1- amaliy mashg’ulot: Vaqtinchalik va doimiy omborlar turlari, tuzulishi va o‘lchamlari. Darsning maqsadi


Omborxonalarni shamollatib turish tizimi



Yüklə 2,22 Mb.
səhifə3/5
tarix11.12.2023
ölçüsü2,22 Mb.
#144109
1   2   3   4   5
download-edfiles-22168

Omborxonalarni shamollatib turish tizimi. Texnologiya jihatidan qaraganda bu mahsulot saqlash uchun zarur tartibni vujudga keltiradigan muhim uskunalar tizimidir. Omborxo-nalarni shamollatish tizimini tabiiy va majburiy ventilyasiyalarga bo’lish mumkin. Faol ventilyasiyalash uning bir turidir (12-rasm).
Tabiiy shamollatishda issiqlik fizikasi qonunlariga binoan yuqoriga ko’tarilib, o’rniga sovuqroq va og’irroq havo pastda to’ladi.


13-rasm. Zamonaviy sabzavot va meva omborlarining faol shamollatish tizimi

Natijada havoning tortilish kuchi vujudga keladi. Havoning almashuvi nechog’li zo’raysa, omborxona ichidagi va tashqarisidagi harorat tafovuti shu qadar oshadi. Bu tafovut kuzda uncha katta bo’lmaydi, shu sababli tabiiy shamollatib sovitish samaradorligi ham sezilarli emas. Kunning (tashqi haroratga nisbatan) qulay paytlarida tuynuklar orqali omborxonani shamollatishga to’g’ri keladi. Qishda esa, tashqaridagi harorat pasayib ketib, mahsulotni sovuq urmasligi uchun ventilyasiya quvurlarining hamma to’siqlari yopilib, havo almashuvi to’xtatiladi.
Majburiy shamollatish. Bu holda ventilyatorlar vositasida sovuq havo omborxonaga haydaladi. Omborchi kiritilayotgan havoning miqdorini boshqarib turish imkoniga ega bo’lib, mahsulot saqlash tartibiga ma’lum darajada ta’sir ko’rsatishi mumkin. O’rta va katta xajmli omborxonalar odatda majburiy shamollatish uchun uskunalar bilan jihozlanib quriladi, chunki katta hajmli omborxonalarni tabiiy shamollatish bilangina mahsulot saqlash tartibini to’g’ri idora qilib bo’lmaydi. Aksariyat xonaga havo haydash va havo tortish quvurlari vositasida majburiy ventilyasiya amalga oshiriladi.
Omborxonalardagi havo butun pol bo’yicha bab-baravar taqsimlangan yoriqchali erosti kanallari orqali tarqaladi. Majburiy ventilyasiyasiga ega bo’lgan omborxonalarda mahsulot idishlarga (qutilar, konteynerlarga) solingan holda taxlanadi. Shu tariqa havo mahsulotni yalab o’taveradi. Uncha katta hajmda bo’lmagan mahsulot taxlarining turli joylaridagi harorati, namligi havoning gaz tarkibida sezilarli darajada tafovut ro’y bermaydi. Bunday omborxonaning afzalligi idishlarda taxlab qo’yilgan mahsulotni samarali sovitish va yuklash, tushirish ishlarini mexanizasiyalash imkonini beradi. Ammo, katta hajmda (g’aram-g’aram qilib) joylangan kartoshkaning qavatlari orasidan majburan havo o’tkazilmas ekan, yaxshi natija olib bo’lmasligi isbotlangan.

Yüklə 2,22 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə
Psixologiya