1-amaliy mashg’ulot. Pythonda xatoliklar bilan ishlash. Ishdan maqsad



Yüklə 27,52 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/2
tarix22.03.2024
ölçüsü27,52 Kb.
#182149
  1   2
Amaliy (1)



1-amaliy mashg’ulot. Pythonda xatoliklar bilan ishlash. 
Ishdan maqsad
: Pythonda xatoliklar bilan ishlashga bag’ishlangan. 
Masalaning qoyilishi:
Talaba Pythonda xatoliklar bilan ishlashni o’rganib 
olishlari lozim. Talaba berilgan vazifalarni bajarishlari kerak hamda o’z profili 
orqali 
NafisaXaytullayeva@gmail.com
manziliga Pythonda xatoliklar bilan 
ishlashga oid faylini yuborishlari lozim. 
Nazariy material 
 
Amaliy mashg’ulot topshiriqlari 
1-topshiriq. 
- ushbu QR-kod yordamiga “Dasturlash tillari”ga 
doir ma’lumot bilan tanishib chiqing va o’rgangan ma’lumotlaringiz asosida Word 
dasturida “Dasturlash tillari”ga doir Klaster tuzing hamda uni “Dasturlash tillari” 
nomli fayda saqlang. 
2-topshiriq. 
- ushbu QR-kod yordamiga berilgan ma’lumot bilan 
tanishib chiqing va Python dasturini o’z kompyuteringizga o’rnating. 
3-topshiriq. 
- ushbu QR-kod yordamiga Python dasturida shartli 
operator bilan tanishib chiqing va Python dasturida quyidagi masalalarga mos dastur 
tuzing. 
1. Elektr zanjirdagi ikkita ulangan qarshilikni hisoblash dasturi tuzilsin. 
Qarshiliklar parallel yoki ketma-ket ulangan bo’lishi mumkin. Quyida dasturni 
ishlash jarayoni ko’rsatilgan. 
Elektr zanjirdagi qarshilikni hisoblash. 
Boshlang’ich qiymatlarni kiriting: Birinchi qarshilik (OM) →
 15; 
Ikkichi 
qarshilik (OM) → 
27.3; 
Ulanish turi (1-ketma-ket, 2-parallel) →
2; 
Zanjirdagi 
qarshilik: 9.68 OM 


2. Kvadrat tenglamani ildizini topish dasturi tuzilsin. Dastur kiritilgan 
koeffitsiyetlar orqali diskriminantni tekshirishi va kerakli ma’lumot chiqarishi 
kerak. 
Kvadrat tenglamani ildizini topish. 
Bir satrda tenglama koeffitsiyetlarini kiriting va  tugmasini bosing. 
→ 
1 -5 6
Tenglama ildizlari: 
X1=2, X2=3 
3. Chegirma bilan harajatni hisoblash dasturi tuzilsin. Agar harajat 20000 
so’mdan oshsa, 10% li chegirma taklif qilinadi. Quyida dasturni ishlash jarayoni 
ko’rsatilgan. 
Chegirma bilan harajatni hisoblash. 
Harajatni (so’m) kiriting va  ni bosing. 

 21000 
Sizga 10% li chegirma beriladi. 
Chegirma bilan to’lanadigan summa: 18900 so’m. 
5.O’quvchini bilimini tekshirish dasturi tuzilsin. Quyida dasturni ishlash 
jarayoni ko’rsatilgan. 
Alisher Navoiy qaysi yili tug’ilgan? 
Yilni kiriting va  ni bosing. 

1401
Sizning javobingiz noto’g’ri. Alisher Navoiy 1441 yilda tug’ilgan. 
6. O’quvchini bilimini tekshirish dasturi tuzilsin. Quyida dasturni ishlash 
jarayoni ko’rsatilgan. 
Qaysi satrda o’zgaruvchilarni e’lon qilish bo’limi to’g’ri ko’rsatilgan. 
1.
Const 
2.
Var 
3.
Type 
4.
Uses 
To’g’ri javob nomerini kiriting va ni bosing. 
→ 

Javobingiz to’g’ri. 


7.
 
Foydalanuvchi tomonidan kiritilgan ikkita sonni solishtiruvchi dasturni 
tuzing. 
Quyida dasturni ishlash jarayoni ko’rsatilgan. 
Bir satrda ikkita sonni kiriting va  ni bosing: → 
22 45
22 45 dan 
kichik. 
8.
 
Foydalanuvchi tomonidan kiritilgan butun sonni 3 ga bo’linishini aniqlovchi
dasturni tuzing.Quyida dasturni ishlash jarayoni ko’rsatilgan. 
Butun sonni kiriting va  ni bosing. → 
67
67 soni 3 ga bo’linmaydi. 
9.
 
Foydalanuvchi tomonidan kiritilgan butun sonni juft toqligini aniqlash 
dasturi tuzilsin
Quyida dasturni ishlash jarayoni ko’rsatilgan. 
Butun sonni kiriting va  ni bosing. →
44
44 soni juft son. 
10. Foydalanuvchi tomonidan kiritilgan oyning tartib nomeriga mos yil faslini 
aniqlovchin dasturni tuzing. Agar foydalanuvvchi noto’g’ri qimat kiritgan bo’lsa, 
„Kiritishdagi hatolik“ xabarini bersin. 
Quyida dasturni ishlash jarayoni ko’rsatilgan. 
Oyning tartib nomerini kiriting (1 dan 12 gacha) → 11 Qish.

Yüklə 27,52 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə