek, orqa 
miyadagi nerv hujayralarining tolalari va po’st ostidagi sohalarning 
tolalari yarim sharlar po’stining qismlariga bog’langandir. Shu sababli 
butun markaziy nerv sistemasi va uning faoliyati bo’lmasa, psixik hayot 
ham bo’lmas edi. 
Odam bosh miyasi, miya katta yarim sharlarining ixtisoslashgan 
funksiyalarining mavjudligi haqidagi ma'lumotlar quyidagi jadvalda 
keltirilgan. 
№ 

Yüklə 0,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə