­­­­ Aholi iste’moli va pul jamg‘armalari darajasini belgilay­di­gan asosiy omil nima?


Ishlab chiqarish hajmini ko‘paytirishga iqtisodiy resurslar unumdorligini oshirish orqali erishilsa iqtisodiy o‘sishning qaysi turi ro‘y beradi?



Yüklə 162,87 Kb.
səhifə10/76
tarix28.09.2023
ölçüsü162,87 Kb.
#124512
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   76
Aholi iste’moli va pul jamg‘armalari darajasini belgilay di

28. Ishlab chiqarish hajmini ko‘paytirishga iqtisodiy resurslar unumdorligini oshirish orqali erishilsa iqtisodiy o‘sishning qaysi turi ro‘y beradi?
a) intensiv;
b) ekstensiv;
c) ustuvor ekstensiv;
d) ustuvor intensiv;
e) muvozanatli.
29. “Ustuvor ekstensiv” iqtisodiy o‘sish nimani anglatadi?
a) iqtisodiy o‘sish sur’atini;
b) iqtisodiy o‘sish ko‘lamini;
c) iqtisodiy o‘sishda ekstensiv omillar ustuvorlikka egaligini;
d) iqtisodiy o‘sishda intensiv omillar ustuvorlikka egaligini;
e) resurs sig‘imli iqtisodiy o‘sishni.
30. “Ustuvor intensiv” iqtisodiy o‘sish nimani anglatadi?
a) iqtisodiy o‘sish sur’atini;
b) iqtisodiy o‘sish ko‘lamini;
c) iqtisodiy o‘sishda ekstensiv omillar ustuvorlikka egaligini;
d) iqtisodiy o‘sishda intensiv omillar ustuvorlikka egaligini;
e) resurs sig‘imli iqtisodiy o‘sishni.
31. Iqtisodiy o‘sish siklli tarzda ro‘y bersa, uning qaysi turi mavjud bo‘ladi?
a) muvozanatli;
b) barqaror;
c) samarali;
d) beqaror;
e) mutanosib.
32. Iqtisodiy o‘sishning qaysi ko‘rsatkichi uning samaradorligi ortishini ham ifodalaydi?
a) YAIM mutloq hajmining o‘sish sur’ati;
b) YAIMning aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan nisbiy miqdorining o‘sish sur’ati;
c) YAIMning iqtisodiy resurs xarajatlari birligiga to‘g‘ri keladigan nisbiy miqdorining o‘sish sur’ati;
d) mahsulot alohida turlari ishlab chiqarish hajmining o‘sish sur’ati;
e) bajarilgan ishlar va ko‘rsatilgan xizmatlar mutloq miqdorining o‘sish sur’ati.
33. Quyidagilardan qaysi biri iqtisodiy o‘sishning taklif omillari tarkibiga kirmaydi?
a) tabiiy resurslarning miqdori va sifati;
b) mehnat resurslari miqdori va sifati;
c) asosiy kapitalning hajmi va tarkibi;
d) fan–texnika taraqqiyoti va texnologiya;
e) aholi umumiy farovonlik darajasi o‘sishi.
34. Quyidagilardan qaysi biri iqtisodiy o‘sishning talab omillari tarkibiga kirmaydi?
a) investitsion resurslarga talabning ortishi;
b) iste’mol tovarlariga talabning ortishi;
c) xizmatlarga talabning ortishi;
d) aholi farovonlik darajasi ortishi;
e) asosiy kapitalga investitsiyalarning ortishi.

Yüklə 162,87 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   76




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə