1 – Laboratoriya mashg`uloti: Xavoning namlik darajasini psixrometrik usulda aniqlash



Yüklə 262,42 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/4
tarix30.05.2023
ölçüsü262,42 Kb.
#114335
  1   2   3   4
1 – Laboratoriya mashg`uloti Xavoning namlik darajasini psixrom



1 – Laboratoriya mashg`uloti: 
 Xavoning namlik darajasini psixrometrik usulda aniqlash. 
Hozirgi vaqtda havo namligini o’lchash uchun psixrometrik va 
gigrometrik usullar qo’llaniladi. Meteorologik stantsiyalarda havo namligini 
o’lchash asosan psixrometrik usulda olib boriladi. Ikkita bir xil termometrdan 
iborat asbob-psixrometr ko’rsatishlari va atmosfera bosimi ma’lum bo’lgan 
psixrometrik usulda havo namligi aniqlanadi. Termometrlarning birinchisi 
quruq termometr atrofdagi havo temperaturasini ko’rsatadi. Ikkinchi (ho’l) 
termometrning rezervuari nam batist bilan o’ralgan. Batist kerakli vaqtlarda 
ho’llanib turiladi. Ho’llangan termometr rezervuari sirtida bo’ladigan 
bug’lanish intensivligi atrofidagi havoning namligiga bog’liq. Havo qanchalik 
quruq bo’lsa, ho’llangan termometr rezervuaridan bug’lanish shunchalik 
intensiv boradi va uning ko’rsatishi quruq termometr ko’rsatishidan tobora past 
bo’ladi, chunki issiqlik bug’lanishga sarflanadi. Demak quruq va ho’llangan 
termometrlar ko’rsatishlarining farqi havo namligini xarakterlaydi. Termometr 
rezervuarga o’ralgan batistni suv bilan ho’llaganda, suv bug’ining haqiqiy 
elastikligi ye quyidagi psixrometrik formula yordamida hisoblanadi: 
e =E-A(t-t
1
)p. 
bunda, ye – bug’lanayotgan sirt temperaturasida suv bug’ining maksimal 
elastikligi (ho’llangan termometr ko’rsatishiga qarab aniqlanadi); A – 
psixrometr koeffitsiyenti, u–psixrometr konstruktsiyasiga va psixrometrning 
qabul qilvchi qismi yaqinidagi havoning harakat tezligiga bog’liq; P - atmosfera 
bosimi; t - quruq termometr temperaturasi; t1 – ho’llangan termometr 
temperaturasi. Havo namligini psixrometrik usul bilan o’lchashda stantsion va 
aspiratsion psixrometrlar qo’llaniladi.



Yüklə 262,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə