1-amaliy mashg‘ulot. Axborot va uning turlarii, oʻlchov birliklarI



Yüklə 180,3 Kb.
səhifə1/2
tarix26.10.2023
ölçüsü180,3 Kb.
#131230
  1   2
1-amaliy mashgтАШulot.

1-amaliy mashg‘ulot.

Axborot va uning turlarii, oʻlchov birliklarI


1.1. Axborot va uning turlari
1.2.Axborotning o‘lchov birliklari
Mashg‘ulotning maqsadi: axborotning mahiyatini anglash, ularning kompyuterlarda ifodalanishi o‘rganish. Matnli, sonli, va tasvirli axborotlarni kompyuter xotirasida ifodalanishini o‘rganish
1.1. Axborot va uning turlari
"Axborot" (rus tilida-информация) atamasi ma’lumot, tushuntirish, bayon qilish ma’nolarini anglatuvchi lotin tilidagi "informatio" so’zidan olingan.
Informatika - atamasi, fransuz tilidagi information - axborot va automatioquye – avtomatika so’zlaridan kelib chiqqan.
Axborot - bu, yaratuvchisi doirasida qolib ketmagan va xabarga aylangan, bilimlar noaniqligi, to’liqsizligi darajasini kamaytiradigan hamda og’zaki, yozma yoki boshqa usullar orqali ifodalash mumkin bo’lgan atrof - muhit to’g’risidagi ma’umotlardir.
Axborot” deganda biz, radio va televideniyeda tarqatiladigan xabarlar, gazeta va kitoblar mazmuni, ma’lumotlar bazasi, kutubxona, ilmiy jurnallardan olinadigan bilimlar va insonlar bilan muloqatda olinadigan xabarlarni nazarda tutamiz.
Axborotlar qog’ozlarda, kitoblarda, ma’lumotlar bazasida, qoya toshlardagi yozuvlar va su’ratlarda, magnitli optik axborot tashuvchilarda saqlanishi mumkin.
1.2.Axborotning o‘lchov birliklari
Axborot nazariyasida asosiy muammolardan biri, axborotlar sonini o’lchash hisoblanadi. Kompyuterda axborotlar soni, o’lchami bitlar, baytlar, kilobaytlar, megabaytlar, ... larda o’lchanadi.
Bit – kompyuterda axborotning eng kichik o’lchami hisoblanadi. Kompyuter yacheykasi ikki 0 yoki 1 holatidan birida bo’ladi.
Bir bit axborotda ikkita holat qayd qilinishi mumkin. Shuningdek 2 bitda 4 ta, 3 bitda 8 ta, 4 bitda 16 ta, ..., 8 bitda 256 ta axborot qayd qilinishi mumkin.
Dastavval EHMlar sonli ma’lumotlarni qayta ishlash vazifasini bajargan bo’lsa, keyinchalik kompyuterlarning rivojlanishi natijasida, ulardan matnli, sonli, tovushli va tasvirli axborotlarni saqlash, qayta ishlash, qidirish va uzatish vositasi sifatida foydalanila boshlandi.
Kompyuterlarda axborotlarni saqlash magnit disk va lentalarda, lazer disklarda (CD va DVD), energiyaga bog’liq bo’lmagan flesh xotiralarda saqlash imkoniyati yuzaga keldi.
Axborotni qayta ishlash (o’zgartirish, uzatish, tashqi tashuvchilarga yozish prosessor tomonidan amalga oshiriladi
Axborot birligi – axborot hajmini hisoblash uchun xizmat qiladi, va u logarfmik tarzda hisoblanadi.


Ko’p xollarda axborotni o’lchash kompyuter xotirasiga va raqamli aloqa kanallari orqali uzatiladigan berilganlar hajmiga bog’liq bo’ladi.


Kompyuterlarda axborotlar o’lchamini aniqlashda quyidagi o’lchov birliklari ketma ketligi o’rinli bo’ladi:


Yüklə 180,3 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə