1 – Tajriba ishi Mavzu: Sanoat korxonalari va muassasalarda mikroiqlim sharoitlarini aniqlash Mashg`ulotning maqsadi


Laboratoriya ishini bajarish uchun umumiy ma’lumotlar



Yüklə 1,21 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/37
tarix14.09.2023
ölçüsü1,21 Mb.
#121951
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   37
1-Tajriba ishi 12 soat2

Laboratoriya ishini bajarish uchun umumiy ma’lumotlar. 
Inson hayot faoliyati uchun yorug`lik katta ahamiyatga ega. Kishi o’zini o’rab turgan muhit 
to’g`risidagi ma’lumotlarni 90 % dan ko’prog`ini ko’rish organlari yordamida oladi. Shuning uchun 
ham korxonalardagi uskuna, jihozlarni boshqarish vanazorat qilishda ratsional yoritish natijasida sifatli 
mahsulot ishlab chiqarish bilan birga ish sharoitlari yaxshilanadi, ishchilarni charchashdan saqlaydi
mehnat unumdorligini oshiradi va shu bilan birgalikda shikastlanishlarni oldini olishda, yaraqsiz 
mahsulotlarni ishlab chiqarishni kamayishiga olib keladi hamda kasb kasalligi, shal, shapko’rlikni 
oldini oladi. 
Sanoat korxonalari yorug`lik manbaining turiga qarab, 2 xil usulda yoritiladi : 
1.Tabiiy quyosh yorug`ligi yordamida yoritish ( bunda quyosh tarqatadigan nurdan to’g`ridan- 
to’g`ri foydalaniladi yoki quyosh nurining ta’siridan yorug`lik tarqatayotgan osmonning 
diffuziya yorug`ligidan foydalaniladi.) 
2.Quyosh yordamida yoritishning imkoni bo’lmagan sanoat korxonalarining ish o’rinlari elektr 
nurlari yordamida, sun’iy yoritish yo’li bilan amalga oshiriladi. Tabiiy yorug`lik o’zining barcha 
xususiyatlari bilan sun’iy yoritishdan keskin farq qiladi. Tabiiy yorug`lik insonning ko’rish a’zolari va 
boshqa fiziologik jarayonlarning borishi uchun zarur bo’lgan ultrabinafsha nurlarga boy va bu yorug`lik 
bilan yoritilgan xonalarda ishlash ko’zning faoliyati uchun foydalidir.


Sanoat korxonalaridagi ishlab chiqarish binolarini yoritishda quyidagi talablar qo’yiladi: 
1.Ish o’rinlarini yoritish sanitariya gigiyena me’yorlari asosida ish toifalariga mos kelishi. 
2.Ish olib borilayotgan yuzga va ko’zga ko’rinadigan atrof muhitga yorug`lik bir tekis tushadigan 
bo’lishi.
3. Ishchi yuzalarda keskin soyalar bo’lmasligi. 
4. Ish o’rinlarida to’g`ridan - to’g`ri yoki nur qaytishi natijasida hosil bo’ladigan yaltirash 
ishlovchilarning ko’zini qamashtirmasligi. 
5. Yoritilish miqdori vaqt bo’yicha o’zgarmas bo’lishi. 
6. Ish joyi bilan tevarak atrof bir biridan keskin farq qilmasligi. 
7. Yoritgichlardan tushayotgan yorug`lik nuri to’g`ri yo’naltirilgan bo’lishi va hokazolar. 

Yüklə 1,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   37




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə