№1 1-mavzu: O‘zbek tilining sohada qo‘llanishi” fanini o‘qitishning maqsad va vazifalari



Yüklə 402,96 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/7
tarix20.10.2023
ölçüsü402,96 Kb.
#128404
1   2   3   4   5   6   7
1-mavzu ona tili

ega bo‘lishi zarur. 
O‘zbek tilining sohada qo‘llanishi fanining boshqa fanlar bilan aloqasi: 
O‘zbek tilining sohada qo‘llanishi fani ijtimoiy-gumanitar fanlar blokining bir 
qismiga kiradi. Shu sababli u shu blokdagi boshqa fanlar bilan bevosita aloqada. 
O‘zbek tilining sohada qo‘llanishi fani, avvalo, til fani bilan bog'liq bo'lib, ilmiy 
nutq ilmiy uslub talabiga muvofiq aniq, lo‘nda, ixcham, mantiqli va ishonarli bo‘lishi 
bilan xarakterlanadi. Ilmiy uslub tili umumiste’moldagi adabiy tildan ajralmagan 
holda ishlatiladi, ya‘ni o‘zbek adabiy tili qonun-qoidalariga rioya qiladi. 
Ilmiy ommabop uslubga xos materiallar huquqiy mazmunga ega bo‘lishi 
mumkin. Ularning mohiyati, tayyorlanishi jamiyatdagi huquqiy me'yorga rioya qilishi 
huquqshunoslik bilan aloqada ekanligini ko‘rsatadi. 
Ma’lumki, hayotda turli yo‘nalishlar, ixtisosliklar mavjud. Har sohada umum 
bo'lgan til birliklaridan tashqari o‘ziga xos, biri ikkinchisida ishlatilmaydigan 
terminlar mavjud. Ularni o‘rganish ham ushbu fanning maqsadi va vazifasi. Shu 
jihatdan qaraganda O‘zbek tilining sohada qo‘llanishi fani ixtisoslik fanlari bilan ham 
aloqada ekanligi kelib chiqadi. 
O‘quv fanini o‘qitish bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalar: 
Fan bo‘yicha 
talabalarning bilim, ko‘nikma va malakalariga quyidagi talablar qo‘yiladi, bu o‘rinda 
talaba: 
-
o‘zbek tilida ilmiy uslubning qonuniyatlarini; 
-
o‘zbek tilining gap stilistikasini; 
-
ilmiy uslubga xos til birliklarini o‘rinli ishlata olishni bilishi kerak; 
-
ilmiy maqola yozish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi kerak; 
-
o‘zbek tilining so‘z boyligidan yozma nutq yaratish va uni ilmiy – ommabop 
uslubda to‘gri qo‘llash hamda ulardan o‘rinli foydalana bilishi; 
-
sohaga oid hujjatlarni tuzishda kasbiy atamalarni ishlatish, ularni mutaxassisligi 
mavzusidagi muloqotda mustaqil qo‘llay olishi; 


-
o‘zbek tilining lug‘aviy boyligi va ixtisoslik atamalaridan o‘rinli foydalanish, ular 
yordamida o‘z fikr-mulohazalarini asosli bayon etish tajribasiga ega bo‘lishi zarur. 
Topshiriq: 
a)
Berilgan matnni o`qing va zarur qismlarini daftaringizga ma’lumot sifatida 
yozib oling. 
b)
Fan doirasida bilim va malakalarini puxta egallash uchun har bir talaba 
qanday tajribaga ega bo‘lishi zarur? O`z mulohazangizni yozma bayon eting. 

Yüklə 402,96 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə