" " fanidan himoyaga tavsiya etaman Fakultet dekani


Tashqi muhit omillarining o'simliklar oziqlanishiga ta'siri



Yüklə 153,97 Kb.
səhifə14/15
tarix27.09.2023
ölçüsü153,97 Kb.
#123925
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
o‘simlikning tashqi belgilari va kimyoviy tarkibiga qarab oziq elementlariga bo‘lgan talabini aniqlash

2.6 Tashqi muhit omillarining o'simliklar oziqlanishiga ta'siri.

Ekinlar hosildorligi va ularga oziq elementlarining yutilishi birinchi navbatda tuproqdagi oziq moddalar miqdori bilan belgilanadi. Oziq elementlar tuproqning eritmasi, organik va mineral qismlarida mavjud bo’lib, ularning eruvchan va almashinib─yutiladigan shakllarigina o’simliklarning oziqlanishi uchun yaroqlidir.


Ekinlar tomonidan oziq moddalarning yutilishiga o’simliklarning biologik xususiyatlari va tuproq xossalari (unumdorlik, organik moddalar miqdori, mexanikaviy va mineral tarkiblar, harorat, aeratsiya, pH, eritma konsentratsiyasi) kuchli ta’sir ko’rsatadi.
2.7.Fotosintez jarayonining ekologik ahamiyati.
Fotosintez qiluvchi organizmlar, jumladan, oʻsimliklar, suv oʻtlari va baʼzi baktreriyalar ham oʻta muhim ekologik ahamiyatga ega. Ular yorugʻlikdan foydalanib qand moddalarini sintezlaydi va kimyoviy energiya va fiksatsiyalangan uglerodni ekotizimga olib kiradi. Ushbu organizmlar yorugʻlik energiyasidan foydalangan holda oʻzlarining ozuqalarini ishlab chiqarganliklari, yaʼni oʻzlari uglevod sintez qilganliklari sababli fotoavtotroflar (soʻzma-soʻz: yorugʻlikdan foydalanib, oʻzini oziqlantiruvchilar) deb nomlanadi.
Insonlar va karbonat angidridni organik birikmalarga oʻzgartira olmaydigan boshqa organizmlar geterotroflar deb nomlanadi. Geterotroflar boshqa organizmlar yoki ularning ikkilamchi mahsulotlarini isteʼmol qilgan holatda uglevod bilan taʼminlanadi. Hayvon, zamburugʻ, koʻpgina prokariot va ptotistlar ham geterotrof organizmlar sirasiga kiradi.


Xulosa
Xulosa qilib aytilganda, xalq boyligi boʻlgan yerning ishlab chiqarish quvvatini oshirish koʻp jihatdan tuproqlarga tejamkorlik bilan munosabatda boʻlish, uni avaylab asrash va yaxshilashga qaratilgan tadbirlar majmuasiga bogʻliq.O'simliklarning yaxshi rivojlanishi, mo'l hosil berishi uning oziqlanishiga ham tuproq xossalariga bog'liq.
O`simliklarning oziqlanishi ikki shakldan iborat bo`lib, havodan va tuproqdan oziqlanish jarayonlarini o`z ichiga oladi. Bu ikki jarayon-fotosintez va mineral elementlarni tuproqdan yutish bilan birgalikda o`simliklarning avtotroflik xususiyatlarini belgilaydi. Mana shu uzviy bog`liqlik natijasida o`simliklarning organik asosga ega to`qimalari, organlari va umumiy tanasi hosil bo`ladi. Ularning o`sishi va rivojlanishini to`la ta`minlash uchun tuproqdan juda ko`p mineral elementlar yutiladi. Har ikkala oziqlanish usulida ham o'simliklar ózi uchun kerakli bólgan modda va enrgiyani yutadi, va hosil bólgan mahsulotlarni ósimlik ósishi, rivojlanishi va hosil berishiga sarflaydi. Bundan tashqari, organizimni ichida kechadigan modda va energiya almashinuviga ham sarflaydi.
O'simliklarning oziqlanishini biologiya fani órganadi. Ammo ósimliklarning ildiz orqali, mineral oziqlanishi agrokimyo faniga ham bog'liq. Sababi tuproqda barcha elementlar yetarli miqdorda bo'lmasligi, bazilari esa umuman bo'lmasligi mumkin. Amma barchamizga malumku, yuqorida takidlab ótganimdek, kichik miqdordagi mikroelementlar ham ósimliklar hayotida muhum ro'l óynaydi.
Agrokimyo sahasi orqali, qaysi turdagi ekin va ósimliklarga qanday o'g'itlar qóllash zarurligini, yoki talabchanligini inobatga olgan holda qo'llash qoidalariga rioya qilishligini órganiladi. Bundan tashqari Tuproqshunoslik sohasi ham chambarchas bog'liq. Ósimliklarning ijobiy ósib rivojlanishida, serhosil bólishida tuproqning holati, hossa xususiyatlari, tarkibi, elementlar bilan taminlanganlik darajasi ham muhum ahamiyat kasb etadi. Shu sababli agrokimyo sohasi vakillari, eng avval tuproq xolatini órganib, tarkibidagi elementlar miqdorini hisoblab, bu tuproqlarga qanday ekinlar, ósimliklar ekish mumkinligini aniqlashishadi. Bundan tashqari tuproq holati va xossa xususiyatlarini yaxshilash uchun qaysi turdagi makro yoki mikro elementlar, hamda qanday miqdorda qóllashligini aniqlab berishadi. Bundan tashqari o'simliklarning ósuv , gullash, hosildorlik yoki hosilini pishib yetilish davrida qóllaniladigan o'g'itlarga ham ajratib berishadi.
O'simliklarning havodan oziqlanishida eng muhim omillardan biri quyosh energiyasi --- yorug'likdir. Fotosintez jarayoni amalaga oshishida eng muhim omil hisoblanadi. Shu sababli ósimliklarni quyosh nuri tushadigan joy tnlab ekilishi kerak. Albatta ósimliklarning yorug'sevar hamda soyasevar ekanligini inobatga olish lozim.
Umuman olganda, tuproq qoplamining unumdorligini oshirish, uni muhofaza qilish, sifatli mahsulotlar yetishtirish xalq farovonligining asosiy iqtisodiy mezonidir. Shuning uchun mamlakatimizda yetishib kelayotgan yosh kadrlarning xalqimizning asosiy boyligi boʻlgan ona tuprogʻimiz haqidagi bilimlarini yanada oshirish bugungi kunning dolzarb masalalaridan biridir.



Yüklə 153,97 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə