" " fanidan himoyaga tavsiya etaman Fakultet dekani


O'simliklarning ildiz orqali oziqlanishi



Yüklə 153,97 Kb.
səhifə5/15
tarix27.09.2023
ölçüsü153,97 Kb.
#123925
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
o‘simlikning tashqi belgilari va kimyoviy tarkibiga qarab oziq elementlariga bo‘lgan talabini aniqlash

2.2 O'simliklarning ildiz orqali oziqlanishi
O`simliklar tabiiy muhitdan oz yoki ko`p miqdorda, davriy jadvalda ko`rsatilgan elementlarning hammasini yutish qobiliyatiga ega. Lekin shu elementlardan hozirgacha faqat 19 tasining o`simliklar uchun ahamiyati kattaligi, ularni boshqa elementlar bilan almashtirib bo`lmasligi aniqlangan. Bular uglerod, vodorod, kislorod, azot, fosfor, oltingugurt, kaliy, kalsiy, magniy, temir, marganes, mis, rux, molibden, bor, xlor, natriy, kremniy va kobalt. Shulardan 16 tasi mineral elementlar gruppasiga kiradi. Chunki uglerod, vodorod va kislorod o`simlikka CO2, O2 va H2O holida qabul qilinadi.
O`simliklar suv va barcha mineral elementlarni ildiz orqali tuproqdan qabul qiladilar. Mineral moddalar tuproq eritmasida, chirindida, organik va anorganik birikmalar tarkibida va tuproq kolloidlariga adsorbsiyalangan holatda uchraydi. Ionlarning o`zlashtirilishi faqat o`simliklarga bog`liq bo`lmay, balki shu ionning tuproqdagi konsentrasiyasiga, uning tuproqdagi siljishiga va tuproq reaksiyalariga bog`liq.
O`simliklar tanasidagi elementlarning 95% ni to`rtta element: uglerod, vodorod, kislorod va azot tashkil etadi. Bu elementlar organogenlar ham deyiladi. Chunki ular o`simlik tanasidagi organik moddalarning (oqsillar, yog`lar, uglevodlar) asosini tashkil etadi.
Qolgan barcha elementlar- 5% ni tashkil etadi va ular o`simlik kuli tarkibiga kiradi. Ya`ni o`simliklar kuydirilganda ma`lum miqdorda kul holida qoldiq qoladi. Bu mineral elementlardan iborat. Uning miqdori o`simlik turiga va organlariga bog`liq.
Masalan, o`tchil o`simliklarda, (% hisobida):
Donlarda - 3
Poyasida- 4
Ildizida- 5
Barglarida- 15
Yog`ochchil o`simliklarda, (% hisobida):
Poyada- 3
Yog`ochlik qismida- 1
Tana po`stlogida- 7
Barglarida-11
bo`lishi mumkin. Modda almashinuv jarayoni faol bo`lgan barglarda kul miqdori eng ko`p (2-15%) bo`lishi mumkin.
Kulning mineral tarkibi ham murakkab xarakterga ega ( jadval, %):

O`simliklar

K2O

Na2O

CaO

MgO

Fe2O3

P2O5

CO2

Si2O

Cl

Makkajo`xori
Donlari

29,8

1,1

2,2

15,5

0,8

45,6

0,8

2,1

0,9

Poyasi

27,2

0,8

5,7

11,4

0,8

9,1

-

40,2

-

Mineral elementlarning o`simliklar tanasidagi miqdori asosida uch guruhga bo`linadi:


1)makroelementlar,
2)mikroelementlar,
3)ultramikroelementlar.
Makroelementlarga- o`simliklar tarkibidlagi miqdori 10-2 % va undan ko`p bo`lgan barcha elementlar (N, P, K, Ca, Na, Mg, va boshqalar) kiradi.
Mikroelementlarga - o`simliklar tarkibidagi miqdori 10-3-10-5 % bo`lgan elementlar (Mn, B, Cu, Zn, Mo va boshqalar) kiradi.
Ultramikroelementlarga o`simlik tarkibidagi miqdori juda oz (10-6 % va undan kam) elementlar kiradi (Cs, Se, Hg, Ag, Au, Li, Ra).
O`simliklar tanasidagi har bir mineral element ma`lum fiziologik funksiyani bajaradi.
Mn, Cu, Zn, Mo va So asosan xelatlar holida uchiraydi. Ular ferment kofaktorlarining asosiy qismi sifatida ta’sir qiladi. Mo va Co atmosferadagi azotni fiksatsiya kilishda ishtirok etadi. Mo nitralarni kaytarilishida ishtirok etadi.

Yüklə 153,97 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə